Shamshitdinov Maqsudbek Elmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta pnevmotransporti ventilyatori ishchi parametorlarining ilmiy asoslari” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5355
Ilmiy rahbar: Aliev Botirjon Toxirjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Ro‘zimurod Xasanovich,  t.f.d., professor, Daliev Shuhratjon Latipjanovich, t.f.f.d., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: linter mashinasidagi tozalash moslamasining takomillashtirilgan konstruksiyasini yaratish hamda mashinaga energiya tejovchi vosita joriy qilish hamda uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linterlash mashinasi dvigatelining reaktiv kompensatsiyasini o‘rganish orqali birinchi marta umumiy sarf qilinayotgan energiya miqdorini 20 % ga tejovchi CDI-E102G022/P030T4B chastota o‘zgartirgichi o‘rnatilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
linter mashinasida lintni tozalash moslamasini takomillashtirish orqali mahsulotni tozalash samaradorligini 66 % ga oshiruvchi, 450 qiyalik burchagiga hamda 1600 mm uzunlikka ega to‘siq-plastinali to‘rli yuza konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan to‘rli yuzaning barqaror va bir tekis tebranishini ta’minlash imkonini beruvchi tebranish amplitudasi (0,16-0,31 mm) va chastotasining (3,33-27 Hz) uzviy bog‘liqligi asoslangan;
tajribalarni rejalashtirish usuli asosida takomillashtirilgan lint tozalash konstruksiyasi ishiga ta’sir qiladigan asosiy omillar to‘rli yuza tirqishining uzunligi, to‘siq-plastina qiyalik burchagi va cho‘tkali baraban aylanish tezligining ratsional qiymatlarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashtirilgan urug‘lik chigitlarni saralash qurilmasini joriy qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
linter mashinasiga energiya tejovchi qurilma o‘rnatilgan konstruksiya “NT Chust g‘alla klaster” MChJ “Chust paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024-yil, 13-dekabrdagi 03/25-3338-son ma’lumotnomasi). Natijada linter mashinasining yillik energiya sarfi 525600 kVt ga tejalishiga erishildi;
linter mashinasiga takomillashtirilgan tozalash moslamasi o‘rnatilgan konstruksiya “NT Chust g‘alla klaster” MChJ “Chust paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024-yil, 13-dekabrdagi 03/25-3338-son ma’lumotnomasi). Natijada ish unumdorligi 1500 kg/soatni tashkil qilgan holda tozalash samaradorligi o‘rtacha 66 % ga ortishiga, lint mahsulotining ifloslik yig‘ish kamerasiga o‘tib ketishi paxta naviga bog‘liq holda 0,5-1 % gacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish