Alimov Ijod Rustamjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dumg‘aza va tos suyaklari o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash», 14.00.14 –onkologiya, 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib610.
Ilmiy maslahatchilar: Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kariev Shuxrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi huzuridagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori; Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori; Makarevich Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya).
Yetakchi tashkilot: P.A.Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smaning oziqlantiruvchi tomirlarni operatsiyadan oldingi embolizatsiya muolajasini bajarish, a’zo saqlovchi jarroxlik texnalogiyalarni tadbiq qilish va biz yaratgan metall implantlardan foydalanish orqali do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkazilgan diagnostika tadbirlari davomida o‘rta va lateral sakral arteriya shoxlari, pastki va yuqori gluteal arteriya, ichki va tashqi yonbosh arteriyalari do‘mg‘aza va tos suyak o‘smalarni qon bilan ta’minlashda ishtirok etishi isbotlangan;
birinchi marotaba biz yaratgan S-shaklidagi tayoqchali fiksatsiya uskunasi yordamida, do‘mg‘aza suyagining to‘liq rezeksiyasidan keyingi bel umurtqalari va yonbosh suyaklari qanotlarining orasidagi diastaz qoplanishi muhim ekanligi isbotlangan;
biz yaratgan S-shaklidagi tayoqchali fiksatsiya uskunasi yordamida do‘mg‘azani butunlay olib tashlash jarroxlik amaliyotidan so‘nggi umurtqa pog‘onasinigi tos suyagiga mahkamlash amaliyoti orqali umurtqa tayanch qobiliyatini to‘liq tiklanishi isbotlangan;
do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarning operatsiyadan keyingi davrdagi qiyosiy tahliliga asoslanib, do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalarining dastlabki embolizatsiyasidan foydalanish intraoperativ qon ketish xavfini G.A. Barashkov klassifikatsiyasiga tayangan xolda sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan;
do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smasini oziqlantiruvchi tomirlarni dastlabki embolizatsiya qilish usulidan foydalanish o‘simtani olib tashlashning radikalligini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan;
do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalarining oziqlantiruvchi tomirlarini operatsiyadan oldin embolizatsiya qilish ochiq operatsiya muddatini sezilarli darajada qisqartirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan diagnostika tadbirlari davomida o‘rta va yon do‘mg‘aza arteriya shoxlari, pastki va yuqori gluteal arteriya, ichki va tashqi yonbosh arteriyalari do‘mg‘aza va tos suyak o‘smalarni qon bilan ta’minlashda ishtirok etishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 11 iyunda 8n-r/489-son bilan tasdiqlangan «Xavfsiz va xavfli birlamchi suyak o‘smalarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari» hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Agressiv umurtqa gemangiomalarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 148-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi 123-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi diagnostika va davolash yondoshuvlarini joriy etish tufayli do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘simtalari bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordamning sifati oshdi. Bu jarayon nogironlik holatlarining kamayishi, operatsiyadan keyingi asoratlarning qisqarishi, davolash va reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi hamda bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘smani qon bilan ta’minlovchi tomirlarni MSKT tekshiruvi yordamida aniqlash orqali tashxis qo‘yish jarayonini tezlashtirish va keyingi davolash taktikasi erta rejalashtirish natijasida tibbiyot muassasalari uchun ham kasallikka tashxis qo‘yish muddati, ham sarf-xarajatlari qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marotaba biz yaratgan S-shaklidagi tayoqchali fiksatsiya uskunasi yordamida, do‘mg‘aza suyagining to‘liq rezeksiyasidan keyingi bel umurtqalari va yonbosh suyaklari qanotlarining orasidagi diastaz qoplanishi muhim ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 11 iyunda 8n-r/489-son bilan tasdiqlangan «Xavfsiz va xavfli birlamchi suyak o‘smalarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari» hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Agressiv umurtqa gemangiomalarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 148-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi 123-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi, yaratilgan implantlarning O‘zbekiston xududida ishlab chiqarilishi, ularni xarid qilishdagi engilliklar. Iqtisodiy samaradorligi: yaratilgan implantlarni qiymati, xorijiy analoglarning qiymatiga nisbatan 5-6 barobarigacha arzonligi ko‘zda tutilgan. Yaratilgan implantlarni ishlab chiqarishning samaradorligi, O‘zbekistonda tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish xajmini ko‘paytiradi, bundan tashqari maxsulotni katta xajmda ishlab chiqarish tufayli xalqni ish bilan ta’minlash va maxsulotning xorijiy analoglardan raqobatbardoshligini oshiradi;
uchinchi ilmiy yangilik: biz yaratgan S-shaklidagi tayoqchali fiksatsiya uskunasi yordamida do‘mg‘azani butunlay olib tashlash jarroxlik amaliyotidan so‘nggi umurtqa pog‘onasinigi tos suyagiga mahkamlash amaliyoti orqali umurtqa tayanch qobiliyatini to‘liq tiklanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 11 iyunda 8n-r/489-son bilan tasdiqlangan «Xavfsiz va xavfli birlamchi suyak o‘smalarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari» hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Agressiv umurtqa gemangiomalarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 148-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi 123-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umurtqa pog‘onasinig tos suyagi bilan mustaxkamligi tiklangani tufayli, bemorlar to‘liq xarakatga tushib, begonalar qaramog‘iga muxtoj bo‘lmaydi va  qisqa muddatda ishga layoqatligi tiklanadi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z o‘ziga xizmat qilish xususiyatlari tiklanishi bilan, bemorlar dori vositalar, shifokorlar kuzatuvi va ijtimoiy to‘lovlardan ozod bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasining tayanchiligi tiklash amaliyoti, bemorlar qisqa muddatda oddiy xayotga kirishib ketishiga yordam berdi, natijada bemorlar operatsiyadan keyingi tiklanish davrida o‘z o‘ziga xizmat qilan xolda xarakatlanishiga erishilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalari bilan zararlangan bemorlarning operatsiyadan keyingi davrdagi qiyosiy tahliliga asoslanib, do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalarining dastlabki embolizatsiyasidan foydalanish intraoperativ qon ketish xavfini G.A. Barashkov klassifikatsiyasiga tayangan xolda sezilarli darajada kamaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 11 iyunda 8n-r/489-son bilan tasdiqlangan «Xavfsiz va xavfli birlamchi suyak o‘smalarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari» hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Agressiv umurtqa gemangiomalarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 148-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi 123-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning operatsiya davridagi qon ketish xavfini bartaraf qilish tufayli, bemorlarning ishga layoqatligi erta tiklanib, davlatning ijtimoiy yordamidan ozod bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2300000 so‘m byudjet mablag‘lari do‘mg‘aza va tos suyak o‘smalarini jarroxlik davolash jarayonida kup miqdorda qon ketishni bartaraf qilish orqali, bemorning doriga muxtojligini, uzoq muddat davomida shifoxonada yotish vaqtini qisqartirish va bemorlarning tez vaqt davomiga tiklanishi natijasida iqtisod qilinadi; 
beshinchi ilmiy yangilik: do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smasini oziqlantiruvchi tomirlarni dastlabki embolizatsiya qilish usulidan foydalanish o‘simtani olib tashlashning radikalligini sezilarli darajada oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 11 iyunda 8n-r/489-son bilan tasdiqlangan «Xavfsiz va xavfli birlamchi suyak o‘smalarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari» hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Agressiv umurtqa gemangiomalarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 148-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi 123-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalarini to‘liq olish amaliyotidan so‘ng, aksariyat bemorlar keyingi nur terapiya, kimyoterapiya muolajalaridan ozod qilinib, dispanser nazoratda saqlanib qoldilar. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari do‘mg‘aza va tos suyak o‘smalarini to‘liq olish jarroxlik muolajasi orqali bemorlar nojuya ta’siri yuqori bulgan kimyoterapiya va nur ta’siri yuqori bulgan nur terapiyaga muxtojligidan chiqishiga erishish natijasida iqtisod qilinadi;  
oltinchi ilmiy yangilik: do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalari bilan zararlangan bemorlarni davolash natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida do‘mg‘aza va tos suyaklari o‘smalarining oziqlantiruvchi tomirlarini operatsiyadan oldin embolizatsiya qilish ochiq operatsiya muddatini sezilarli darajada qisqartirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 11 iyunda 8n-r/489-son bilan tasdiqlangan «Xavfsiz va xavfli birlamchi suyak o‘smalarining zamonaviy diagnostika va davolash usullari» hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Agressiv umurtqa gemangiomalarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 148-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi 123-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jarroxlik amaliyotining davomiyligini qisqartirish orqali, bemorga narkoz dorilarning nojuya ta’sirini kamayishiga, operatsiyadan keyingi erta davrda esa bemor yarasi ikkilamchi bitish muammosi bartaraf qilindi. Iqtisodiy samaradorligi: do‘mg‘aza va tos suyak o‘smalarini to‘liq olish jarroxlik muolajasining muddati qisqarishi orqali, bemorlarga narkoz ta’siri kamayishi, amaliyot davomida ishlatiladigan boshqa tibbiy buyumlar xajmi va xattoki kommunal tulov xarajatlari 1,5-2 barobar qisqarishi natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish