Pulatova Nilufar Ubaydullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Alifatik, geterotsiklik faol-funksional guruhli birikmalar sintezi va xossalari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/K198.
Ilmiy maslahatchi: Maksumova Oytura Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdishukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nabieva Iroda Abdusalomovna, texnika fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alifatik, geterotsiklik faol-funksional guruhli birikmalar sintez qilish jarayonlari kinetik qonuniyatlarini asoslash, olingan moddalarning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llash sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilatning radikal polimerlanish jarayoni kinetik  qonuniyatlari aniqlanib, monomer, inisiator bo‘yicha reaksiya tartibi, jarayonning faollanish energiyasi va reaksiya mexanizmi isbotlangan;
epixlorgidrin bilan piperidin asosida olingan 1-xlor-3-piperidin-2-propanolning akril va metakril kislotalar bilan eterifikatsiya reaksiyalari mexanizmi asoslangan; 
1-xlor-3-piperidin-2-propil-metakrilatning radikal polimerlanish kinetik qonuniyatlari isbotlanib, monomer (1,0 va 1,1) va inisiator (0,5 va 0,52) bo‘yicha reaksiya tartiblari, jarayonning faollanish energiya (76,7 va 79,8  kJ/mol`) qiymatlari aniqlangan; 
1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilatning inisiatorsiz o‘z-o‘zidan polimerlanish jarayoni aniqlanib, akril kislota, metakril kislota, N-morfolin-3-xlorizopropilakrilat va stirol bilan sopolimerlanish reaksiyalarining kinetik parametrlari, sopolimerlanish konstantalari, somonomerlarning qutblilik va faollik faktorlari asoslangan.
sintez qilingan (so)polimerlarning termobarqarorlik va antibakteriallik xossalari orqali strukturaviy shakllanish mexanizmining nazariy va amaliy asoslari isbotlangan; 
yuqori molekulyar massaga ega, termik barqaror, fotosezgir va antibakterial funksional faol polimer va sopolimerlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alifatik, geterotsiklik faol-funksional guruhli birikmalar sintezi va xossalari bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilat va 1-xlor-3-morfolin-2-propilakri-lat sopolimeri ishlab chiqarish texnologiyasi «ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («ELEKTROKIMYoZAVOD» QK AJning 2024 yil 19 iyundagi 76-son ma’lumotnomasi). Natijada, UB-nurlar ta’siridan himoya qiluvchi fotosezgir polimer material ishlab chiqarish imkonini beradi;
1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilat va akril kislota sopolimeri ishlab chiqarish texnologiyasi «ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJ ning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («ELEKTROKIMYoZAVOD» QK AJning 2024 yil 19 iyundagi 76-son ma’lumotnomasi). LD50 ko‘rsatgichlari 4536,9mg/kg, 9200,0 mg/kg teng ekanligi va ularni kam zaharli moddalarni IV sinfiga oid, antibakterial faol sopolimer ishlab chiqarish imkonini beradi; 
1-xlor-3-piperidin-2-propilakrilat va akril kislota sopolimeri ishlab chiqarish texnologiyasi «ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJ ning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («ELEKTROKIMYoZAVOD» QK AJ ning 2024 yil 19 iyundagi 76-son ma’lumotnomasi). Natijada antibakterial faolligi 0,03 % konsentratsiyada St.Aureus, St.Epidermides va Bas.Subtiles shtamlariga nisbatan yuqori samarador sopolimer ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish