Erhanova Nasiba Absayitovnaning falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhlarining “Til va nutq” rivojlanish markazlarida axborot-metodik    ta’minotni    takomillashtirish, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped5308.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, p.f.d. (DSc), Jo‘raeva Nargiza Tairovna, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Til va nutq” rivojlanish markazining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining lug‘at boyligini oshirishga mo‘ljallangan predmetlarni qiyosiy solishtirishni (zamonaviy hamda iste’moldan chiqib ketgan predmetlar) nazarda tutuvchi, notanish so‘zlarni tushuntirishga yo‘naltirilgan axborot-metodik ta’minot modeli simulyasion vaziyat yaratish  orqali takomillashtirilgan;
“Til va nutq” rivojlanish markazining axborot-metodik ta’minot tuzilmasi tarbiyalanuvchilarning nostandart (ijodiy) fikrlashini rivojlantiruvchi resurslarni kompleks (haftalik va oylik mavzularga mos ravishda) qo‘llash orqali mantiqiy izchillikda bog‘lanishli gap tuzish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi axborot didaktik vositalar orqali takomillashtirilgan;
     maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari “Til va nutq” rivojlanish markazining o‘quv-metodik ta’minoti she’r matnini shaxsga yo‘naltirilgan adaptiv  (illyustratsiyalarni namoyish qilish, mos harakatlar) o‘rgatish orqali kengaytirilgan;
tayyorlov guruhlari “Til va nutq” rivojlanish markazida ta’limiy-o‘yin faoliyatlarini samarali tashkil etish metodikasi interaktiv muloqot ko‘nikmalarini, nutq orqali aqliy funksiyalarni faol rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Qahramon yo‘qolib qoldi”, “Qahramonni o‘z o‘rniga qo‘y” o‘yinlarini o‘z ichiga olgan “Charxpalak” ko‘pfunksiyali konstruksiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Til va nutq” rivojlanish markazida tayyorlov guruhi bolalari bilan takomillashtirilgan axborot-metodik ta’minot asosida olib boriladigan ta’limiy-o‘yinli faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining lug‘at boyligini oshirishga mo‘ljallangan predmetlarni qiyosiy solishtirishni (zamonaviy hamda iste’moldan chiqib ketgan predmetlar) nazarda tutuvchi, notanish so‘zlarni tushuntirishga yo‘naltirilgan axborot-metodik ta’minot modeli simulyasion vaziyat yaratish orqali takomillashtirilgan axborot-metodik ta’minot modeli ishlab chiqishga oid ma’lumotlar “Nutq o‘stirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi 2023-yil 4-dekabrdagi 3-sonli bayoniga asosan nashr ruxsatnomasi olingan, ro‘yxatga olish raqami 2023/3-4/8). Natijada, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” katta sohasining “Nutq va til” kichik sohasi indikatorlarini  shakllantirishga erishilgan;
“Til va nutq” rivojlanish markazining axborot-metodik ta’minot tuzilmasi tarbiyalanuvchilarning nostandart (ijodiy) fikrlashini rivojlantiruvchi resurslarni kompleks (haftalik va oylik mavzularga mos ravishda) qo‘llash orqali mantiqiy izchillikda bog‘lanishli gap tuzish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi “O‘ynaymiz, so‘zlaymiz” parsial dasturi va  “Nutq o‘stirish bo‘yicha didaktik o‘yinlar kartotekasi” axborot didaktik vositalari mazmuniga singdirilgan. Bu   tarbiyalanuvchilarning lug‘at boyligini oshirishi, monologik va dialogik nutqqa o‘rgatishi, nutqning grammatik tomonini shakllantirishi, nutqning tovush madaniyatini shakllantirishida yetakchi didaktik manbaa bo‘lib xizmat qilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 03-33-3852-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Til va nutq” rivojlanish markazida nutq o‘stirishga qaratilgan tayyorlov guruhlari bolalari bilan olib boriladigan ta’limiy jarayon mazmuni boyitilgan;
     maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari “Til va nutq” rivojlanish markazining o‘quv-metodik ta’minoti she’r matnini shaxsga yo‘naltirilgan adaptiv  (illyustratsiyalarni namoyish qilish, mos harakatlar) o‘rgatish orqali kengaytirishga oid tavsiyalar “Tarbiyachi kitobi Nutq o‘stirish” metodik qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan hamda  “tilvanutqmarkazi.uz”– axborot-metodik ta’lim platformasi (№ DGU 33287) ishlab chiqilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 03-33-3852-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi pedagoglarning bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha tajribasini oshirish, yangi zamonaviy metodikalardan xabardorligini oshirishi orqali nutq o‘stirish bo‘yicha ta’limiy-o‘yinli faoliyatlar samaradorligi oshgan va tarbiyalanuvchilarning nutqiy kompetensiyalari oshishiga erishildi;
tayyorlov guruhlari “Til va nutq” rivojlanish markazida ta’limiy-o‘yin faoliyatlarini samarali tashkil etish metodikasi interaktiv muloqot ko‘nikmalarini, nutq orqali aqliy funksiyalarni faol rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Qahramon yo‘qolib qoldi”, “Qahramonni o‘z o‘rniga qo‘y” o‘yinlarini o‘z ichiga olgan “Charxpalak” ko‘pfunksiyali konstruksiyasi asosida takomillashtirishga erishilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 17-fevraldagi 01/11-6-141-sonli ekspert xulosasi) . Shuningdek, “Til va nutq” rivojlanish markazida o‘yinli-ta’limiy faoliyatlar qiziqarli va samarali tashkil etildi va samaradorlikka erishildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish