Yuldashov Sanjarbek Ilhom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Allergik asoratli anamnezi bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziyaning immunopatogenez xususiyatlari” 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4749.
Ilmiy rahbar: Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Guli Amindjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: allergik asoratli anamnezi bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziyaning immunopatogenez xususiyatlari aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor allergik yallig‘lanishi qon-tomir buzilishlarining tezlashgan rivojlanishiga hissa qo‘shayotgani va bu holat arterial gipertenziya va allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda chap qorinchada gipertrofiya darajasining yuqori bo‘lishi (85,7% gacha), gipertenziv retinopatiyaning II–III darajalari ko‘proq uchrashi (57,1%) va mikroal`buminuriya holatlarining (71,4%) ko‘payishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor arterial gipertenziya va allergik kasalliklar birga kechayotgan bemorlarda tizimli yallig‘lanish va metabolik jarayonlarning yaqqol belgilari kuzatilishi va bu holat yallig‘lanishni rag‘batlantiruvchi markerlar – IL-6, VEGF-A, TGF-β va leptin miqdorining oshishi, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi adiponektin darajasining pasayishi orqali namoyon bo‘lishi hamda ushbu o‘zgarishlar tomir asoratlarining rivojlanishiga hissa qo‘shishi aniqlangan;
ilk bor o‘sish omillari (IGF-1, VEGF-A va TGF-β) yuqori darajada bo‘lishi, proyallig‘lanish IL-6 va IL-4 bilan bog‘liq disbalans fonida, arterial gipertenziyaning og‘irligi va asoratlar xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy biomarkerlar sifatida xizmat qilishi aniqlangan;
ilk bor korrelyasion tahlil orqali, yallig‘lanish, angiogenez va metabolik buzilishlar arterial gipertenziya va uning asoratli kechishi patogenezida asosiy rol` o‘ynashi va bu holat arterial bosim darajalari, proyallig‘lanish sitokinlar va metabolik markerlar – VEGF-A (r = 0,86), IL-6 va S-reaktiv oqsil (r = 0,78), leptin va arterial bosim (r = 0,72) o‘rtasidagi kuchli bog‘liqliklar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Allergologik anamnezi murakkab bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziyaning (AG) immunopatogenezini o‘rganishda olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor hamroh allergik yallig‘lanish qon tomir buzilishlarining tezlashgan rivojlanishiga sabab bo‘lib, arterial gipertenziya va allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha gipertrofiyasining yuqoriroq darajasiga (85,7% gacha), II-III darajali gipertenziv retinopatiya holatlarining tez-tez uchrashishiga (57,1%) va mikroal`buminuriya (71,4%) ko‘rsatkichlarining oshishiga olib keladi; Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: Olingan ilmiy-amaliy natijalar “Allergik kasalliklar bilan bog‘liq arterial gipertenziyada immun javob mediatorlarini aniqlash” metodik tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 19 martdagi 61-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 martdagi 45-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda mazkur markazlarning amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi asosida); Ijtimoiy samaradorlik: Allergologik anamnezi murakkab bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziyaning immunopatogenezi xususiyatlarini aniqlash diagnostika va davolash yondashuvlarini optimallashtirishga imkon beradi, bu esa bemorlarning ushbu toifasida asoratlar chastotasini kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. AG va allergik kasalliklar birga kechadigan bemorlarda yallig‘lanish va metabolik buzilishlarni o‘z vaqtida tuzatish davolash samaradorligini oshirishni va mehnatga layoqatli aholi orasida nogironlikni kamaytirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Iqtisodiy samaradorlik vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirish va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga ham erishiladi, bu O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi miqyosida oldini olingan har bir asorat holati uchun taxminan 1850000 o‘zbek so‘mini tashkil etadi. Xulosa: AG va allergologik anamnezi murakkab bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan yondashuvlarni joriy etish asoratlarni davolash va takroriy gospitalizatsiya xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi, bu esa bir yilda bir bemorga 2750000-3200000 o‘zbek so‘mi miqdorida tejashni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor AG va allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish hamda metabolik jarayonlarning yaqqol belgilari kuzatiladi. Bu belgilar proyallig‘lanish markerlar (IL-6, VEGF-A, TGF-β, leptin) darajasining oshishi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi adiponektin darajasining pasayishi bilan namoyon bo‘lib, tomir asoratlarining progressiyasiga hissa qo‘shadi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: Olingan ilmiy-amaliy natijalar “Allergik kasalliklar bilan bog‘liq arterial gipertenziyada immun javob mediatorlarini aniqlash” metodik tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 19 martdagi 61-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 martdagi 45-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda mazkur markazlarning amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi asosida). Ijtimoiy samaradorlik: Allergik kasalliklari bor bemorlarda arterial gipertenziyaning og‘irligi va asoratlari xavfi bilan bog‘liq asosiy biomarkerlarni (IGF-1, VEGF-A, TGF-β, IL-6, IL-4) aniqlash bemorlarning ushbu toifasini tashxislash va davolashga individual yondashuvni joriy etishga imkon beradi. Sitokinlar va o‘sish omillari disbalansini erta aniqlash yallig‘lanish mexanizmlarini o‘z vaqtida tuzatishga yordam beradi, bu esa kasallik prognozi va bemorlar hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Aniqlangan biomarkerlar asosida ishlab chiqilgan diagnostik algoritmlarni qo‘llash AG asoratlarini davolash va takroriy gospitalizatsiya xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi, bu esa bir yilda bir bemorga 3450000 o‘zbek so‘mi miqdorida tejashni ta’minlaydi. Yallig‘lanish buzilishlarini o‘z vaqtida tuzatish reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartiradi, bu O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi miqyosida AG asoratlarining oldini olingan har bir holati uchun taxminan 2100000 o‘zbek so‘mini tashkil etadi. Xulosa: AG va hamroh allergik kasalliklari bor bemorlarni boshqarishda biomarkerga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etish ham muhim klinik afzalliklarni, ham sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy foydani ta’minlaydigan samarali strategiya hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor proyallig‘lanish sitokinlar (IL-6 va IL-4) disbalansi fonida o‘sish omillarining (IGF-1, VEGF-A va TGF-β) yuqori darajalari AG og‘irligi va uning asoratlari rivojlanish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy biomarkerlar ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: Olingan ilmiy-amaliy natijalar “Allergik kasalliklar bilan bog‘liq arterial gipertenziyada immun javob mediatorlarini aniqlash” metodik tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 19 martdagi 61-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 martdagi 45-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda mazkur markazlarning amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi asosida). Ijtimoiy samaradorlik: AG bilan og‘rigan bemorlarni asoratlar xavfi darajalari (PI) bo‘yicha stratifikatsiyalash uchun ishlab chiqilgan prognostik model` yuqori xavfli shaxslarni (PI>50) o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydi, bu hayot uchun xavfli holatlarning rivojlanishining oldini olish va aholining nogironligini kamaytirish imkonini beradi. PI aniqlash asosida bemorlarni olib borishga individual yondashuv davolashga sodiqlikni oshirishga va arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: Prognostik modelni klinik amaliyotga joriy etish AG asoratlarini davolash va takroriy gospitalizatsiya xarajatlarini bir yilda yuqori xavfli bir bemorga 4250000 o‘zbek so‘miga qisqartirish imkonini beradi. Xavfni stratifikatsiyalash asosida davolash taktikasini optimallashtirish shoshilinch tibbiy yordam va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi, bu AG asoratlarining oldini olingan har bir holati uchun 1870000 o‘zbek so‘mi miqdorida tejashni ta’minlaydi. Xulosa: Ishlab chiqilgan prognostik modelni qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi uchun samarali vosita hisoblanadi, bu resurslarni oqilona taqsimlash va AG ning qimmat asoratlarining oldini olish hisobiga ham kasallik natijalarini sezilarli darajada yaxshilashni, ham muhim iqtisodiy foydani ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor korrelyasion tahlil orqali yallig‘lanish, angiogenez va metabolik buzilishlarning arterial gipertenziya va uning asoratli kechishi patogenezida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. Bu holat arterial bosim darajalari, proyallig‘lanish sitokinlar va metabolik markerlar (VEGF-A (r = 0,86), IL-6 va C-reaktiv oqsil (r = 0,78), leptin va arterial bosim (r = 0,72)) o‘rtasida kuchli bog‘lanishlarning mavjudligi bilan isbotlandi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: Olingan ilmiy-amaliy natijalar “Allergik kasalliklar bilan bog‘liq arterial gipertenziyada immun javob mediatorlarini aniqlash” metodik tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 19 martdagi 61-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 martdagi 45-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda mazkur markazlarning amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi asosida). Ijtimoiy samaradorlik: allergik kasalliklar bilan og‘irlashgan anamnezga ega bo‘lgan AG bemorlarida immunopatogenezning aniqlangan xususiyatlari tashxislash va davolash yondashuvlarini optimallashtirish imkonini beradi, bu esa asoratlar uchrash tezligini kamaytirish va bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. AG va allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanish va metabolik buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish davolash samaradorligini oshirish va mehnatga layoqatli aholi orasida nogironlik holatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: iqtisodiy samara vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirish va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga ham erishiladi, bu esa O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi miqyosida har bir oldi olingan asorat holati bo‘yicha taxminan 1850000 o‘zbek so‘mini tashkil etadi. Xulosa: ishlab chiqilgan diagnostika va davolash yondashuvlarining allergik anamnez bilan og‘irlashgan AG bemorlari uchun amaliyotga joriy etilishi asoratlar davosi va takroriy shifoxonaga yotqizishga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi va bu bilan har bir bemor uchun yiliga taxminan 2750000 dan 3200000 o‘zbek so‘migacha iqtisod qilish imkoniyatini yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish