Ganiev Mirvorisjon Tulkunjon ugli
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda orka miya usmasi diagnostika va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2548.
Ilmiy raxbar: Yuldashev Ravshan Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Kuldashev Kaxramon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Djumanov Kamaliddin Nuriddinovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalarda orqa miya o‘smalarini diagnostika natijalarini va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish va differensial yondashuv asosida jarrohlik davolash usullarini rivojlantirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
orka miya usmalari bulgan bolalarda Te Mep va D-wave mezonlari IONM jarroxlik amaliyoti xajimiga ta’sir kiluvchi omilligi isbotlangan;
yangi ishlab chikilgan spinal pediatrik yara-kengaytirgich operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirishi, xamda mikroxirurgik jarroxlik maydonining tulik vizualizatsiyani ta’minlashi isbotlangan (FAP 002602750 13.01.2025);
bolalarda orka miya ependimoma va astratsitomalarini mavjudligini prognozlashda ATM 18%, BCL2 68% va TP53 95% genlarining tipik mavjudligi isbotlangan;
double train metodika asosida differensial jarroxlik taktikasini kullanishi bemorlarda funksional xolatni saklashi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining tadkikot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2025yil 15 fevraldagi 12-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmi yangilik: TeMeP va D-wave markerlarining orqa miya o‘smalari bo‘lgan bolalarda intraoperatsion neyromonitoring (IONM) qo‘llanilishida jarrohlik aralashuv hajmiga ta’siri isbotlandi. Ushbu yondashuv kortikospinal traktlarning funksional holatini real vaqt rejimida baholash va operativ aralashuv hajmini to‘g‘rilash uchun protokol ishlab chiqish asosiga aylandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: TeMeP va D-wave markerlarini qo‘llash orqa miyaning hayotiy muhim tuzilmalariga zarar etkazish xavfini kamaytirish va o‘smani olib tashlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu markerlar operatsiyadan oldin va uning davomida kortikospinal traktlarga xavf darajasini baholash uchun unikal imkoniyat yaratadi, bu esa jarrohlik taktikasiga sezilarli darajada yordam beradi. Bunday yondashuv bolalar populyasiyasi uchun ayniqsa muhim, chunki markaziy asab tizimi rezervlarini saqlab qolish zarurati o‘ta dolzarb ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: natijalar neyroxirurgiya bo‘limlarining klinik amaliyotiga joriy etildi, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 9 avgustdagi №01/468-sonli buyruq) va Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Korakalpogiston filiali (2024 yil 7- avgust №106-sonli buyruq). Ushbu muassasalarda taklif etilgan protokol asosida usulning muvaffaqiyatli aprobatsiyasi o‘tkazildi. Natijalar intraoperatsion xavflarning kamayishi va operatsiyadan keyingi funksional natijalarning yaxshilanishini ko‘rsatdi. Ijtimoiy samaradorligi: TeMeP va D-wave markerlaridan foydalanish usulining joriy etilishi operatsiyadan keyingi nevrologik asoratlar sonini qisqartirishga imkon berdi. Bu esa bemorlar, ayniqsa, bolalar uchun reabilitatsiya sifatining yaxshilanishiga, ularning ijtimoiy va ta’lim faoliyatiga tezroq qaytish imkoniyatiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuvni qo‘llash jarrohlik operatsiyalari va gospitalizatsiya davomiyligini 10-12 kundan 5-6 kungacha qisqartirishga imkon berdi, bu esa davolash xarajatlarini kamaytirishga olib keldi. Qo‘shimcha afzallik sifatida asoratlar sonining kamayishi hisobiga reabilitatsiya xarajatlarining pasayishi qayd etildi. Protokol qayta aralashuvlar zaruratini istisno etdi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga moliyaviy yukni kamaytirdi. Xulosa: intraoperatsion neyromonitoringda TeMeP va D-wave markerlaridan foydalanish orqa miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Bu usul operatsiyalarning xavfsizligini oshirish, funksional natijalarni yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirishga imkon berdi, bu esa usulni amaliyotga keng joriy etish uchun katta salohiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda orqa miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda qo‘llaniladigan yangi pediatrik spinal yara kengaytirgichdan foydalanishning samaradorligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yangi pediatrik spinal yara kengaytirgichni ishlab chiqish orqa miyadagi mikroxirurgik operatsiyalar vaqtida jarrohlik maydoniga yanada aniq va xavfsiz kirish imkoniyatini ta’minladi. Asbobning dizayni traksiya kuchlarini bir xilda taqsimlab, atrofdagi to‘qimalar, qon tomir-nerv tuzilmalariga zarar etkazish xavfini kamaytirdi va operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanish ehtimolini pasaytirdi. Yara kengaytirgichdan foydalanish orqa miyaning funksional zaxiralarini saqlab qolish imkonini berdi, bu esa davolash natijalarini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: natijalar neyroxirurgiya bo‘limlari, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 9 avgustdagi №01/468-sonli buyruq) va Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Korakalpogiston filiali (2024 yil 7- avgust №106-sonli buyruq joriy etildi. Asbob mikroxirurgik aralashuvlarda, ayniqsa jarrohlik maydoni ustidan aniq nazorat talab qilinadigan o‘smalarda yuqori samaradorligini namoyish etdi. Iijtimoiy samaradorligi: yangi pediatrik spinal yara kengaytirgichni joriy etish natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar, jumladan, nevrologik defisit va siringomieliya holatlari qisqardi. Bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, reabilitatsiya muddatini qisqartirishga va ularning ta’lim hamda ijtimoiy faoliyatiga tezroq qaytishlarini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi ranorasshiriteldan foydalanish operatsiyalarning davomiyligini va qayta aralashuvlar sonini kamaytirdi. Statsionar davolash muddati 10-12 kundan 5-7 kungacha qisqartirilib, dori vositalari va reabilitatsiyaga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga erishildi. Xulosa: yangi pediatrik yara kengaytirgichni bolalarda orqa miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda qo‘llash operatsiyalarning xavfsizligi va natijalarini yaxshilash, asoratlar sonini kamaytirish va reabilitatsiyani tezlashtirishga olib keldi. Bu usulning yuqori klinik va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi va uni amaliyotga keng joriy etish uchun istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi;
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda orqa miya ependimomalari va astrotsitomalarida ATM, BCL2 va TP53 genlarining xos ekspressiyasi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari ATM, BCL2 va TP53 genlarining xos ekspressiyasini ko‘rsatdi, bu esa molekulyar-genetik profillashtirish ma’lumotlaridan gistologik tashxisni aniqlash, kasallikning kechishiga prognoz berish va davolashga individual yondashuvlarni ishlab chiqish uchun foydalanish imkonini berdi. ATM genining ekspressiyasi DNKning zararlanishiga javobni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lib, radioterapiya va kimyo terapiyasiga o‘smalarning sezgirligini baholash uchun muhim ahamiyatga ega. BCL2 genining yuqori ekspressiyasi o‘sma hujayralarining yashovchanligi bilan bog‘liq bo‘lib, yangi o‘smalarning agressivligini aniqlash uchun muhimdir. TP53 geni mutatsiyalari esa kasallikning tez sur’atda kuchayishi xavfini ko‘rsatadi. Bu ma’lumotlarni diagnostika va davolash algoritmlariga integratsiya qilish orqali bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash mumkin. amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi , Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 9 avgustdagi №01/468-sonli buyruq) va Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Korakalpogiston filiali (2024 yil 7- avgust №106-sonli buyruq. Molekulyar-genetik usullardan foydalanish orqali operatsiyagacha bo‘lgan bosqichda o‘smaning gistologik tuzilishini aniqroq baholash imkoni yaratildi, bu esa jarrohlik aralashuvi va keyingi davolash uchun eng samarali taktikani tanlashga yordam berdi. Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar-genetik profillashtirishni joriy etish residivlar sonini kamaytirish va personallashtirilgan davolash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi. Bu, ayniqsa, bolalar uchun muhimdir, chunki erta tashxis va to‘g‘ri davolash nogironlik ehtimolini pasaytirib, bemorlarning to‘liq hayotga qaytishini tezlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik tadqiqotlardan foydalanish orqali diagnostika va davolash jarayonida qayta operatsiyalar va uzoq muddatli statsionar davolash xarajatlari kamaytirildi. Asoratlar va residivlar sonining qisqarishi reabilitatsiya va operatsiyadan keyingi kuzatuv xarajatlarini kamaytirib, sog‘liqni saqlash tizimi resurslarining samarali foydalanishini ta’minladi. Xulosa: bolalarda orqa miya o‘smalarida molekulyar-genetik tadqiqotlarning diagnostika va davolash jarayoniga joriy etilishi neyroxirurgiyada yangi istiqbollarni ochdi. Ushbu yondashuv davolash rejalarini aniqroq rejalashtirish, natijalarni yaxshilash va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, bu uni zamonaviy tibbiy yordam standartlarining ajralmas qismiga aylantiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: double train metodikasi asosida individual jarrohlik taktikasini qo‘llash orqali bemorlarning funksional holatini yaxshilashdagi samaradorlik isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: double train metodikasini joriy etish bolalarda orqa miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash xavfsizligi va samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Ushbu metodika real vaqtda kortikospinal traktlarni aniq xaritalashtirishni ta’minlab, ularning shikastlanish xavfini minimal darajaga tushirish imkonini yaratdi. Shuningdek, double train usulidan foydalanish orqa miyaning hayotiy ahamiyatga ega tuzilmalarini saqlab qolgan holda o‘smani aniq olib tashlash imkonini berdi, bu esa operatsiyadan keyingi asoratlar kamayishi va nevrologik funksiyalarni tiklashni yaxshilashga yordam berdi. Ushbu yondashuv nafaqat operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirdi, balki bemorlarning erta va uzoq muddatli tiklanishiga ham katta hissa qo‘shdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari , Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 9 avgustdagi №01/468-sonli buyruq) va Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Korakalpogiston filiali (2024 yil 7- avgust №106-sonli buyruq. Double train metodikasini joriy qilish jarrohlik manipulyasiyalarni aniq bajarishda sezilarli yaxshilanishga erishishga, intraoperatsion xavflarni minimal darajaga tushirishga va residivlar sonini kamaytirishga yordam berdi. Ijtimoiy samaradorligi: Double train asosidagi differensial jarrohlik taktikasi qo‘llanilishi tufayli funksiyalarni tiklash va reabilitatsiya davrini qisqartirish hisobiga bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Asoratlar sonining kamayishi bemorlarning ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tezroq qaytishini ta’minlab, ularning psixologik va emotsional holatlarini yaxshiladi va uzoq muddatli postoperatsion kuzatuvga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: Double train metodikasini joriy etish statsionar davolash muddatini 9-10 kundan 5-6 kungacha qisqartirishga imkon berdi, bu esa gospitalizatsiya, dori-darmon va bog‘lov materiallari xarajatlarini kamaytirdi. Iqtisodiy samara yoki oqibat reabilitatsiya xarajatlarining qisqarish,i va qayta operatsiyalarga ehtiyojning kamayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini optimallashtirishga erishildi. Xulosa: bolalarda orqa miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda Double train metodikasidan foydalanish yuqori samaradorlik va xavfsizligini isbotladi. Yangi yondashuv funksional natijalarni yaxshilash, asoratlar xavfini kamaytirish, reabilitatsiya muddatini qisqartirish va katta iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi. Ushbu metodikani klinik amaliyotga keng joriy qilish istiqbollidir.