Lyan Ekaterina Mixaylovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavotirli nevrotik buzilishlarda qisqa muddatli integrativ psixoterapiyaning samaradorligi», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1368.
Ilmiy rahbar: Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/15.12.2022.Tib.154.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Shoxrux Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullajonova Shaxlo Djuraxanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: xavotirli nevrotik buzilishlarda qisqa muddatli integrativ psixoterapiya samaradorligini o‘rganish va psixoterapevtik yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xavotirli nevrotik buzilishlarda ipoxondrik kayfiyatning ustunligi bilan somatovegetativ simptomakompleks kasallikning og‘irlik darajasi orasidagi tizimli bog‘liqligi isbotlangan;
premorbid shaxs rivojlanish davridagi xavotirli-nevrotik buzilishlar kasallikning erta boshlanishi va tez shakllanishiga olib keladigan asosiy omil asoslangan;
qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usuli yordamida shaxs shakllanishidagi etiopatogenetik rivojlanganlik, klinik va ijtimoiy moslashuvning samaradorlik darajasi aniqlangan;
qisqa muddatli integrativ psixoterapevtik davo xavotirli nevrotik buzilishlarni oldini olishda qiyosiy yondashuv algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Xavotirli nevrotik buzilishlarda qisqa muddatli integrativ psixoterapiyaning samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: xavotirli nevrotik buzilishlarda ipoxondrik kayfiyatning ustunligi bilan somatovegetativ simptomakompleks kasallikning og‘irlik darajasi orasidagi tizimli bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 2 may 03-23/22-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm provedeniya kratkosrochnoy integrativnoy psixoterapii pri trevojnix nevroticheskix rasstroystvax” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif №2 sonli Toshkent viloyat psixiatrik kasalxona 29.07.2024 yildagi №31-son va Toshkent viloyat psixonevrologik dispanser 25.07.2024 yildagi №67-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/36 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavotirli nevrotik buzilishlar klinika patoxarakterologik xususiyatini aniqlash xamda qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usulidan foydalanish bemorni imkon qadar qisqa vaqt oralig‘ida ijtimoiy va kasbiy faoliyatini tiklashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usuli bemor statsionar davolanish muddatini qisqartiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlar 194000 so‘mdan 2329000 so‘mga qisqartirildi. Uzoq, qaytalanib kechgan, somatik komponentga ega bo‘lgan, antivital kayfiyatli xavotirli nevrotik buzilishlarning kelgusidagi xolatini tavsiflovchi prognostik axamiyatga molik indikator parametrlari aniqlanib bitta bemor uchun 2328000 so‘m tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: premorbid shaxs rivojlanish davridagi xavotirli-nevrotik buzilishlar kasallikning erta boshlanishi va tez shakllanishiga olib keladigan asosiy omil asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 2 may 03-23/22-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm provedeniya kratkosrochnoy integrativnoy psixoterapii pri trevojnix nevroticheskix rasstroystvax” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif №2 sonli Toshkent viloyat psixiatrik kasalxona 29.07.2024 yildagi №31-son va Toshkent viloyat psixonevrologik dispanser 25.07.2024 yildagi №67-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/36 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shaxsning ijtimoiy-psixologik omillaridan ma’lumoti, oilaviy axvoli, ijtimoiy olib boradigan faoliyatidan kelib chiqqan xolda, xavotirga beriluvchan, distimik, siklotimik va qo‘zg‘aluvchan shaxslarga qo‘llash erta natija olinishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: premorbid shaxs rivojlanish davridagi xavotirli-nevrotik buzilishlar kasallikning erta boshlanishi va tez shakllanishiga olib keladigan asosiy omil asoslanganligi natijasida bevosita tibbiy xarajatlar sarfi 2024 yilda Olmaliq shaxrida 24540000 so‘mdan 2023 yilga nisbatan 8834000 so‘mga kamayganligi, Chirchiq shaxrida esa 2023 yilda 22118000 so‘mdan 2024 yildagi 7962000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usuli yordamida shaxs shakllanishidagi etiopatogenetik rivojlanganlik, klinik va ijtimoiy moslashuvning samaradorlik darajasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 2 may 03-23/22-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm provedeniya kratkosrochnoy integrativnoy psixoterapii pri trevojnix nevroticheskix rasstroystvax” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif №2 sonli Toshkent viloyat psixiatrik kasalxona 29.07.2024 yildagi №31-son va Toshkent viloyat psixonevrologik dispanser 25.07.2024 yildagi №67-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/36 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usuli yordamida shaxs shakllanishidagi etiopatogenetik rivojlanganlik, klinik va ijtimoiy moslashuvning samaradorlik darajasi aniqlanganligi xavotirli nevrotik buzilishlar kuzatilgan bemorlarni xayot sifatini oshishi xamda sog‘liqni saqlash tizimi yukini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: xavotirli nevrotik buzilishlar bilan kasallangan bemorlarni olib borish va davo choralarini aniqlash qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usulini qo‘llash Olmaliq shaxrida 2023 yilda bitta bemor uchun 270000 so‘m tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil 76000 so‘mni tashkil etganligi 72,1 % xarajatlarni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qisqa muddatli integrativ psixoterapiya xavotirli nevrotik buzilishlarning erta residivlari chastotasini kamaytirishga va terapiyaga sodiqlik daraja algoritmi tadbiq etilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 2 may 03-23/22-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm provedeniya kratkosrochnoy integrativnoy psixoterapii pri trevojnix nevroticheskix rasstroystvax” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif №2 sonli Toshkent viloyat psixiatrik kasalxona 29.07.2024 yildagi №31-son va Toshkent viloyat psixonevrologik dispanser 25.07.2024 yildagi №67-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/36 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qisqa muddatli integrativ psixoterapiya usulini takomillashtirish natijasida Chirchiq shaxrida 2023 yilda bitta bemor uchun 90 minut sarf etilgan bo‘lsa, 2024 yilda bitta bemor uchun 32 minutni tashkil etdi va ruxiy salomatlik soxasidagi tibbiyot xodimlari yukini kamaytirganligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘llanilgan psixoterapevtik yondoshuv va takomillashtirilgan algoritm Chirchiq shaxrida 2023 yilda 22118000 so‘mni 2024 yilda esa 962000 so‘mni tashkil etib, xavotirli nevrotik buzilishlar kuzatilgan bemorlarga tavsiya etilgan algoritm va qisqa muddatli integrativ psixoterapiya xavotirli nevrotik buzilishlarning erta residivlari chastotasini kamaytirishga va terapiyaga sodiqlik daraja algoritmining zarurligiga asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.