Mirkasimova Zilola Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik asoslari (o‘zbek-ingliz tillari misolida)”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3799.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha Sabirovna, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, p.f.d. (DSc), Gulyamova Mavluda Xamitovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning didaktik jihatlari ona tilida nutqning to‘liq rivojlanishi ikkinchi tilni o‘rganish uchun argument sanalishi, bilingvizmning salbiy subtraktiv ta’sirini oldini olishning shaxs rivojining intellektual sohasi uchun ahamiyatli ekanligini restrospektiv analizning komparativistik jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zbek va ingliz tillarini integrativ aloqadorlikda o‘rgatishning metodik imkoniyatlari xorijiy tilni o‘rganishda ona tili zahirasiga tayanish ta’lim oluvchi leksik zahirasiga intensiv ta’sir etishi paritetligi empirik validlikka ega ekanligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
bolalarda o‘zbek-ingliz bilinvizmini shakllantirishning amaliy-texnologik tizimi qoidali, syujetli, syujesiz, sport harakatli o‘yinlarga asoslangan geymifikasiyaning poetik matnlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan adabiy pedagogika bilan produktiv integrasiyasini til muhitiga maqsadli modifikasiyalash asosida takomillashtirilgan;
bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishda multimediadan foydalanishning metodik jihatlari interaktiv ertaklar vositasida bolalarning o‘zbek va ingliz tillaridagi nutqini rivojlantirishning ertakterapiyaga asoslangan texnikalarining adaptiv variantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning didaktik jihatlarini ona tilida nutqning to‘liq rivojlanishi ikkinchi tilni o‘rganish uchun argument sanalishi, bilingvizmning salbiy subtraktiv ta’sirini oldini olishning shaxs rivojining intellektual sohasi uchun ahamiyatli ekanligini restrospektiv analizning komparativistik jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Play and learn” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 12 martdagi 03-03/1-296-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi mazmuni va talablariga mutanosib ingliz tilini o‘qitish dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotda foydalanish uchun taqdim etilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zbek va ingliz tillarini integrativ aloqadorlikda o‘rgatishning metodik imkoniyatlarini xorijiy tilni o‘rganishda ona tili zahirasiga tayanish ta’lim oluvchi leksik zahirasiga intensiv ta’sir etishi paritetligi empirik validlikka ega ekanligini asoslash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “English for kids” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 12 martdagi 03-03/1-296-son ma’lumotnomasi) Natijada, respublika miqyosida English for MTT kids by Zilola guruhi 700 dan ziyod, MTT English kanali 500 dan ziyod pedagoglarni o‘z ichiga olgan jami 1000dan ortiq MTT ingliz tili pedagoglari amaliy tavsiyalar orqali ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishlariga va telegram tarmog‘i orqali namoyish etishlariga erishilgan;
bolalarda o‘zbek-ingliz bilinvizmini shakllantirishning amaliy-texnologik tizimini qoidali, syujetli, syujesiz, sport harakatli o‘yinlarga asoslangan geymifikasiyaning poetik matnlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan adabiy pedagogika bilan produktiv integrasiyasini til muhitiga maqsadli modifikasiyalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023 yil 2 iyundagi 04-36-889-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, radiotinglovchilar xorijiy tillarni maktabgacha davrdan boshlab o‘rgatish bolada bilingvallikni yuzaga keltirishi, bilingvallik esa bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishda multimediadan foydalanishning metodik jihatlarini interaktiv ertaklar vositasida bolalarning o‘zbek va ingliz tillaridagi nutqini rivojlantirishning ertakterapiyaga asoslangan texnikalarining adaptiv variantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni mul’timedia va harakatli o‘yinlardan foydalangan holda dastlabki muloqotga kiritish usullari” mavzusida ilmiy-amaliy seminarni tashkil etishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 12 martdagi 03-03/1-296-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuman doirasida faoliyat yurituvchi MTT ingliz tili pedagoglari bolalarni ingliz tilida dastlabki muloqotga kiritishning samarali usullari bilan tanishishgan.

    

Yangiliklarga obuna bo‘lish