Shukurova Dilafruz Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nazoratlanmagan arterial gipertenziyada arterioskleroz erta rivojlanishining xavf omillari va fiksatsiyalangan antigipertenziv preparatlarning klinik samaradorligi” 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2418.
Ilmiy rahbar: Xamidullaeva Gul`noz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yuqori xavfga ega nazoratlanmagan arterial gipertoniyali bemorlarda arterioskleroz rivojlanish xavfini va uch komponentli antigipertenziv dori vositalarining fiksatsiyalangan va erkin kombinatsiyalarini klinik hamda nishon a’zolar protektiv samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nazoratlanmagan AGda arterioskleroz rivojlanishi bilan ishonchli bog‘liqlikka ega xavf omillari SAB, chap qorincha miokard massa indeksi, qorinchalararo to‘siq nisbiy qalinligi, nahorgi glyukoza, yuqori zichlik lipoprotein xolesterin, SAB yuklama indeksi va ularning arteriyalar erta qarishi jarayonidagi salbiy klinik ahamiyati aniqlangan;
ilk bor uch komponentli antigipertenziv preparatlar - angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitori, diuretik va kal`siy antagonistining fiksatsiyalangan va erkin rejalardagi kombinatsiyasining klinik, antigipertenziv, nishon a’zolarning himoyalash samaradorligi taqqoslanib, fiksatsiyalangan kombinatsiya bemorlarning davolashga moyilligini ishonchli oshirishi aniqlangan;
uch komponentli antigipertenziv preparatlarning fiksatsiyalangan kombinatsiyasi arterial bosimning maqsadli darajaga erishishi, tungi AB nazorati va nishon a’zolarga AB yuklamasi ta’sirini ishonchli kamaytirganligi sababli erkin kombinatsiyadan ustuvorligi aniqlangan;
uch komponentlik fiksatsiyalangan kombinatsiyaning nishon a’zolar shikastlanishini oldini olishda va arterioskleroz jarayonining nazoratida samarali ishonchli tanlov kombinatsiyasi bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 10 martdagi 13 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiqi bo‘yicha №13/12 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda arterioskleroz erta rivojlanishining xavf omillari va fiksatsiyalangan antigipertenziv preparatlarning ijobiy ta’siri aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxis quyish taktikasi bo‘yicha takliflar respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/149-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Nazoratlanmagan arterial gipertoniyali bemorlarda arteriyalar erta qarishi va arterioskleroz rivojlanishini matematik bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli Tibbiyot markazining 28.06.2022 yildagi 268-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasi 28.07.2022 yildagi 69/2-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, arterioskleroz rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarda nogironlikni oldini olishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aterosklerozni erta tashxis qo‘yish va davolashda differensial yondashuv sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi va umumiy iqtisodiy harajatlarni xar bir bemor uchun 79641 so‘m tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda qo‘shilgan klinik holatlarni chap qorincha gipertrofiyasi, yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali yurak etishmovchiligi bor bo‘lgan bemorlar aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxis qo‘yish taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya Ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/149-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Nazoratlanmagan arterial gipertoniyali bemorlarda arteriyalar erta qarishi va arterioskleroz rivojlanishini matematik bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli Tibbiyot markazining 28.06.2022 yildagi 268-son hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasi 28.07.2022 yildagi 69/2-sonli bo‘yruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, arterioskleroz rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarda nogironlikning oldini olishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda uch komponentli AGT ni fiksatsiyalangan kombinatsiyasini antigipertenziv samaradorligi va maqsadli AB ko‘rsatkichiga erishishi xar bir bemor uchun 79641 so‘m tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor uch komponentli fiksatsiyalangan va erkin kombinatsiyadagi antigipertenziv dori vositasini ABning sutkalik profili, ofis hamda ofisdan tashqari o‘lchamlariga ijobiy samara ko‘rsatishi bilan birga variabellik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholanib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/149-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Nazoratlanmagan arterial gipertoniyali bemorlarda arteriyalar erta qarishi va arterioskleroz rivojlanishini matematik bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli Tibbiyot markazining 28.06.2022 yildagi 268-son hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasi 28.07.2022 yildagi 69/2-sonli bo‘yruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, arterioskleroz rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarda nogironlikning oldini olishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda ABning sutkalik profili, ofis, ofisdan tashqari o‘lchamlariga variabellik ko‘rsatkichlariga ijobiy samarasi orqali xar bir bemor uchun 151317 so‘m tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nazoralanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda uch komponentli antigipertenziv dori vositasini fiksatsiyalangan kombinatsiyada qo‘llash bilan davolashga moyillik oshganligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/149-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Nazoratlanmagan arterial gipertoniyali bemorlarda arteriyalar erta qarishi va arterioskleroz rivojlanishini matematik bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli Tibbiyot markazining 28.06.2022 yildagi 268-son hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasi 28.07.2022 yildagi 69/2-sonli bo‘yruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, arterioskleroz rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarda nogironlikni oldini olishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolashga moyillikni oshirish orqali nazoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlarda erta maqsadli ko‘rsatkichga erishishda yordam berishi orqali, nishon a’zolarning shikastlanishini va yurak qon-tomir asoratlari rivojlanishini oldini oladi xar bir bemor uchun 151317 so‘m tejash imkonini beradi.