Bozarov Oybek Azamiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Lantanidlar va aktinidlar sohasidagi deformatsiyalangan juft-juft yadrolarning dinamik va statik noaksialligi”, 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1122
Ilmiy rahbar: Nadirbekov Makhmudjon Sulaymanovich fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Pazliddin Nuritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Olimov Qosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Yangi O‘zbekiston” universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noaksial aylanishlar va aksial kvadrupol-oktupol tebranishlarni tavsiflovchi hamda K-aralashmani hisobga oluvchi murakkab model yaqinlashuvi doirasida noaksial juft-juft yadrolarning o‘zgaruvchan juftlikdagi kollektiv holatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan juftlikdagi uyg‘ongan kollektiv holatlarini shakllantirishning dinamik mexanizmini ta’minlaydigan hamda K-aralashma va statik noaksiallikni hisobga oluvchi quadrupol hamda oktupol deformatsiyalanuvchi noaksial juft-juft yadrolarning noadiabatik kollektiv modeli takomillashtirilgan;
taklif etilgan noadiabatik kollektiv model doirasida yumshoq (lantanidlar) va qattiq (aktinidlar) sirtga ega bo‘lgan noaksial juft-juft yadrolarning yrast- va birinchi non-yrast-polosalarning uyg‘ongan kollektiv holatlarining energetik spektri qoniqarli tavsiflangan.
takomillashtirilgan dinamik model doirasida olingan natijalarni tebranma harakatlar effektiv hisobga olinuvchi noaksial kvadrupol-oktupol adiabatik rotor yondashuvi bilan taqqoslash natijasida tebranma-aylanma bog‘lanishning muhimligi ko‘rsatilgan;
dinamik ixtiyoriy noaksiallik modeli doirasida kollektiv uyg‘ongan holatlari asosiy, β- va γ-polosalar ichida/orasida keltirilgan E2- o‘tishlari ehtimolliklarining γ0 noaksial parametriga sezgirligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Lantanidlar va aktinidlar sohasida deformatsiyalangan juft-juft yadrolarning dinamik va statik noaksialigini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalarga asoslanib:
 statik noaksial kvadrupol-oktupol deformatsiyalangan juft-juft yadrolarning noadiabatik kollektiv modeli takomillashtirilgan;
yumshoq (lantanidlar) va qattiq (aktinidlar) sirtga ega noaksial juft-juft yadrolarning yrast- va birinchi non-yrast-polosalarining uyg‘ongan kollektiv holatlarining energiya spektrini tavsiflandi;
og‘ir juft-juft yadrolarning uyg‘ongan kollektiv holatlari asosiy, β- va γ-polosalar ichida/orasida keltirilgan E2-o‘tish ehtimoliklarini noaksiallik parametri γ0 sezgirligi, Malayziya Xalqaro Islom universitetida Oliy ta’lim vazirligi  FRGS19–039–0647-sonli “Neytronga boy chuqur deformatsiyalangan lantanid yadrolarining uyg‘ongan holatlari dinamikasi” (2019-2023) granti doirasida og‘ir yadrolarning spektroskopik xususiyatlarini o‘rganishda foydalanilgan (Malayziya Xalqaro Islom universitetining 2024 yil 18 dekabrdagi 007–KOE–24-sonli xati). Olingan natijalardan foydalanish ko‘p nuklonli uzatish reaksiyalarida olingan reaksiya mahsulotlarining yashash davrini baholash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish