Raximov Ikrom Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya kavernoz malformatsiyalaring tashhisot va jarrohlik davo uslublarini takomillashtirish», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/Tib1292.
Ilmiy raxbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnaraxon Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminov Murod Djavdatovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jarrohlik aralashuvining diferensial hajmini qo‘llash orqali bosh miya kavernoz malformatsiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kavernoz mal`formatsiyalarning supratentorial lokalizatsiyalari uchun epileptik sindromning va subtentorial lokalizatsiyasiga miyacha va alternirlovchi simptomlarning xosligi aniqlangan;
ilk bor kavernoz malformatsiyalarni va ularning qonashi natijasida po‘stloqdagi asoratlarni vizualizatsiyasida MRTdagi SWI/SWON rejimlarining yuqori sezgirligi aniqlangan;
supratenorial kavernoz malformatsiyalarda strukturaviy epilepsiyani operatsiyadan keyingi xurujlarning regressi uchun, kavernoma atrofdagi pigmentlangan glioz to‘qimani qo‘shimcha rezeksiya qilish samaradorligi isbotlangan;
davolash-tashhis algoritmi asosida kavernoz malformatsiyalarning lokalizatsiyasi, qon quyilishi va klinik ko‘rinishiga bog‘liq davolash usullari takomillashtirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: kavernoz mal`formatsiyalarning supratentorial lokalizatsiyalari uchun epileptik sindromning va subtentorial lokalizatsiyasiga miyacha va alternirlovchi simptomlarning xosligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: kavernoz malformatsiyalarning klinik kechishidagi ma’lumotlarimizni tahlil qilib, ularning lokalizatsiyasiga, qon quyilishiga va hosil bo‘lgan miya ichi gematomasining hajmiga bog‘liq bo‘lgan quyidagi belgilarni aniqladik. Bular simptomatik epilepsiya, o‘tkir bosh og‘rig‘i va qon quyilishi bilan bog‘liq o‘choqli nevrologik etishmovchilik edi. Epilepsiya bilan og‘rigan barcha bemorlarda kaverinomalar bosh miya yarim sharlarida joylashgan bo‘lsa, miyacha va o‘zak tuzilmalarining kavernomalari miyacha va alternirlovcha nevrologik simptomlar bilan namoyon bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 15 apreldagi 43-sonli buyruq, hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 05 iyuldagi №107/CH buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi serebral kavernoz malformatsiyali bemorlarni tashhislash va jarrohlik taktikasini tanlashda ob’ektiv qarorlar qabul qilish imkonini bergan, bu esa bemorlarga jamiyatda va ishda faol hayotga qaytish, tibbiy xizmatdan qoniqish hosil qilish imkonini bergan; soha darajasida - umr ko‘rish davomiyligini oshirish va nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1) o‘z vaqtida tashhis qo‘yish orqali shoshilinch qaror qabul qilish va shu sabab yuzaga keladigan asoratlarni bartaraf etish uchun, asoratlarni bartaraf oldini oladi va bemorlarni olib borish taktikasini aniqlashga yordam beradi. 2) bemorni ishga erta qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya uchun davlat xarajatlarini va dori-darmon ta’minoti xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, nogironlik mavjud bo‘lganda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi. Xulosa: natijalarning joriy qilinishi shoshilinch choralar ko‘rish, yuzaga kelgan asoratlarni oldini olish va bartaraf etish uchun kasalliklarni o‘z vaqtida tashhislash va shu orqali moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga yordam bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kavernoz malformatsiyalar va ularning qonashi natijasida po‘stloqdagi asoratlarni vizualizatsiyasida MRTdagi SWI/SWON rejimlarining yuqori spesifiklikligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SWI/SWON rejimlari istalgan farqli magnit qabul qiluvchanlikka ega bo‘lgan har qanday to‘qima haqida ma’lumot beradi. Bizning holatimizda bu temir yoki kal`siy to‘planishi, dezoksigenlangan qon, gemosiderin va ferritin. SWI/SWON rejimlarida mayda qon quyilishlar, eski mikroqonashlar, tromblangan venalar yoki sinuslar aniqlanishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 apreldagi 93-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 6 apreldagi №8-T buyrug‘i bilan, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 15 apreldagi 43-sonli buyrug‘i bilan, hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 05 iyuldagi №107/CH buyrug‘i bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish mikroxirurgik davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilish imkonini berdi, bu esa o‘z vaqtida tashhis qo‘yish va statsionar davolanish muddatini qisqartiradigan xirurgik davolash usulini tanlashga differensial yondashish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya kavernoz malformatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarni SWI/SWON maxsus rejimlarini qo‘llagan holda tashhislashda neyrovizualizatsiya usullarini qo‘llash erta tashhis qo‘yish, o‘z vaqtida differensiallashgan davolash taktikasini qo‘llashga yordam berdi, bu esa davolash natijalarini yaxshilashga, bemorlarni erta faollashtirishga, statsionar davolanish muddatlarini qisqartirishga olib keldi, bu har bir bemor uchun 320000 - 400000 so‘mni tashkil etdi (RINIATM filiallarining preyskurantiga ko‘ra, kasalxonada qolish 170000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: natijalarning joriy qilinishi shoshilinch choralar ko‘rish, yuzaga kelgan asoratlarni oldini olish va bartaraf etish uchun kasalliklarni o‘z vaqtida tashhislash va shu orqali moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga yordam bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: supratenorial kavernoz malformatsiyalarda strukturaviy epilepsiyani operatsiyadan keyingi xurujlarning regressi uchun, kavernoma atrofdagi pigmentlangan glioz to‘qimani qo‘shimcha rezeksiya qilish samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: serebral kavernoz malformatsiyalarni davolashning yangi jarrohlik usuli talvasa xurujlari chastotasini sezilarli darajada pasaytirishga va hatto kavernoz malformatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan strukturaviy epilepsiyadan xalos bo‘lishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 apreldagi 93-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 6 apreldagi №8-T buyrug‘i bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kavernoz malformatsiyalarni davolashning yangi jarrohlik usulidan foydalanish epileptik xurujlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, ularning tez faollashuvini ta’minlashi va kasallikning dorilarga rezistentligini oldini olishi bilan o‘zining haqiqiy samaradorligini isbotladi. Antikonvulsantlardan to‘liq xalos bo‘lish yoki xurujlar chastotasi va dorilar dozasining kamaytirish, shuningdek nevrologik simptomlarning sezilarli regressiyasi bilan yangi davolash usulini qo‘llashning tibbiy samaradorligini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Funksional ahamiyatga ega bo‘lmagan sohalarda kavernoma atrofidagi pigmentlangan qobiqning qo‘shimcha rezeksiyasi epileptik xurujlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi, kasallikning dori-darmonlarga chidamliligini oldini olishi bilan o‘zining haqiqiy samaradorligini isbotladi. Antikonvulsantlardan to‘liq xalos bo‘lish yoki xurujlar chastotasining sezilarli darajada pasayishi bilan dozani kamaytirish bemorlarning mehnat qobiliyatini ta’minlaydi, bu esa mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Xulosa: tavsiya etilgan differensial jarrohlik davolash usuli strukturaviy epilepsiyani davolash natijalarini yaxshilaydi, moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va tez ijtimoiy moslashuvga yordam beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davolash-tashhis algoritmi asosida kavernoz malformatsiyalarning lokalizatsiyasi, qon quyilishi va klinik ko‘rinishiga bog‘liq davolash usullari takomillashtirilganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Algoritm o‘chog‘ning lokalizatsiyasi, qon quyilishining mavjudligi va klinik ko‘rinishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ushbu algoritm bosh miya kavernoz malformatsiyasini davolashning optimal usulini tanlash uchun asos qilib olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 apreldagi 93-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 6 apreldagi №8-T buyrug‘i bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya kavernoz malformatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashga xar tamonlama yondashgan xolda tez va aniq baholash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini yaxshilash va tibbiy xizmat ko‘rsatishda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya kavernoz malformatsiyasining klinikasi, lokalizatsiyasi va qon quyilishiga asoslangan kompleks tashhisotning qo‘llanilishi, davolash usulini tanlash bemorning shifoxonada davolanishida byudjet mablag‘larini kuniga o‘rtacha 322000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Taklif etilgan algoritm asosida davolash usulini tanlash davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi, bemorlarning statsionar davolanish va ambulator kuzatuvda bo‘lishi davrini kamaytiradi, bu esa moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi.