Navruzov Firdavs Shavkatovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Milliy ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari”. 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli kengash asosidagi bir martalik kengash.  
Rasmiy opponentlar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Pulatova Dildora Turgunovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi milliy ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarning ta’limiy harakatlarini mustaqil bajarish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi faoliyatining jadalligi, darslarda o‘quv harakatlarining obektlarini kengaytirish va bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish dinamikasining barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quv natijalari samaradorligini ta’minlashning kvalimetrik modeli o‘quvchilarning yaxlit birlik sifatida o‘quv harakatlariga moslashish, jamoaviy shaklda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshirish, jamoaviy ishni bajarish jarayonida subekt ma’sulligini oshirish kompetentligini egallash bosqichlari parallel, individual, guruhiy, interaktiv ta’sir darajalarining diagnostik instrumentariy bilan qayta aloqasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish jarayoni ta’lim subektlari harakatlarini shaffof baholashga yo‘naltirilgan “kasblar kompasi” uslubiy ko‘rsatmasini pedagogik, psixologik talablar asosida qo‘llash orqali  takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi darslarda o‘quvchilarning universal ta’limiy faoliyatlarini rivojlantirishda subekt-subekt munosabatlariga asoslanish, o‘quvchilarning muvaffaqiyat motivlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash kabi didaktik shart-sharoitlari “muammoga sho‘ng‘ish”, teskari misolni namoyish etish, dars rejasini qayta shakllantirish, bilimlar xaritasi bilan ishlash texnikalarining vositaviy texnologizatsion jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarning ta’limiy harakatlarini mustaqil bajarish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi faoliyatining jadalligi, darslarda o‘quv harakatlarining obektlarini kengaytirish va bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish dinamikasining barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025 yil 4 apreldagi 04-2166-son malumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishni takomillashtirishga xizmat qilgan; 

nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quv natijalari samaradorligini ta’minlashning kvalimetrik modeli o‘quvchilarning yaxlit birlik sifatida o‘quv harakatlariga moslashish, jamoaviy shaklda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshirish, jamoaviy ishni bajarish jarayonida subekt ma’sulligini oshirish kompetentligini egallash bosqichlari parallel, individual, guruhiy, interaktiv ta’sir darajalarining diagnostik instrumentariy bilan qayta aloqasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida ta’lim subektlari harakatlarini shaffof baholashga yo‘naltirilgan “kasblar kompasi” uslubiy ko‘rsatmasidan foydalanishga oid tajriba – sinov ishlarini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 9-apreldagi 02/01-01122-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  Ta’lim 2030 strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga oid faoliyat natijadorligining o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish jarayoni ta’lim subektlari harakatlarini shaffof baholashga yo‘naltirilgan “kasblar kompasi” uslubiy ko‘rsatmasini pedagogik, psixologik talablar asosida qo‘llash orqali  takomillashtirish asosida “Oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni joriy qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (BuxDU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining 2024-yil 24-dekabrdagi 02/13-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tavsiyalar pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda qo‘llangan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish