Amiriddinova Muslima Zayniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasini rivojlantirishda umumiy ovqatlanish korxonalari resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4620.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Olim Murtazaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor; Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasini rivojlantirishda umumiy ovqatlanish korxonalari resurslarining samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida professional ta’lim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini turizm, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishlarida ming nafar o‘quvchini davlat granti asosida «Education Franshiza» modeli bo‘yicha dual ta’limga jalb qilish asoslangan takliflar takliflar asoslangan;
turizm va mehmondo‘stlik industriyasida umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishda, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini baholash maqsadida umumiy ovqatlanish korxonalarining operatsion tezligi “Operational speed of public catering enterprises”, xodimlarning ishlash tezligi “Staff performance speed”, sof foydani hisoblash “Calculation of net profit”, o‘rtacha bir oylik chek “Average monthly check”, xodimlarning ish bilan ta’minlash darajasi “Level of emploee employment”, investisiya qaytarilish ko‘rsatgichi “Return on Investment (ROI)” modellari asosida umumiy ovqatlanish korxonalari samaradorligi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish usuli ilmiy asoslangan;
mamlakatimizga xorijiy turistlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, hududlarni o‘zaro bog‘lovchi turizm xizmatlarini yanada kengaytirish, turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda manzilli targ‘ib qilish maqsadida turizm markazlari hududidagi tunu-kun ishlaydigan restoran, kafe va umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yish asosida Rossiyaning yirik turoperatorlari orasida «O‘zbekistonga sayohat» gastronomik turpaketlarini targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda umumiy ovqatlanish korxonalarining xizmatlarini samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2029-yilga qadar o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini rivojlantirishda umumiy ovqatlanish korxonalari resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida professional ta’lim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini turizm, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishlarida o‘quvchilarni davlat granti asosida «Education Franshiza» modeli bo‘yicha dual ta’limga jalb qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son “2024-2025-yillarda turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish” bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-apreldagi 03-10-17-3573-sonli dalolatnomasi). Natijada 2024-2025-o‘quv yilidan turizm, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishlarida ming nafar o‘quvchi davlat granti asosida dual ta’limga jalb qilingan;
turizm va mehmondo‘stlik industriyasida umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishda, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini baholash maqsadida umumiy ovqatlanish korxonalarining operatsion tezligi “Operational speed of public catering enterprises”, xodimlarning ishlash tezligi “Staff performance speed”, sof foydani hisoblash “Calculation of net profit”, o‘rtacha bir oylik chek “Average monthly check”, xodimlarning ish bilan ta’minlash darajasi “Level of emploee employment”, Investisiya qaytarilish ko‘rsatgichi “Return on Investment (ROI)” modellari asosida umumiy ovqatlanish korxonalari samaradorligi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirishning takomillashtirilgan usulini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2025-2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilishi kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-apreldagi 03-10-17-3573-sonli dalolatnomasi). Natijada hududlarning turistik jozibadorligi va umumiy ovqatlanish xizmatlari sifati 1,4 barobar oshishi dalillangan;
mamlakatimizga xorijiy turistlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, hududlarni o‘zaro bog‘lovchi turizm xizmatlarini yanada kengaytirish, turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda manzilli targ‘ib qilish maqsadida turizm markazlari hududidagi tunu kun ishlaydigan restoran, kafe va umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yish asosida Rossiyaning yirik turoperatorlari orasida «O‘zbekistonga sayohat» gastronomik turpaketlarini targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Rossiya Federatsiyasidan turistlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar” “Dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-apreldagi 03-10-17-3573-sonli dalolatnomasi). Natijada 2024-yilda Rossiya Federatsiyasidan 1,460 mln. turistni jalb etish imkoniyatlari asoslangan;
mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda umumiy ovqatlanish korxonalarining xizmatlarini samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2029-yilga qadar o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2025-2028 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilishi kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-apreldagi 03-10-17-3573-sonli dalolatnomasi). Natijada tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga 2028-yilga qadar turistlarga ko‘rsatiladigan umumiy ovqatlanish xizmatlari hajmini 18 foizga oshirish imkoniniyatlari dalillangan.