Abdurasulov Rustam Abduraimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sport mashg‘ulotlarining o‘quvchi-sportchilar shaxsini shakllanishidagi roli (yakkakurash turlari misolida)», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi  (psixologiya fanlari). 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Psi18.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.Psi.01.07.

Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna,  psixologiya fanlari doktori, professor; Xolmuhamedov Rustam Dexkanovich,  pedagogika fanlari doktori, professor; Samarov Rustam Sadridinovich,  falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchi shaxsini shakllantirishda uning psixologik xususiyatlariga  sharq yakkakurashi mashg‘ulotlarining ta’sirini takomillashtirish va ular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilar shaxsi shakllanishida sharq yakkakurashi mashg‘ulotlari ta’sirini samara-dorligini ta’minlovchi xavfsizlikka (o‘zini himoyalangan his qilish, qo‘rquv hissidan xalos bo‘lish), mansub bo‘lish (o‘zaro bir birini qo‘llab-quvvatlovchi insonlar orasida bo‘lish, atrofdagilar tomonidan qabul qilish va e’tirof etilish) kabi yetakchi  ehtiyojlari aniqlangan;

sharq yakkakurashini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda faoliyatni maqsadli boshqarishni ta’minlovchi “texnik mahorat shakllantirish”, o‘zi bilan atrof olamni uyg‘unlashtiruvchi “shaxsni o‘zini o‘zi kamol toptirish”, xulq-atvorni tartibga solishga ko‘maklashuvchi “axloqiy va insoniylik sifatlarni mustahkamlash”, poklik, do‘stlik, g‘azab va nafratni cheklash, to‘g‘ri bilan noto‘g‘rini farqlashni shakllantiruvchi “axloqiy-etikaviy sifatlar” kabi yetakchi  tamoyillari   aniqlangan;

sharq yakkakurashi mashg‘ulotlaridagi “jang sharoitida usullarning o‘rganish”, “jangovor holatning rang-barangligi”, “erkin janglar” va “jang usullarini o‘zlashtirish” o‘quvchilarning sharq yakkakurashi mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish-larini,  musobaqalashish, yetakchilikka intilishi, natijalarga erishish, o‘zini o‘zi rag‘bat-lantirish   motivlarini shakllantiruvchi omillar ekanligi dalillangan;

sharq yakkakurashi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilar shaxsining shakllanishini ifodalovchi  “retrospektiv Men” (sharq yakka kurashini o‘rgangunga qadar), “real Men” (sharq yakkakurashini o‘rganish jarayoni), “ideal Men” (istiqbollarini rejalashtirish) va “dinamik Men” (shaxslik xususiyatlarini o‘sib borishi)  turlari aniqlangan;

 sharq yakkakurashi  mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning  mashg‘ulot jarayonida  va kundalik turmushda xulq-atvorini tartibga soluvchi, guruhda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va jipslash-tirish xususiyatini shakllantiruvchi, psixoemotsional holatlarni (stressga chidamlilik, frustratsiyaga tolerantlik) tartibga solishga yo‘naltirilgan mashqlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sport mashg‘ulotlarining o‘quvchi-sportchilar shaxsini shakllanishidagi roli  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sharq yakkakurashi mashg‘ulotlarining o‘quvchilar shaxsi shakllanishiga samarali ta’sirini ta’minlovchi “bosqichma bosqichlik”, “chidamlilik”, “izchillik”, “etarlilik”, “differensiatsiyalashganlik, “kuch”, “reaksiya-kuch”, “koordinatsiyalash qobiliyatlarini rivoj-lantirish” kabi komponentlari  to‘g‘risidagi yangilik umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya darslari va bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport to‘garaklari mashg‘ulotlari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 15 martdagi 02-01/1-3-1380 son,  Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 16 maydagi 01-07-08-666-son ma’lumotnomalari). Natijada bolalar-o‘smirlar sport maktabi sport to‘garaklarida o‘quvchilarning psixologik tayyorgarligini yanada oshirishga yordam bergan;

sharq yakkakurashini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda faoliyatni maqsadli boshqarish-ni ta’minlovchi “texnik mahoratni shakllantirish”, o‘zi bilan atrof olamni uyg‘unlashtiruv-chi “shaxsni o‘zini o‘zi kamol toptirish”, xulq-atvorni tartibga solishga ko‘maklashuvchi “axloqiy va insoniylik sifatlarni mustahkamlash”, poklik, do‘stlik, g‘azab va nafratni cheklash, to‘g‘ri bilan noto‘g‘rini farqlashni shakllantiruvchi “axloqiy-etikaviy sifatlar” kabi yetakchi  tamoyillariga doir ilmiy yangilik umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya darslari va bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport to‘garaklari mashg‘ulotlari mazmuniga singdiril-gan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 15 martdagi 02-01/1-3-1380-son,  Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 16 maydagi 01-07-08-666-son ma’lumotnomalari). Natijada bolalarni psixologik va ma’naviy jihatdan barkamol etib, tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishda xizmat qilgan;

o‘quvchilarning  sharq yakkakurashi va boks mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishlari (jang sharoitida usullarni o‘rganish, erkin janglar, jangovor holatning rang-barangligi)  ularda musobaqalashish, yetakchilikka intilishi, natijalarga erishish, o‘zini o‘zi rag‘batlantirish motivlarini  o‘sishiga olib kelganligi dalillangan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 16 maydagi 01-07-08-666-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar o‘quvchilarning sport musobaqalariga tayyorgarligi, o‘zini o‘zi nazorat qilish imkoniyatlarini o‘stirishiga xizmat qilgan;

sharq yakkakurashi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilar shaxsini ifodalovchi  “retrospektiv Men” (sharq yakkakurashini o‘rgangunga qadar), “real Men” (sharq yakkakurashini o‘rganish jarayoni), “ideal Men” (istiqbollarini rejalashtirish), “dinamik Men” (shaxslik xususiyatlarini o‘sib borishi) turlari aniqlangan ilmiy yangilik  umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya darslari va bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport to‘garaklari mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 15 martdagi 02-01/1-3-1380-son, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 16 maydagi 01-07-08-666-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘quvchi-sportchilarning jamiyat hayotida, o‘quv jarayonida madaniyatlararo munosabatlarni, o‘zga insonlarga nisbatan  ijobiy munosabat va axloqiy fazilatlarini rivojlanishiga xizmat qilgan.

Sharq yakkakurashi mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning  mashg‘ulot jarayonida va kundalik turmushda xulq-atvorini tartibga soluvchi, guruhda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va jipslash-tirish xususiyatini shakllantiruvchi, psixoemotsional holatlarni (stressga chidamlilik, frustratsiyaga tolerantlik) tartibga solishga yo‘naltirilgan mashqlar ishlab chiqilgani to‘g‘risidagi ilmiy yangilik jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarini malakasini oshirish  mashg‘ulotlarida o‘quvchi-sportchilarni psixologik tayyorgarligi bora-sidagi bilimlarini oshirishda, o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil qilishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 15 martdagi 02-01/1-3-1380-son, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 16 maydagi 01-07-08-666-son ma’lumotnomalari). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliy psixologlari va sport maktablari murabbiylari faoliyatininig sifatini takomillashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish