Tairova Guzal Babakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Autoimmun gepatit laborator diagnostikasini takomillashtirish” 14.00.25 – Klinik- laborator va funsional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.I.PhD/Tib3403.
Ilmiy rahbar: Kurbonova Zumrad Chutbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali jigar diffuz kasalliklarida autoimmun markerlarni aniqlash va autoimmun gepatitning zamonaviy laborator tekshiruv usullari bilan tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1-tur autoimmun gepatit va autoimmun jigar sirrozi mavjud 15,7% bemorlarda F-aktinga qarshi antitanalar, 21,3% bemorlarda aktininga qarshi antitanalar, 63,0% hollarda F-aktinga qarshi va aktininga qarshi markerlar aniqlanishi isbotlangan;
jigar va buyrak mikrosomalariga qarshi antitanalar va jigar sitozol antigeniga qarshi antitanalar aniqlangan 2-tur autoimmun gepatit va autoimmun jigar sirrozida sitolitik belgilar ustun bo‘lishi asoslangan;
mitoxondriyaga qarshi antitananing M2 turi, gepatotsitlar yadrosining eruvchan oqsiliga qarshi antitanalari, gepatotsitlar yadro tirqishlarining antigeniga qarshi antitanalari aniqlangan bemorlarda xolestatik o‘zgarishlar kuchli bo‘lib, ishqoriy fosfataza, bilirubin va uning fratsiyalari keskin oshishi bilan korrelyasiyasi aniqlangan;
jigar autoimmun kasalligida antitanalarni aniqlashda LIVER-9-LAYN immunoblot usulini immunoferment tekshirish usulidan ustunligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Autoimmun gepatit laborator diagnostikasini takomillashtirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 1-tur autoimmun gepatit va autoimmun jigar sirrozi bo‘lgan 15,7% bemorlarda F-aktinga qarshi antitanalar, 21,3% bemorlarda aktininga qarshi antitanalar, 63,0% hollarda F-aktinga qarshi va aktininga qarshi markerlari aniqlanishi isbotlanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.112024 61-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.11.2024-yil 82-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunobloting laborator tahlili orqali 1-tur autoimmun gepatit va autoimmun jigar sirrozini erta bosqichlarida tekshirish kasallik progressivlanishining oldini olish, hayot sifatini yaxshilash, bemorlar umrini uzaytirish va asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu antitanalarini erta muddatlarda taxlil qilish jigardagi autoimmun patologiyani erta muddatlarida tashxislash, davolash va og‘ir asoratlarini oldini olish orqali gospitalizatsiya 2 kunga qisqardi. Xulosa: jigarning autoimmun patologiyalarida immunobloting usulda zardobdagi antitanalarni erta aniqlash joriy qilingandan so‘ng gospitalizatsiya kunlari qisqardi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar va buyrak mikrosomalariga qarshi antitanalar va jigar sitozol antigeniga qarshi antitanalar aniqlangan 2-tur autoimmun gepatit va autoimmun jigar sirrozida sitolitik belgilar ustun bo‘lishi asoslanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.112024 61-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.11.2024-yil 82-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigarning 2-tur autoimmun kasalliklari bo‘lgan bemorlarda immunoblot laborator tekshirish usulini qo‘llash hisobiga salomatlik ko‘rsatkichi oshdi, ishlab chiqilgan laborator diagnostik algoritmni qo‘llash autoimmun jarayonni aniqlashga ko‘maklashdi va asoratlarni oldini olishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi autoimmun jigar kasalliklarida statsionar davo vaqtining 2 kunga kamayishi sababli tibbiyot chora-tadbirlariga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: Ushbu usul qo‘llanilganda bemorlar uchun sarflanadigan mablag‘lar tejalishiga olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: mitoxondriyaga qarshi antitananing M2 turi, gepatotsitlar yadrosining eruvchan oqsiliga qarshi antitanalari, gepatotsitlar yadro tirqishlarining antigeniga qarshi antitanalari aniqlangan bemorlarda xolestatik o‘zgarishlar kuchli bo‘lib, ishqoriy fosfataza, bilirubin va uning fratsiyalari keskin oshishi bilan korrelyasiyasi aniqlanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.11.2024 61-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.11.2024-yil 82-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan erta tashxislash usulini joriy etish bemorlarda jigar autoimmun zararlanishi va disfunksiyasini aniqlash imkonini beradi. Mazkur bemorlarda immunoblot usulida jigar to‘qimasiga qarshi antitanalarni aniqlash o‘z vaqtida samarali davo choralarini qo‘llashga va jigar faoliyatini yaxshilanishiga olib keladi, bu esa bemorlarning hayot sifatini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: 1- va 2-tur autoimmun gepatit va autoimmun jigar sirrozida 9 turdagi antitanalarini immunobloting usulida erta laborator aniqlash orqali jigar autoimmun xolestatik asoratlarining oldi olindi va gospitalizatsiya 2 kunga qisqardi. Xulosa: bu usulni bemorlarga tavsiya qilish orqali yillik vaqtinchalik mexnat qobiliyatini yo‘qotish muddati qisqardi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar autoimmun kasalligida antitanalarni aniqlashda LIVER-9-LAYN immunoblot usulini immunoferment tekshirish usulidan ustunligi asoslanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.112024 61-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.11.2024-yil 82-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immunoblot usulida aniqlangan jigar autoimmun markerlarini baholash natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish natijasida bemorlarda autoimmun jarayonni tashxislash va bashoratlash samarasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: autoimmun gepatit va jigar sirrozida taklif etilgan usuldan foydalanish bemorlarda o‘zgarishlarni o‘rganish to‘g‘ri davolash choralarini qo‘llashga imkon beradi, samarasiz tibbiy muolajalarni kamayishiga olib keldi, bu esa turli a’zolarda va tizimlarda rivojlanish extimolligi bo‘lgan nojo‘ya xolatlarni kamaytirdi. Natijada shifoxonaga yotish muddati qisqardi va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: jigarning autoimmun kasalliklarida LIVER-9-LAYN immunoblot usulini qo‘llash samarali davolash choralarini qo‘llashga imkon yaratdi, samarasiz tibbiy muolajalarni kamayishiga olib keldi, bu esa turli a’zolarda va tizimlardagi nojo‘ya xolatlarni qisqarishiga, tuzalish muddati va yotoq kunini kamaytirdi, o‘lim holatlarining oldini olgan hamda bemorlar hayot sifatini saqlab qolish imkonini berdi.