Umarova Malika Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda banklarni transformatsiyalash uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt494
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ITM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda banklarning transformatsiyalash uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “banklarni transformatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni institutsional o‘zgarishlarni o‘z ichiga oluvchi tashkiliy tuzilmani modernizatsiyalash, moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish usullarini diversifikatsiyalash natijasida banklarni raqbatdardoshligini oshirish orqali moliya bozori samaradorligiga hissa qo‘shuvchi tizim nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning valyuta ayirboshlash jarayonida Touch ID dan foydalanish asosida 100 AQSh dollaridan oshiq mablag‘larni ayirboshlashda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) talab etmagan holda barmoq izidan foydalanish tartibini kiritish orqali valyuta ayriboshlash operatsiyalarini ma’lumotlar bazasida saqlash, valyutaga bo‘lgan davriy talabni baholash va prognoz qilish imkonini yaratish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida tizimli, xususiy va kobeyjing kartalari orqali to‘lov o‘tkazmalari jarayonida pul mablag‘larini firibgarlik ta’sirlari ostida yo‘qotish ehtimoli vujudga kelgan holatda “antifrod” tizimidan foydalanish asosida tranzaksiyalarni xavfsizligini ta’minlash orqali pul mablag‘larining noqonuniy o‘zlashtirish darajasini 30-50% oralig‘ida qisqartirish taklifi asoslangan;
mahalliy to‘lov tashkilotlarini xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiyalash imkonini beruvchi bank infratuzilmalarini rivojlantirish asosida milliy va xalqaro valyutadagi to‘lov o‘tkazmalarini amalga oshirish vositalarini diversifikatsiyalash orqali to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda tijorat banklarining yuqori likvidli aktivlar hajmi ARIMA modeli asosida tasodifiy ekzogen va endogen omillarini hisobga olmagan holda 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda banklarning transformatsiyalash uslubiyotini takomillashtirish bo‘ yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “banklarni transformatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni institutsional o‘zgarishlarni o‘z ichiga oluvchi tashkiliy tuzilmani modernizatsiyalash, moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish usullarini diversifikatsiyalash natijasida banklarning raqobatbardoshligini oshirish orqali moliya bozori samaradorligiga hissa qo‘shuvchi tizim nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari 60410500–”Bank ishi va auditi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Investision banklar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 27 dekabrdagi 446-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalari talabalarida “banklarni transformatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni va bank tizimidagi ahamiyati bo‘yicha yanada kengroq nazariy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish uchun uslubiy asos bo‘lgan;
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning valyuta ayirboshlash jarayonida Touch ID dan foydalanish asosida 100 dollardan oshiq mablag‘larni ayirboshlashda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) talab etmagan holda barmoq izidan foydalanish tartibini kiritish orqali valyuta ayriboshlash operatsiyalarini ma’lumotlar bazasida saqlash, valyutaga bo‘lgan davriy talabni baholash va prognoz qilish imkonini yaratish taklifi “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (“Mikrokreditbank” ATB ning 2024 yil 24 sentyabrdagi 05-16/26447-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankida 172 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyat ko‘rsatib, 2024 yil davomida valyuta ayirboshlash shoxobchalar orqali 151,2 mln. AQSh dollari sotilgan hamda 202,5 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy valyuta mablag‘lari xarid qilish imkoniyati yaratilgan;
tijorat banklarida tizimli, xususiy va kobeyjing kartalari orqali to‘lov o‘tkazmalari jarayonida pul mablag‘larini firibgarlik ta’sirlari ostida yo‘qotish ehtimoli vujudga kelgan holatda “antifrod” tizimidan foydalanish asosida tranzaksiyalarning xavfsizligini ta’minlash orqali pul mablag‘larining noqonuniy o‘zlashtirish darajasini 30-50% oralig‘ida qisqartirish taklifi “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankida amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATB ning 2024 yil 24 sentyabrdagi 05-16/26447-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yilda mazkur tijorat bankida xizmat nuqtalari sonini 574 taga, xizmat turlari sonini 102 taga etkazish imkonini bergan;
mahalliy to‘lov tashkilotlarini xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiyalash imkonini beruvchi bank infratuzilmalarini rivojlantirish asosida milliy va xalqaro valyutadagi to‘lov o‘tkazmalarini amalga oshirish vositalarini diversifikatsiyalash orqali to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash taklifi Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” 2026-yilgacha rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (AT “Xalq banki” ning 2025 yil 25-apreldagi 24-25/1294 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistlar, mahalliy aholi, migrantlar to‘lov o‘tkazmalari, valyutani konvertatsiyalash, xaridlarni xalqaro kartalarda to‘lov ilovalari yordamida amalga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklarining yuqori likvidli aktivlar hajmi ARIMA modeli asosida tasodifiy ekzogen va endogen omillarini hisobga olmagan holda 2029 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanishga doir taklifi AT “Xalq banki” faoliyatiga joriy etilgan (AT “Xalq banki” ning 2025 yil 25-apreldagi 24-25/1294 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2029-yilgacha tijorat banklari yuqori likvidli aktivlar hajmining 181 189,20 mlrd. so‘mga yetishi prognoz qilingan.