Xakimov Aziz Timurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Intraduktal sut bezi saratoni tashhisi va davolash taktikasini tanlashga konseptual yondashuv», 14.00.14 - Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2483.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024.Tib.177.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvaxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intraduktal sut bezi saratoni (DCIS)ni jarrohlik yo‘li bilan davolashda residiv xavfini hisobga olgan holda shaxsiy yondashuvni joriy etish orqali eng maqbul taktikani tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
44 yoshdan katta, o‘sma o‘lchami 15 mm dan kichik va o‘rtacha/yuqori darajada xavfli o‘smasi bo‘lgan ayollarda yashab qolish ko‘rsatkichi 44 yoshdan kichik, o‘sma o‘lchami 15 mm dan katta va yuqori darajada xavfli o‘smasi bo‘lgan ayollarga nisbatan statistik jihatdan sezilarli darajada yaxshiroq ekanligi aniqlangan;
ilk bor intraduktal sut bezi saratonining qayta yuzaga chiqish xavf omillari aniqlandi: tana vazni indeksi 30 dan yuqori, irsiy moyillik, 44 yoshgacha bo‘lgan yosh, davom etayotgan hayz sikli, kalsifikatsiyaning diffuz turi, yuqori darajadagi xavflilik, komedonekroz mavjudligi va o‘smaning gormonga salbiy ta’siri aniqlangan;
intraduktal sut bezi saratonining qayta yuzaga chiqish xavfiga ta’sir qilmaydigan omillar aniqlandi: o‘smaning ko‘krak qafasi devoriga, teriga va so‘rg‘ichga nisbati, sut bezining o‘tkazilgan xavfsiz kasalliklari, nur terapiyasiga teri reaksiyasi, zararli odatlar, abortlar, bola tashlashlar, emizish, sut bezida o‘tkazilgan operatsiyalar, so‘rg‘ichdan ajralmalar aniqlangan;
ishlab chiqilgan algoritm doirasida qayta yuzaga chiqish va noxush oqibatlar chastotasiga xavf omillarining ta’sirini baholash asosida intraduktal sut bezi saratoni qayta yuzaga chiqish xavfi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning individual taktikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Intraduktal sut bezi saratonni tashxislash va davolash taktikasini tanlashga bo‘lgan yondashuvni konseptuallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 44 yoshdan katta, o‘sma o‘lchami 15 mm dan kichik va o‘rtacha/yuqori darajada xavfli o‘smasi bo‘lgan ayollarda yashab qolish ko‘rsatkichi 44 yoshdan kichik, o‘sma o‘lchami 15 mm dan katta va yuqori darajada xavfli o‘smasi bo‘lgan ayollarga nisbatan statistik jihatdan sezilarli darajada yaxshiroq ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vaziriligi tomonidan 2022 yil 5 iyulda 8p-r/770-son bilan tasdiqlangan «Konseptual`niy podxod k viboru taktiki lecheniya vnutriprotokovogo raka molochnoy jelezi» va 2024 yil 18 noyabrda 01-r/42-son bilan tasdiqlangan «Metodika otsenki sili vliyaniya faktorov riska residiva vnutriprotokovoy karsinomi in situ» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 7-son va RIOvaRIATM Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: DCIS tipologik xususiyatlarining hayot anamnezi, mammografik kartinasi, morfologik tavsiflari va o‘tkazilgan jarrohlik aralashuviga bog‘liq holda o‘tkazilgan qiyosiy tahlili tadqiqot natijalarining DCIS aniqlangan bemorlarni davolash bo‘yicha olib boriladigan taktikaga ta’sirini baholash imkonini bergan, bu esa, shubhasiz, juda kam iqtisodiy xarajatlar bilan tashxislash samaradorligini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 338461,5 so‘m byudjet mablag‘lari DCIS ning klinik, instrumental va laboratoriya simptomatikasining chastotasi va tipologik xususiyatlarini qaytalanish xavfining darajasiga bog‘liq holda aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor intraduktal sut bezi saratonining qayta yuzaga chiqish xavf omillari aniqlandi: tana vazni indeksi 30 dan yuqori, irsiy moyillik, 44 yoshgacha bo‘lgan yosh, davom etayotgan hayz sikli, kalsifikatsiyaning diffuz turi, yuqori darajadagi xavflilik, komedonekroz mavjudligi va o‘smaning gormonga salbiy ta’siri aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vaziriligi tomonidan 2022 yil 5 iyulda 8p-r/770-son bilan tasdiqlangan «Konseptual`niy podxod k viboru taktiki lecheniya vnutriprotokovogo raka molochnoy jelezi» va 2024 yil 18 noyabrda 01-r/42-son bilan tasdiqlangan «Metodika otsenki sili vliyaniya faktorov riska residiva vnutriprotokovoy karsinomi in situ» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 7-son va RIOvaRIATM Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: DCIS bemorlarida noxush oqibatlarning yanada ta’sirchan va prognozlash jihatidan ahamiyatga ega bo‘lgan prediktorlarining aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlari noxush oqibat xavfining darajasini qayd qilish va xavfni hisobga olgan holda bemorlarni olib borishning kompleks taktikasi bilan maqsadga yo‘naltirilgan tarzda patologiyaga ta’sir qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 323620 so‘m byudjet mablag‘lari xavf omillarining mavjudligiga bog‘liq holda DCIS qaytalanish xavfining darajalarini tabaqalashtirilgan tarzda maqsadga yo‘naltirilgan tashxislashni qo‘llanish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: intraduktal sut bezi saratonining qayta yuzaga chiqish xavfiga ta’sir qilmaydigan omillar aniqlandi: o‘smaning ko‘krak qafasi devoriga, teriga va so‘rg‘ichga nisbati, sut bezining o‘tkazilgan xavfsiz kasalliklari, nur terapiyasiga teri reaksiyasi, zararli odatlar, abortlar, bola tashlashlar, emizish, sut bezida o‘tkazilgan operatsiyalar, so‘rg‘ichdan ajralmalar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vaziriligi tomonidan 2022 yil 5 iyulda 8p-r/770-son bilan tasdiqlangan «Konseptual`niy podxod k viboru taktiki lecheniya vnutriprotokovogo raka molochnoy jelezi» va 2024 yil 18 noyabrda 01-r/42-son bilan tasdiqlangan «Metodika otsenki sili vliyaniya faktorov riska residiva vnutriprotokovoy karsinomi in situ» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 7-son va RIOvaRIATM Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: DCIS qaytalanishining individual xavfini aniqlashning isbotlangan samarali elektron dasturi ishlab chiqilgan va klinika amaliyotiga joriy etilgan, bu kasallikdan o‘lim holatlari, qaytalanishlar chastotasini va takroriy jarrohlik aralashuvlariga ehtiyojni qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 632940 so‘m byudjet mablag‘lari DCIS qaytalashining individual xavfini aniqlashning samarasi isbotlangan elektron dasturini ishlab chiqish va klinika amaliyotiga joriy etish natijasida qaytalanishni tashxislash va takroriy jarrohlik aralashuvlariga ehtiyoj qisqarishi orqali iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan algoritm doirasida qayta yuzaga chiqish va noxush oqibatlar chastotasiga xavf omillarining ta’sirini baholash asosida intraduktal sut bezi saratoni qayta yuzaga chiqish xavfi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning individual taktikasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vaziriligi tomonidan 2022 yil 5 iyulda 8p-r/770-son bilan tasdiqlangan «Konseptual`niy podxod k viboru taktiki lecheniya vnutriprotokovogo raka molochnoy jelezi» va 2024 yil 18 noyabrda 01-r/42-son bilan tasdiqlangan «Metodika otsenki sili vliyaniya faktorov riska residiva vnutriprotokovoy karsinomi in situ» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 7-son va RIOvaRIATM Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 10.01.2022 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi DCIS qaytalanishining individual xavfini aniqlashning isbotlangan samarali elektron dasturi ishlab chiqilgan va klinika amaliyotiga joriy etilgan, bu kasallikdan o‘lim holatlari, qaytalanishlar chastotasini va takroriy jarrohlik aralashuvlariga ehtiyojni qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 632940 so‘m byudjet mablag‘lari DCIS qaytalashining individual xavfini aniqlashning samarasi isbotlangan elektron dasturini ishlab chiqish va klinika amaliyotiga joriy etish natijasida qaytalanishni tashxislash va takroriy jarrohlik aralashuvlariga ehtiyoj qisqarishi orqali iqtisod qilinadi.