Mirboboeva Dilfuza Baxtiyorovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fransuz tili darslarida talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6459
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Atadjanova Shaxnoz Abbasovna. Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor tayinlansin. Xasanova Shaxnoza Abduraupovna pedagogika fanlari doktori (PhD), katta o‘qituvchi tayinlansin.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz tili darslarida talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz tili darslarida talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv mehnati va jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishiga xizmat qiladigan kognitiv kompetensiya sohasidagi bilimlarni o‘zlashtirishda hamkorlikka asoslangan ijodkorlikni oshirish asosida aniqlangan;
fransuz tili darslarida talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘yin CASE study, munozara adekvat o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish intensivligini oshirish, tilni o‘rganish jarayonida taʼlim subektlarining biri-biriga motivatsiya berishini asoslash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi matn ustida ishlash samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan nutqni o‘stirish jarayoni intensivligini oshirish hamda diagnostik loyihalash ko‘nikmalarini egallash qobiliyatiga ko‘ra saralash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi mustaqil ta’limda og‘zaki (speaking) va yozma (writing) nutqni o‘stirishga yo‘naltirilgan amaliy kurs topshiriqlarini kiritish hamda til birliklarining tashqi shaklini ularning mazmun jihati, umumiy ma’nosi, semantikasi bilan mantiqiy bog‘lay olish ko‘nikmasini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
fransuz tili darslarida talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv mehnati va jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishiga xizmat qiladigan kognitiv kompetensiya sohasidagi bilimlarni o‘zlashtirishda hamkorlikka asoslangan ijodkorlikni oshirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar asosida “Moteur puissant Français” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29- maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida berilgan). Natijada talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashkil qilinib, natijaning samarali bo‘lishiga erishilgan;
fransuz tili darslarida talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘yin CASE study, munozara adekvat o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish intensivligini oshirish, tilni o‘rganish jarayonida taʼlim subektlarining biri-biriga motivatsiya berishini asoslash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Moteur puissant Français” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29- maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida berilgan). Natijada, til o‘rganish istagida bo‘lgan bo‘lajak mutaxassislarning nutq ko‘nikmalari integrasiyasi asosida kasbiy tayyorgarligi o‘sishiga xizmat qilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi matn ustida ishlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan nutqni o‘stirish jarayoni intensivligini oshirish hamda diagnostik loyihalash ko‘nikmalarini egallash qobiliyatiga ko‘ra saralash asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida “Moteur puissant Français” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida berilgan). Natijada, talabalarning nutq faoliyati turlari integrasiyasi asosida erkin muloqot qila olish qobiliyati o‘sishiga xizmat qilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi mustaqil ta’limda og‘zaki (speaking) va yozma (writing) nutqni o‘stirishga yo‘naltirilgan amaliy kurs topshiriqlarini kiritish hamda til birliklarining tashqi shaklini ularning mazmun jihati, umumiy ma’nosi, semantikasi bilan mantiqiy bog‘lay olish ko‘nikmasini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Moteur puissant Français” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29- maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida berilgan). Natijada, talabalar o‘zaro kommunikasiyaga kirishishi va kognitiv kompetentligi rivojlanishiga erishilgan.