Atabaeva Zarnigor Baxran qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evropa adabiyotida demonizatsiya motivining badiiy talqini (Gyote va Oskar Uayld asarlari misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2205
Ilmiy rahbar: Umarova Maxliyo Yunusovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljon Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Evropa adabiyotida demonizatsiya motivining Gyote va Oskar Uayld asarlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa adabiyotshunosligida demonizatsiya motivining yovuzlik va tartibsizlik, qo‘rquv va noma’lumlik kabi mavzularda kelishi ochib berilib, badiiy ifodalanishda demonizatsiya motivi faqat yovuzlik belgisi emas, butun badiiy matnda mavzu, syujet va personajlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tizimini harakatga keltiruvchi fundamental struktura sifatida maydonga chiqishi  aniqlangan;
badiiy asarlarda simvolik obrazlarning demonlashuvi jarayonga sabab bo‘luvchi ijtimoiy tengsizlik, ma’naviy inqiroz, shaxsiy fojialar kabi hayotiy omillar hamda ushbu motivning drama, tragediya va fantastika janrlarida syujetni syujetning dramatik ta’sirini oshirish, konfliktni keskinlashtirish kabi ifodalanish tamoyillari ochib berilgan;
adabiyotshunoslikda faustchilik an’analarining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish orqali Gyotening “Faust” asarida inson qalbi uchun kurash asoslab berilgan. Shuningdek, Gyote falsafasi hamda doktor Faust ruhiyatidagi demonik evrilishlar dastlab jodugarlik, alkimyo va sehr bilan bog‘liq tarzda tasvirlangan, keyinchalik esa insonning bilimga chanqoqligi va cheksizlik sari intilishi ramziga aylangani ochib beriladi;
Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” asarida inson konsepsiyasining adabiy-estetik mohiyati ochib berilib, Dorian Grey obrazidagi xudbinlik, axloqiyasizlikka moyillik va tashqi go‘zallikka mutlaq bog‘liqlik kabi jihatlar hamda uning demonizatsiya jarayoni ijtimoiy-psixologik hamda qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iogan Volfgang fon Gyote va Oskar Uayld asarlari misolida Evropa adabiyotida demonizatsiya motivining o‘ziga xos o‘rnini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
Evropa adabiyotshunosligida demonizatsiya motivining yovuzlik va tartibsizlik, qo‘rquv va noma’lumlik kabi mavzularda kelishi ochib berilib, badiiy ifodalanishda demonizatsiya motivi faqat yovuzlik belgisi emas, butun badiiy matnda mavzu, syujet va personajlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tizimini harakatga keltiruvchi fundamental struktura sifatida maydonga chiqishi  aniqlanganligidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, AQSh departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan “The English Access Microscholarship Program” – “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusidagi SUZ 280021GR3106-sonli innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 6-sentyabrdagi 01/526-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihada demonlashuv motivining jahon adabiyotida tutgan o‘rni va uning mashhur asarlarda qo‘llanish mahorati badiiy tahlil qilindi;
badiiy asarlarda simvolik obrazlarning demonlashuvi jarayonga sabab bo‘luvchi ijtimoiy tengsizlik, ma’naviy inqiroz, shaxsiy fojialar kabi hayotiy omillar hamda ushbu motivning drama, tragediya va fantastika janrlarida syujetni dramatiklashtirish, konfliktni keskinlashtirish kabi ifodalanish tamoyillari ochib berilgan xulosalardan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda dastur va fanlarni ingliz tilida o‘qitish strategiyasini ishlab chiqish va ushbu strategiyani keng joriy etish bo‘yicha milliy rejani ishlab chiqish maqsadida 2020-yil 29-oktyabrda 224U-sonli “EMI (English as a medium of instruction)” loyiha doirasida foydalanildi (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining 2024-yil 17-sentyabridagi 04/1-941-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu loyiha bo‘yicha tayyorlangan resurslar mazmunini boyitish imkonini berdi;
adabiyotshunoslikda faustchilik an’analarining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish orqali Gyotening “Faust” asarida inson qalbi uchun kurashi asoslab berilgan, shuningdek, Gyote falsafasi hamda doktor Faust ruhiyatidagi demonik evrilishlar dastlab jodugarlik, alkimyo va sehr bilan bog‘liq holda tasvirlanishi, keyinchalik u inson bilimga chanqoqligi va cheksizlik sari intilish ramziga aylanganligi ochib berilganligi natijalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024- yilning 18-sentyabr kuni efirga uzatilgan “Yoshlar yurt tayanchi” radio dasturining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 01-07/256-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot materiali dasturni ingliz tilini o‘rganuvchilar orasida Evropa adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini, ularning badiiy obraz haqidagi bilimlarini eng so‘nggi ilmiy yangilik bilan boyitishga xizmat qildi;
Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” asarida inson konsepsiyasining adabiy-estetik mohiyati aniqlanib, Dorian Grey obrazidagi xudbinlik, axloqiyasizlikka moyillik va tashqi go‘zallikka mutlaq bogʻliqlik kabi jihatlar hamda uning demonizatsiya jarayoni ijtimoiy-psixologik va qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan dalillanganligidan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800- 21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanildi (Qarshi davlat universiteti 2024-yil 18-oktyabrdagi 03/3304-son ma’lumotnomasi). Natijada, Evropa adabiyotshunosligida demonizatsiya motiviga oid nazariy fikrlar o‘rganildi, uning mohiyatidagi o‘ziga xos poetik xususiyatlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish