Ulfatillaeva Sayyora Sobirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom  Buxoriy  hadisshunoligida  ayollar bilan bog‘liq  mavzularnining falsafiy-germenevtik tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal671.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Bahtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Musaeva Nodira Maxmudovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imom Buxoriy hadislarida ayollar bilan bog‘liq mavzularning falsafiy-germenevtik tahlil nuqtayi nazaridan o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Imom Buxoriy va  boshqa muhaddislar jamlagan hadislar o‘rtasidagi sahihlik, ishonchlilik, turkumlash, miqdor va tasniflash kabi farqli, hadislarni yig‘ish, tahlil qilish, baholash singari umumiy jihatlarini o‘rganish orqali, ijtimoiy (jamiyatdagi birdamlik, mehr-oqibat, oila va jamiyatdagi ro‘llar) diniy (islomda gender, ta’lim, maishiy muammolar), axloqiy (odob-axloq va insoniy fazilatlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya) qonuniyatlarning shakllanish jarayoni dalillangan;
Zamonaviy hadisshunoslik metodologiyasida Imom al Buxoriy to‘plagan hadislarning  ayollar maqomini belgilashdagi aksiologik, identifikatsion, madaniy jihatlari o‘rganilgan, ularning zamonaviy sekulyar, ijtimoiy-madaniy, huquqiy jarayonlar bilan korrelyasion (tarixiy, zamonaviy, madaniy) tamoyillari ochib berilgan;
Imom Buxoriy to‘plagan hadislardagi “Ona” maqomi va “qiz farzand tarbiyasi” masalalariga oid rivoyatlarni Ibrohim dinidagi ayni yo‘nalishdagi narrativlar bilan komparativistik tahlil qilish orqali, ijtimoiy hayotni (jamiaytdagi onaning maqomi, oiladagi roli, oila institutining mustahkamlanishi)  tartibga solish va mafkuraviy-siyosiy, diniy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishdagi tutgan o‘rni (ma’naviy, ahloqiy) ilmiy asoslangan;
Imom Buxoriy to‘plagan hadislarning yangi O‘zbekistonda ayollar sha’ni, qadr-qimmati, ta’limi hamda iqtisodiy mustaqilikka erishishi borasidagi islohotlarni ijtimoiy ongga singdirishda to‘sqinlik qiluvchi stereotiplarni bartaraf qilishdagi g‘oyaviy-ma’naviy psixologik vosita ekanligi ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Imom Buxoriy hadislarida ayollar bilan bog‘liq hadislarning falsafiy germenevtik tahlil xususiyatlari mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
Imom Buxoriy va  boshqa muhaddislar jamlagan hadislar o‘rtasidagi sahihlik, ishonchlilik, turkumlash, miqdor va tasniflash kabi farqli, hadislarni yig‘ish, tahlil qilish, baholash singari umumiy jihatlarini o‘rganish orqali, ijtimoiy, diniy, axloqiy qonuniyatlarni shakllanish jarayoniga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va  ta’sirchan  targ‘ibot texnologiyalarini  ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 7-maydagi 10/260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Imom Buxoriy hadislarida ayollar bilan bog‘liq hadislarni falsafiy germenevtik tahlil qilishga xizmat qilgan;
    zamonaviy hadisshunoslik metodologiyasida Imom al Buxoriy to‘plagan hadislarning  ayollar maqomini belgilashdagi aksiologik, identifikatsion, madaniy jihatlariga oid taklif va xulosalar O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan.  Jumladan, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining targ‘ibot tadbirini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/05-71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar ona zaminimizda  madaniyat, maʼrifat, maʼnaviyat sohalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishiga, shu g‘oyalarni ijtimoiy hayot qatlamlari ichiga chuqur kirib borishiga hamda shu asosda yangi hayotiy va insoniy qarashlarning ustuvor bo‘lishiga erishish yuzasidan targ‘ibotlar  olib  borishga xizmat qilgan;    
    Imom Buxoriy to‘plagan hadislardagi “Ona” maqomi va “qiz farzand tarbiyasi” masalalariga oid rivoyatlarni Ibrohim dinlaridagi ayni yo‘nalishdagi narativlar bilan komparativistik tahlil qilish orqali ularning   ijtimoiy hayotni tartibga solish va mafkuraviy-siyosiy, diniy-ma’rifiy jarayonlarni boshqarishdagi tutgan o‘rnini ilmiy asoslashga qaratilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq,  Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalarini o‘rganish,  jahon miqyosida siyosiy-iqtisodiy beqarorlik holati davom etayotgan, turli nizolar, yangi xatarlar xavfi yuqori bo‘layotgan bir sharoitda xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi faol ishtirokini taʼminlash mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2024-yil 15-noyabrdagi 01-01/1141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy hayotida, muhim qarorlar qabul qilinishida xotin-qizlarning ahamiyatini oshirishga ayollarning jamiyatdagi roli va imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;    
Imom Buxoriy to‘plagan hadislarning yangi O‘zbekistonda ayollar sha’ni, qadr-qimmati, ta’limi hamda iqtisodiy mustaqillikka erishishi borasidagi islohotlarni itimoiy ongga singdirishda to‘sqinlik qiluvchi stereotiplarni bartaraf qilishdagi g‘oyaviy-ma’naviy psixologik vosita ekanligi asoslangan takliflardan Yoshlar ishlari agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 19-oktyabrdagi 2-13-21-5427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada islom dunyosining buyuk muhaddis va allomasi Imom Buxoriyning ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish hamda ilmiy-madaniy jamoatchilikni xabardor etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish