Sayfullaeva Madina Ismatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish industriyasida korporativ menejmentning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3113
Ilmiy rahbar: Xairova Dinara Rimovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raev Abror Turobovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilish sanoati korxonalari faoliyatida korporativ menejmentning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo'yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“korporativ menejment” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mas’uliyat darajasi, inson kapitali, korporativ munosabatlardagi ishtirokchilarining manfaatlari hamda korporativ menejmentning amaliy yo‘nalishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
qurilish korxonalarini barqaror rivojlantirish uslubiyoti korporativ menejmentning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tuzilmasini barqaror rivojlanish konseptual modeliga asoslanuvchi ESG (Environmental, social & governance (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv)) tamoyillariga ustuvorlik bergan holda raqamlashgan, shaffof boshqaruv taklifi asoslangan;
korporativ maqsadlarga xodimning qiziqishi va ishtirokini oshirish yondashuvi qurilish korxonalari misolida tashkilotning barqaror rivojlanishga ko‘maklashuvida korporativ menejment iqtisodiy mexanizmini tatbiq etuvchi sxemaga asoslanuvchi PSP (Profit sharing plan - foydani taqsimlash rejasi) tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Buxoro viloyatida qurilish ishlari va bu jarayonlariga jalb qilinayotgan investisiyalar hajmi dinamikasining 2025-2029 yillar kesimida prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish industriyasida korporativ menejmentning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
“korporativ menejment” tushunchasining iqtisodiy mazmuni masʼuliyat darajasi, inson kapitali, korporativ munosabatlardagi ishtirokchilarining manfaatlari hamda korporativ menejmentning amaliy yo‘nalishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish taklifidan “Amubuxorokanalqurilish” AJni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24 martdagi 04-07-27-3239-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi korporativ menejmentning amaliy jihatlarini aniqlash va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan qarashlarni takomillashtirishga hamda menejment va korporativ boshqaruv bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qildi;
qurilish korxonalarini barqaror rivojlantirish uslubiyoti korporativ menejmentning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tuzilmasini barqaror rivojlanish konseptual modeliga asoslanuvchi ESG (Environmental, social & governance (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv)) tamoyillariga ustuvorlik bergan holda raqamlashgan, shaffof boshqaruv taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi 16-sonli “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonining 4-bandi 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24 martdagi 04-07-27-3239-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amalga oshirishning ilmiy natijalaridan foydalanish taklif etilayotgan chora-tadbirlar algoritmidan (hozirgi holatni tahlil qilish, manfaatdor tomonlar ishtiroki, strategiyani ishlab chiqish, o‘zgartirishlarni amalga oshirish, o‘qitish va xabardor qilish, monitoring va hisobot berish) foydalanish imkonini berib, bu esa qurilish tashkilotlarida korporativ menejmentning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish imkonini bergan. ESG (Environmental, social & governance) tamoyillarini amalga oshirish qurilish sohasidagi kompaniya uchun aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu korxonaning moliyaviy ko'rsatkichlarini 5,7% gacha oshirish imkonini berdi;
korporativ maqsadlarga xodimning qiziqishi va ishtirokini oshirish yondashuvi qurilish korxonalari misolida tashkilotning barqaror rivojlanishga ko‘maklashuvida korporativ menejment iqtisodiy mexanizmini tatbiq etuvchi sxemaga asoslanuvchi PSP (Profit sharing plan - foydani taqsimlash rejasi) tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan hamda ishlab chiqilgan takliflar “Amubuxorokanalqurilish” AJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24 martdagi 04-07-27-3239-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni joriy etish natijasida strategik rag'batlantirish vositasi sifatida xodimlar o'rtasida foyda taqsimotining oqilona modeli shakllantirildi, bu o'z navbatida xodimlarning motivatsion salohiyatini shakllantirdi, korporativ maqsadlarga erishishda ishtirokini oshirdi, shuningdek, xodimlarning aylanmasini 18% ga kamaytirish imkonini berdi;
Buxoro viloyatida qurilish ishlari va bu jarayonlariga jalb qilinayotgan investisiyalar hajmi dinamikasining 2025-2029 yillar kesimida prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 avgustdagi “Osiyo infratuzilma investisiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 266-son qarorining 1-bandi v-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24 martdagi 04-07-27-3239-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida viloyatda qurilish sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investisiyalar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyatiga erishildi. Xususan, ekonometrik tahlil uy-joy qurilishi hajmi va umumiy tarmoq ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligini aniqladi: turar-joy binolarini foydalanishga topshirishning 1 foizga o‘sishi qurilish ishlari hajmining 1,03 foizga oshishiga olib kelishi aniqlangan.