Kadirov Jonibek Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyasida immunitet faollashtirish molekulyar mexanizmlarini hisobga olgan holda davolash – profilaktika chora – tadbirlarining reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish», 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya va 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib.747.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Esaulenko Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: OIV bemorlarini reabilitatsiyasi uchun immun aktivatsiyaning molekulyar mexanizmlarini chuqur o‘rganish asosida terapiya samaradorligini oshirish, invalidizatsiya darajasini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlarining kompleks reabilitatsion dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor OIV-infeksiyali bemorlari uchun mavjud profilaktik, terapevtik va reabilitatsion strategiyalarni samaradorligi kompleks baholangan, buning natijasida klinik yondashuv xususiyatlari va mavjud uslublarning kamchiliklari asosida takomillashtirilgan terapevtik va reabilitatsion tadbirlarning ishlab chikilgan;
HLA-DRA (rs8084) geni polimorfizmi va OIV-infeksiyasi rivojlanishi orasida uyg‘unlik ilmiy asoslangan, bu individual terapevtik va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishda genetik moyillikni inobatga olish asoslangan;
ilk bor OIV-infeksiyasi kontekstida HLA-DRA (rs8084) genotiplarini kasallikning klinik alomatlari, OIV-infeksiya jadallashishi, CD4 nisbatlari va bemorning yoshga doir tavsiflari orasida o‘zaro korrelyasion bog‘liklik aniqlangan;
ilk bor interferon-stimullangan genlar (MX2, IFNM1, ADAR1) ekspressiyasining immun javobda va OIV-infeksiyaning jadallashishidagi o‘rni, terapiya va reabilitatsiyada shaxsga yo‘naltirilgan yondashish uchun molekulyar-genetik markerlar ishlanmasi orqali takomillashtirilgan;
immun aktivatsiyaning molekulyar mexanizmlari asosida klinik natijalarning yaxshilanishi va OIV-infeksiyasi bo‘lgan bemorlar hayot sifatininig oshishiga qaratilgan innovatsion reabilitatsion dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV-infeksiyasi bemorlarini olib borish uchun reabilitatsiya kompleks dasturini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida, terapiya samaradorligini oshirish, invalidizatsiya darajasini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan immun aktivatsiyasini molekulyar mexanizmini chuqur o‘rganish asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor OIV-infeksiyali bemorlari uchun mavjud profilaktik, terapevtik va reabilitatsion strategiyalarni samaradorligi kompleks baholangan, buning natijasida klinik yondashuv xususiyatlari va mavjud uslublarning kamchiliklari asosida takomillashtirilgan terapevtik va reabilitatsion tadbirlarning ishlab chikilgan. "OIV infeksiyasining dastlabki bosqichidagi immunologik hodisalar", "OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning immunogenetik monitoringi" bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (27 dekabr 2023 yil 5-son bayonnoma), Samarqand viloyati OITS ga qarshi kurash bo‘yicha markazi 06.01.2025 3-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga, 08.01.2025 sanasidagi 01/t-son buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyat OITS ga qarshi kurash markazi va 23.01.2025 yil sanasidagi 3-son buyrug‘i bilan Navoiy viloyat OITS ga qarshi kurash markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan strategiyalarning joriy qilinishi OIV bemorlarining hayot sifatini oshirishga, ularning tibbiy reabilitatsiyasini yaxshilashga va kasallik bilan kurashishda mustahkam va uzoq muddatli natijaga erishishga yordam beradi. Xususan, klinik natijalarning yaxshilanishi va OIV bemorlari orasida invalidizatsiya darajasi pasayishi ularning ijtimoiy integratsiyasiga, stigmatizatsiya pasayishi va ruhiy-ijtimoiy farovonlik yaxshilanishiga yordam beradi. Bemorlar orasida nogironlik darajasi 15-20% ga pasayishi, faol mehnat faoliyatiga qaytgan shaxslar soni 25% ga ortishi kutilmoqda; iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tadbirlar va uslublarning qo‘llanilishi salmoqli iqtisodiy foyda keltiradi. Iqtisodiy samaradorlik mavjud davolash va raebilitatsiya jarayonlarining optimizatsiyasi, shifoxonada qolish vaqti va miqdori qisqarishi, shuningdek, farmakoterapiya samaradorligi oshishi va davolash bilan bog‘liq harajatlarning kamayishi hisobiga bir bemorga 1200000 so‘mni tashkil qildi. Kutilayotgan iqtisodiy foyda tibbiyot resurslarini ratsional qo‘llanilishi, gospitalizatsiyaga harajatlarning qisqarishi va bemorlar salomatligining umumiy holati yaxshilanishi tufayli bir bemorga 500000 so‘mni tashkil qildi, bu asoratlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Hulosa: tadqiqot natijalari va joriy qilingan uslubiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi bemorlarini davolash, profilaktika qilish va reabilitatsiya qilishga yondashuvlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu choralar bemorlar salomatligining yaxshilanishi bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini samarali qo‘llashni ta’minlab, jamoat sog‘lig‘ini saqlashga va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: HLA-DRA (rs8084) geni polimorfizmi va OIV-infeksiyasi rivojlanishi orasida uyg‘unlik ilmiy asoslangan, bu individual terapevtik va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishda genetik moyillikni inobatga olish asoslangan. "OIV infeksiyasining dastlabki bosqichidagi immunologik hodisalar", "OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning immunogenetik monitoringi" bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (27 dekabr 2023 yil 5-son bayonnoma), Samarqand viloyati OITS ga qarshi kurash bo‘yicha markazi 06.01.2025 3-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga, 08.01.2025 sanasidagi 01/t-son buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyat OITS ga qarshi kurash markazi va 23.01.2025 yil sanasidagi 3-son buyrug‘i bilan Navoiy viloyat OITS ga qarshi kurash markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: individual terapevtik va reabilitatsion tadbirlarni rejalashda genetik moyillikni hisobga olish OIV bemorlarining hayot sifatini sezilarli oshirish, asoratlar chastotasini kamaytirish va klinik natijalarni yaxshilashga yordam beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan nogironlik qisqarishiga va bemorning faol ijtimoiy hayotga qaytishiga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida ularning ijtimoiy integratsiyasi va jamoat faoliyatiga jalb qilinishiga yordam beradi; iqtisodiy samaradorligi: genetik yo‘naltirilgan yondashuvning joriy qilinishi salmoqli iqtisodiy foydaga erishishga yordam beradi. Individual terapevtik strategiyalarning qo‘llanilishi shifoxonaga yotqizilish chastotasi va asoratlar miqdori pasaytiradi, bu esa o‘z navbatida uzoq muddat davolanish va reabilitatsiyaga sarflanadigan harajatlarni kamaytiradi. Keraksiz gospitalizatsiyalar soni qisqarishi va buyurilgan vositalar optimizatsiyasi hisobiga har bir bemor uchun 1500000 so‘m tejalishi kutilmoqda, bu esa davolashning iqtisodiy samaradorligini ahamiyatli yaxshilaydi. Hulosa: tadqiqot natijalari va joriy qilingan uslubiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi bemorlarini davolash, profilaktika qilish va reabilitatsiya qilishga yondashuvlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu choralar bemorlar salomatligining yaxshilanishi bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini samarali qo‘llashni ta’minlab, jamoat sog‘lig‘ini saqlashga va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor OIV-infeksiyasi kontekstida HLA-DRA (rs8084) genotiplarini kasallikning klinik alomatlari, OIV-infeksiya jadallashishi, CD4 nisbatlari va bemorning yoshga doir tavsiflari orasida o‘zaro korrelyasion bog‘liklik aniqlangan. "OIV infeksiyasining dastlabki bosqichidagi immunologik hodisalar", "OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning immunogenetik monitoringi" bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (27 dekabr 2023 yil 5-son bayonnoma), Samarqand viloyati OITS ga qarshi kurash bo‘yicha markazi 06.01.2025 3-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga, 08.01.2025 sanasidagi 01/t-son buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyat OITS ga qarshi kurash markazi va 23.01.2025 yil sanasidagi 3-son buyrug‘i bilan Navoiy viloyat OITS ga qarshi kurash markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: genotip asosida kasallik kechishini bashoratlash davolash va reabilitatsiya strategiyalarini aniq tanlashga yordam beradi, va bu bemor hayoti sifatini yaxshilash va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini beradi. Bu bemorlarga jamiyatga samaraliroq integratsiya bo‘lishi va faol hayot tarzini olib borishlari imkon beradi; iqtisodiy samaradorligi: kasallik kechishini genetik tashxislash va bashoratlash davolash sxemalarini optimizatsiyalashga yordam beradi, va bunda resurslarni boshqarishning yaxshilanishi va samaraliroq davolash sxemalari hisobiga bir bemorga 1200000 so‘m tejash imkonini beradi. Hulosa: HLA-DRA genotiplarining OIV-infeksiyasining klinik alomatlari orasidagi o‘zaro aloqadorligini o‘rganish ddavolashda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvi uchun yangi istiqbollar paydo qiladi, buning natijasida bemorlar salomatligi yaxshilanadi va sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy samaradorligi ortadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor interferon-stimullangan genlar (MX2, IFNM1, ADAR1) ekspressiyasining immun javobda va OIV-infeksiyaning jadallashishidagi o‘rni asoslangan, bu terapiya va reabilitatsiyada shaxsga yo‘naltirilgan yondashish uchun molekulyar-genetik markerlar ishlanmasi uchun yangi imkoniyatlar ochib bergan. "OIV infeksiyasining dastlabki bosqichidagi immunologik hodisalar", "OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning immunogenetik monitoringi" bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (27 dekabr 2023 yil 5-son bayonnoma), Samarqand viloyati OITS ga qarshi kurash bo‘yicha markazi 06.01.2025 3-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga, 08.01.2025 sanasidagi 01/t-son buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyat OITS ga qarshi kurash markazi va 23.01.2025 yil sanasidagi 3-son buyrug‘i bilan Navoiy viloyat OITS ga qarshi kurash markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: immun javobi va kasallik jadallashishini bashoratlash uchun molekulyar-genetik markerlarni kuzatish davolash tartibini shaxsga yo‘naltirish, samaradorligini oshirish va bemor hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Buning natijasida nogironlik darajasi kamayishi, tiklanish tezlashishi va bemorlarda ruhiy zo‘riqish kamayishi, ijtimoiy integratsiya yaxshilanishiga erishiladi, iqtisodiy samaradorligi: shaxsga yo‘naltirilgan davolash uchun markerlar ko‘rinishidagi interferon-stimullangan genlarning qo‘llanilishi asossiz aralashuvlar va shifoxonaga joylashtirishlar sonini kamaytiradi, bu terapevtik yondashuvlar aniq tanlovi va tibbiy resurslarni samarali qo‘llash hisobiga har bir bemorga 1000000 so‘m tejalishiga olib keladi. Hulosa: interferon-stimullangan genlar ekspressiyasining OIV-infeksiyasi jadallashishidagi o‘rni shaxsga yo‘naltirilgan davolash tartibi uchun yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa klinik natijalarni yaxshilash bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini salmoqli yaxshilashga yordam beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: immun aktivatsiyaning molekulyar mexanizmlari asosida klinik natijalarning yaxshilanishi va OIV-infeksiyasi bo‘lgan bemorlar hayot sifatininig oshishiga qaratilgan innovatsion reabilitatsion dastur ishlab chiqilgan. "OIV infeksiyasining dastlabki bosqichidagi immunologik hodisalar", "OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning immunogenetik monitoringi" bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (27 dekabr 2023 yil 5-son bayonnoma), Samarqand viloyati OITS ga qarshi kurash bo‘yicha markazi 06.01.2025 3-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga, 08.01.2025 sanasidagi 01/t-son buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyat OITS ga qarshi kurash markazi va 23.01.2025 yil sanasidagi 3-son buyrug‘i bilan Navoiy viloyat OITS ga qarshi kurash markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: innovatsion reabilitatsion dasturning ishlab chiqilishi OIV bemorlarining hayot sifatini sezilarli yaxshilaydi, terapiyadan keyin tiklanishni tezlashtiradi, nogironlikni pasaytiradi va bemorlarni ruhiy-ijtimoiy farovonligini yaxshilaydi. Buning natijasida bemorlarni yaxshiroq ijtimoiy integratsiyasi kuzatiladi, stigmatizatsiya darajasi pasayadi va jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoni paydo bo‘ladi; iqtisodiy samaradorligi: innovatsion reabilitatsiya dasturining joriy qilinishi uzoq muddatli davolash va gospitalizatsiyaga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish, tibbiy aralashuvlarga kichik harajatlar qilib ham klinik natijalarni yaxshilashga imkon berdi. Shifoxonalarga ehtiyoj qisqarishi va bemorning funksional holati tezroq tiklanishi hisobiga har bir bemorga 1200000 so‘m tejalishi kutilmoqda. Hulosa: ishlab chiqilgan reabilitatsion dastur immun aktivatsiyasining molekulyar mexanizmlariga asoslangan bo‘lib, OIV ni davolash samaradorligini oshirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi. Bunday yondashuv tibbiy natijalarning yaxshilanishi bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash iqtisodiyotiga va bemorlarning ijtimoiy integratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.