Kurbonov Najmiddin Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorning ishlash ishonchliligini oshirish”, 05.05.01 - “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2673.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich - texnika fanlari doktori, professor. Hoshimov Ural Hoshimovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorlarning ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokini rostlash orqali chuqur reaktiv energiya iste’mol qilish rejimida ishlash ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorning o‘ta chala qo‘zg‘atish rejimida, ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokini rostlash orqali chuqur reaktiv quvvat iste’mol qilish imkonini beruvchi imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorning ko‘ndalang qo‘zg‘atish tizimini, yakor` po‘lat o‘zagi yuzasida joylashgan va yig‘indi magnit maydon tarkibidan 3-garmonikani ajratib oluvchi sinusoidal o‘lchov datchigi asosida olingan o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuchini tiristor yordamida boshqarib, ishonchli ishlashini ta’minlovchi qurilmaning prinsipial elektr sxemasi ishlab chiqilgan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorlar toklarining keltirish koeffisientini U- simon tavsif yordamida yakor va qo‘zg‘atish toklarining nisbatlari asosida aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorning bo‘ylama va ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘amlariga beriladigan o‘zgarmas tok qiymati va fazasini rostlash imkoniyatini yaratuvchi qo‘zg‘atish tizimlari sxemasi reversiv tiristorli to‘g‘irlagich asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorning ishlash ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki o‘q bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorning qo‘zg‘atish tizimlariga beriladigan qo‘zg‘atish toki fazasi va qiymatini rostlash imkonini yaratuvchi reversiv tiristorli to‘g‘irlagich asosida ishlab chiqilgan qo‘zg‘atish tizimining elektr sxemasi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 aprelidagi 03/17-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyalaridagi sinxron motor (sinxron kompensator)ning ishga tushish vaqti 40,4% ga kamayishiga erishilgan;
sinxron kompensatorning bo‘ylama va ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘amlarini, yakor` po‘lat o‘zagi yuzasida joylashgan va yig‘indi magnit maydon tarkibidan 3-garmonikani ajratib oluvchi sinusoidal o‘lchov datchigi asosida olingan o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuchini tiristor yordamida boshqarib, o‘zgarmas tok bilan ta’minlovchi qurilmaning prinsipial sxemasi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 aprelidagi 03/17-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyalaridagi sinxron motor (sinxron kompensator)ning ishga tushishdagi stator toki 19,6% ga kamayishiga erishilgan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron kompensatorlarning elektr ta’minoti sxemasi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 aprelidagi 03/17-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada 112955500 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.