Abdullaeva Komila Timurovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning  loyihalash  kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7771
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar:Abdullaeva Barno Sayfutdinovna. Pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodir Boqijonovich pedagogika fanlari doktori, dotsent tayinlansin. Pardaeva Diyora Tohirovna pedagogika fanlari doktori tayinlansin.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy va analitik fikrlash pragmatikligini oshirishga yo‘naltirilgan dialogik va monologik nutqning grammatik jihatdan ratsional tuzilganligini tasdiqlash hamda yanada murakkabroq nutq muhitlarida lingvistik amaliyotning  ko‘rgazmalilik tamoyillarni boshqa grammatik hodisalar bilan maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli o‘quv jarayoniniga kompleks yondashishning elementlarini  ingliz tili grammatikasini o‘rganishdagi individual ehtiyojlarni hisobga olish hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirishga muvofiq tilni faol ravishda ishlatish integratsiyasini ta’minlash va amaliy yondashuvlarning uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi  ta’limiy kvestlardan loyiha texnologiyalarining mazmunini intensivlashtirishda foydalanish hamda PBL, IBL va CLT metodlari integrativ mazmuniga ko‘ra grammatik yo‘naltirilgan situativ-nutqiy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kognitiv faoliyat natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini tahlil qilish, grammatik xatolarini aniqlash, grammatik bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llash salohiyatini oshirirsh hamda tanqidiy fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy va analitik fikrlash pragmatikligini oshirishga yo‘naltirilgan dialogik va monologik nutqning grammatik jihatdan ratsional tuzilganligini tasdiqlash hamda yanada murakkabroq nutq muhitlarida lingvistik amaliyotning  ko‘rgazmalilik tamoyillarni boshqa grammatik hodisalar bilan maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan  “English for petroleum industry professionals” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-uil 06-maydagi 11-05-2885/04 sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmun-mohiuatini tahlili va didaktik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;   
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli o‘quv jarayoniniga kompleks yondashishning elementlarini  ingliz tili grammatikasini o‘rganishdagi individual ehtiyojlarni hisobga olish hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirishga muvofiq tilni faol ravishda ishlatish integratsiyasini ta’minlash va amaliy yondashuvlarning uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “English for petroleum industry professionals” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-uil 06-maydagi 11-05-2885/04 sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning loyihalash kompetensiyalarini takomillashtirish modeli komponentlarini aniqlashga erishilgan;
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi  ta’limiy kvestlardan loyiha texnologiyalarining mazmunini intensivlashtirishda foydalanish hamda PBL, IBL va CLT metodlari integrativ mazmuniga ko‘ra grammatik yo‘naltirilgan situativ-nutqiy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan doir takliflardan “English for petroleum industry professionals” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-uil 06-maydagi 11-05-2885/04 sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha texnologik zarur bilim, metodik tizim va kompetensiyalari takomillashgan;
talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kognitiv faoliyat natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini tahlil qilish, grammatik xatolarini aniqlash, grammatik bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llash salohiyatini oshirirsh hamda tanqidiy fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan “English for petroleum industry professionals” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-uil 06-maydagi 11-05-2885/04 sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning loyihalash kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi monitoringi kognitiv, faoliyatli va refleksiv baholash mezonlari orqali  aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish