Boqieva Gulnoza Habibullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchilarda mashqlanganlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va kuch hosil bo‘lishning fiziologik uslublarini takomillashtirish», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V451.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Mamajanov Muxtorjon Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Abdullaeva Gulbohor Tolibjonovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir atletika va kanoeda eshkak eshish sport turlarida  mashqlanganlik va  o‘ta mashqlanishning sportchilar fiziologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash, salbiy oqibatlarini bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish hamda kuch hosil bo‘lishni stimullovchi fiziologik uslublarni sportga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashg‘ulot jarayonida nafas ko‘rsatkichlari o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar sportchilar ish qobiliyatiga, mashg‘ulot samaradorligiga ta’siri aniqlangan va nafas mashqlari yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan;
mashqlanishning buzilishi va o‘ta mashqlanish vaqtida sodir bo‘ladigan morfo-funksional buzilishlar aniqlanib, ushbu buzilishlarning sport natijalariga ta’sir qilishi isbotlangan;
kuch hosil bo‘lishini stimullovchi fiziologik omillar tahlil qilinishi natijasida mashqlangan va mashqlanmagan organizmning tasnifi, og‘ir atletika va kanoeda eshkak eshish sport turlarida mashqlanganlik darajalari va xavf omillari baholangan;
tiklanish fazalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish orqali o‘ta mashqlanish tufayli sodir bo‘ladigan salbiy oqibatlarni bartaraf etishning kuch fiziologik parametrlariga ijobiy ta’sir qilishi ilmiy baholangan; 
musobaqa davrida kapsaisin yog‘ining sportchilarda yuzaga keladigan mushak og‘riqini kamaytirishga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportchilarda mashqlanganlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va kuch hosil bo‘lishning fiziologik uslublarini takomillashtiırish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kuch hosil bo‘lishini stimullovchi fiziologik omillar tahlili natijasidan, og‘ir atletika va kanoeda eshkak eshish sport turlarida mashqlanganlik darajalari va xavf omillarini baholash natijalaridan hamda kislorod qarzdorligini erta bartaraf etish yo‘riqnomasidan fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti amaliyotida jismoniy yuklama ta’sirida turli xil ixtisoslashgan sportchilar va sport bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarning nafas ko‘rsatkichlari sportchilar ish qobiliyatiga, mashg‘ulot samaradorligiga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 30-avgustdagi 03-16/8577-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, intensiv jismoniy yuklamalar ta’siri orqali vujudga keladigan kislorod qarzdorligini erta bartaraf etish imkonini bergan;
tiklanish fazalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish orqali o‘ta mashqlanish tufayli sodir bo‘ladigan salbiy oqibatlarni bartaraf etishning kuch fiziologik parametrlariga ta’sir qilishini ilmiy baholash yo‘riqnomasidan Og‘ir atletika federatsiyasi, O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Sho‘rtan futbol klubi va Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari amaliyotida sport turlarida mashqlanishning buzilishi va o‘ta mashqlanish vaqtida sodir bo‘ladigan morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining 2025 yil 17 martdagi 11-214-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muskul og‘rig‘ini tezkor kamaytirish maqsadida kapsaisin yog‘idan foydalanish, sportchilar orasida o‘ta mashqlanish tufayli sodir bo‘ladigan sport jarohatlar sonining kamyish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish