Xusanov Elshod Toshmaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirish” 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7366
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oriental universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.185.01.
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Dilova Nargiza Gaybullaevna; Toshkent davlat transport universiteti professori, falsafa fanlari doktori Shadimetov Yusufjan Shadimetovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta talim maktab o‘quvchilarining tabiatga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish (ekogumanistik) dunyoqarashining individual rivojlanish dinamikasida boshlang‘ich ta’limda «ekosavodxonlik», tayanch o‘rta ta’limda «ekobilimdonlik», o‘rta ta’limda «ekokompetentlik», oliy ta’limda «ekomadaniyat» (hayotiy tajriba jarayonida «ekomentalitet») bosqichlaridan iborat darajalashgan ekologik bilimlar tizimi asoslanib, har bir darajaga mos mazmun-ko‘rsatkichlar va natijaviy mezonlar taklif qilingan;
ekogumanistik dunyoqarashni ilmiy-falsafiy, diniy va mifologik, ierarxiyasining tadrijiy rivojlanishini aks ettiruvchi adaptiv-tahliliy tuzilmasi hamda konseptual komponentlari (gnoseologik, aksiologik, motivatsion, praksiologik, kommunikativlik, texnologik, madaniylik, refleksiv, inovatsion) ilmiy bilimlar negizida «qadriyat-motivatsiya-amaliyotga yo‘naltirilgan» tushunchalarining ustuvorlik darajalari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda «inson-jamiyat-tabiat» uyg‘unligi paradigmasini shakllantirish modeli pedagogik uslubiyotlar (STEAM yondashuvi, project-based learning, reflektiv pedagogika, ekogumanistik faoliyat turlarini aniqlashtirish, «Eco-value» baholash shkalasi asosida monitoring) asosida takomillashtirilgan;
ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirishda kognitiv (bilimga yo‘naltirilgan) yondashuvdan kreativ (ijodiy va refleksiv) yondashuvga yo‘naltiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarini ekogumanistik qadriyatlar, planetar tafakkur tamoyillari va global ekologik axloq me’yorlari bilan mazmunan uzviyligi asosida uzlyuksiz ekota’limni umumiy va dual shart-sharoitlarga muvofiq tashkil etish, fanlararo integratsiyani ta’minlash hamda kompleks ekota’lim strategiyalarini modellashtirishga doir ilmiy-nazariy tavsiyalar asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirish” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ekologik ta’limga doir bilimlar mavjud o‘quv resurislari, namunaviy dastur, ishchi dastur va o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga (umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari ekogumanistik dunyoqarashining individual rivojlanish dinamikasi, boshlang‘ich ta’limda “ekosavodxonlik”, tayanch o‘rta ta’limda “ekobilimdonlik”, o‘rta ta’limda “ekokompetentlik” hamda bu darajalarga xos mazmun ko‘rsatkichlar va mezonlar)ni singdirish va maxsus kurslar va seminarlarni ishlab chiqilishi bilan ta’minlash kabi ilmiy-uslubiy ishlaridan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining “Tarbiya” fani mavzularini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-iyundagi 01/11-11-395-son ma’lumotnomasi):, (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025 - yil 19 - maydagi 2618-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-nazariy asoslangan mazkur darajalashgan ekologik bilimlar tizimi joriy etilishi orqali o‘quvchilarda tabiatga nisbatan axloqiy munosabat, biotsentrik bilim va ko‘nikmalar, mas’uliyat hissi hamda muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan yondashuv bosqichma-bosqich shakllanadi;
ekogumanistik dunyoqarashni ilmiy-falsafiy, diniy va mifologik, ierarxiyasining tadrijiy rivojlanishini aks ettiruvchi adaptiv-tahliliy tuzilmasi hamda konseptual komponentlari (gnoseologik, aksiologik, motivatsion, praksiologik, kommunikativlik, texnologik, madaniylik, refleksiv, inovatsion) ilmiy bilimlar negizida «qadriyat-motivatsiya-amaliyotga yo‘naltirilgan» tushunchalarining ustuvorlik darajalari yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining o‘quvchilarda ekologik axloq va qadriyatlarni shakllantirish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-iyundagi 01/11-11-395-son ma’lumotnomasi):, (O‘zbekiston Ekologik harakatining 2024-yil 25-sentyabrdagi №224-sonli Ma’lumotnoma). Natijada, ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirishda uning ilmiy-falsafiy, diniy va mifologik ierarxiyasining tadrijiy rivojlanishini aks ettiruvchi adaptiv-tahliliy tuzilma asosida ta’lim mazmuni boyitilishi va shu asosda o‘quvchilarda tabiatga insoniy munosabat, chuqur ekologik bilim va faollik, madaniy va ma’naviy mas’uliyat oshishiga muhim nazariy-amaliy manba sifatida xizmat qilgan;
o‘quvchilarda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda «inson-jamiyat-tabiat» uyg‘unligi paradigmasini shakllantirish modeli pedagogik uslubiyotlar (STEAM yondashuvi, project-based learning, reflektiv pedagogika, ekogumanistik faoliyat turlarini aniqlashtirish, «Eco-value» baholash shkalasi asosida monitoring) asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining “Tarbiya” fani darsligini ekologik mavzular bilan boyitishda uslubiy manba’ sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-iyundagi 01/11-11-395-son ma’lumotnomasi):, (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 27-may 224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekogumanistik ong va dunyoqarashni shakllantirish nazariyasini rivojlantirish imkoniyatlari oshgan;
ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirishda kognitiv (bilimga yo‘naltirilgan) yondashuvdan kreativ (ijodiy va refleksiv) yondashuvga yo‘naltiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarini ekogumanistik qadriyatlar, planetar tafakkur tamoyillari va global ekologik axloq me’yorlari bilan mazmunan uzviyligi asosida uzlyuksiz ekota’limni umumiy va dual shart-sharoitlarga muvofiq tashkil etish, fanlararo integratsiyani ta’minlash hamda kompleks ekota’lim strategiyalarini modellashtirishga doir ilmiy-nazariy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining umumiy o‘rta ta’lim darsliklarini innovatsion ta’lim texnalogiyalari bilan boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-iyundagi 01/11-11-395-son ma’lumotnomasi):, (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2024-yil 7-iyundagi №01/304-sonli Ma’lumotnoma). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar maktab o‘quvchilarida ekologik bilimni ijodiy tahlil qila olish, muammolarga kompleks yondashish, tabiatga mas’uliyatli munosabat va global ekologik axlta’limga oq me’yorlariga mos faollik shakllanishiiga, ekota’lim esa kognitivdan kreativ va refleksiv bosqichgacha rivojlanadigan uzlyuksiz, innovatsion ekogumanistik tizimga aylanishiga xizmat qilgan.