Tangatov Bobomulla Bozorboevich
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”
13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodir Boqijonovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), dotsent tayinlansin. Norqo‘zieva Zebo Kamolovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayinlansin.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandis talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari til amaliyoti bo‘yicha motivatsion faoliyatning ta’limiy maqsadga yo‘naltirilgan mazmuniy-instrumental va refleksiv komponentlarni kasbiy identlikka maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli o‘zini-o‘zi rivojlantirishning refleksiv xarakteriga ko‘ra aksiologik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillar mazmunini ilmiy innovatsion konsepsiyalarni rivojlantirishning natijaviyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarning tilni o‘zlashtirishga proporsional ekanligini ko‘rsatib berish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari o‘zlashtirilgan bilimlarni scaffolding, simulyasiya, konstruktiv o‘qitish, differensial o‘qitishning tashkiliy-funksional mazmuniga singdirish hamda CLIL, CBI, CLT metodlar strukturasiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi til va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni hisobga olishga ko‘ra kommunikativ muloqot natijasida o‘z-o‘zini faollashtirish jarayonlari bilan internallik darajasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kasbiy kompetentli yondashuvning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari til amaliyoti bo‘yicha motivatsion faoliyatning ta’limiy maqsadga yo‘naltirilgan mazmuniy-instrumental va refleksiv komponentlarni kasbiy identlikka maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan “English for trasnport engineering” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil, 23-apreldagi 11-05-2548/04 sonli dalolatnoma). Natijada, muhandis talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga xizmat qiladi.
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli o‘zini-o‘zi rivojlantirishning refleksiv xarakteriga ko‘ra aksiologik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillar mazmunini ilmiy innovatsion konsepsiyalarni rivojlantirishning natijaviyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarning tilni o‘zlashtirishga proporsional ekanligini ko‘rsatib berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «English for trasnport engineering” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil, 23-apreldagi 11-05-2548/04 sonli dalolatnoma). Natijada, talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari o‘zlashtirilgan bilimlarni scaffolding, simulyasiya, konstruktiv o‘qitish, differensial o‘qitishning tashkiliy-funksional mazmuniga singdirish hamda CLIL, CBI, CLT metodlar strukturasiga moslashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «English for trasnport engineering” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil, 23-apreldagi 11-05-2548/04 sonli dalolatnoma). Natijada, bo‘lajak muhandis talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi til va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni hisobga olishga ko‘ra kommunikativ muloqot natijasida o‘z-o‘zini faollashtirish jarayonlari bilan internallik darajasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «English for transport engineering” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil, 23-apreldagi 11-05-2548/04 sonli dalolatnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligi oshgan.