O‘rinboev Muxammadzoxir Iqboljon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning metakognitiv faoliyatlarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Ped8808
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. Abdullaev Safibullo Xabibullaevich – Namangan davlat pedagogika instituti professori, Pedagogika fanlari doktori, professor.
2. Ayupov Kutub Sautovich – Toshkent davlat texnika universiteti, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika darslarini o‘qitish faoliyatida o‘quvchilarning metakognitiv faoliyatlarini rivojlantirish orqali ularning tushunish darajasini oshirish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
 o‘quvchilarning metakognitiv faoliyatlarini (metacognitive activities) rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik metodlarni ishlab chiqish va ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘qitish mazmuni va shakllari metakognitiv yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim olish jarayonida o‘z-o‘zini baholash hamda o‘rganish faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil etishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini boshqarib o‘rganish (self-regulated learning) strategiyalaridan foydalanish orqali ularning mustaqil fikrlashi, o‘quv motivatsiyasi va kognitiv faolligi oshirilib, ta’lim jarayoni metakognitiv yondashuvlar negizida takomillashtirilgan;
zamonaviy pedagogik metodlar va yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilib, o‘quvchilarning (understanding) tushunish, (application) qo‘llash, (analysis) tahlil qilish, (evaluation) baholash, va (creativity) yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim darajalari (tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, baholash va yaratuvchanlik)ni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar fizika fanini o‘qitishda turli fanlar o‘rtasidagi integratsiyani rag‘batlantirish va ta’lim faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu yondashuvlar, ta’lim jarayonida metodik va didaktik talablarni hisobga olish asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  977957-sonli guvohnomaga muvofiq “Elektr va magnetizm” nomli darslik nashr qilingan.  O‘quvchilarning metakognitiv strategiyalarini –rejalashtirish, kuzatish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil tahlil qilish va qaror qabul qilish salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Umumiy ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning metakognitiv jarayonlarini takomillashtirishga doir virtual laboratoriyalar”, fizika hodisalarini vizual tahlil qilish, tajribalarni kuzatish va amaliy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi, zamonaviy interaktiv ta’lim resursi hisoblangan “7–8-sinf fizika darslarida foydalanish uchun virtual laboratoriyalar” nomli virtual o‘quv vositalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, elektr va magnit hodisalarini zamonaviy metodik yondashuv asosida o‘zlashtirish, mustaqil o‘rganish faoliyatini faollashtirish, o‘z-o‘zini baholash va bilimlarni amaliy qo‘llash imkonini berishga yo‘naltirilgan “Elektr va magnetizm fanidan elektron darslik” nomli raqamli o‘quv darsligi yaratilgan. Fizik atamalari va asosiy tushunchalarni izohlash orqali o‘quvchilarning mavzularni chuqur anglashiga va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim metodik manba sanalgan “Umumiy fizikadan izohli lug‘at” virtual platformasi ishlab chiqilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 9-yanvardagi  №02/01-01-8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning metakognitiv, kognitiv, reflektiv, amaliy va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, fizika ta’limi sifatini oshirishga, mustaqil o‘rganish muhitini shakllantirishga, fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirishga hamda ta’lim faoliyatida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga erishilgan.
Umumiy ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning metakognitiv faoliyatlarini rivojlantirish yangi metodologik yondashuvlarni taqdim etadi. Metakognitiv yondashuv asosida o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan usullar va strategiyalar, ilmiy tadqiqotlar orqali nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 26-noyabr kungi №01/11-6-1006-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yondashuvlar o‘quvchilarga murakkab masalalarni hal qilishda, o‘z bilimlarini tahlil qilish va mustahkamlash qobiliyatlarini oshirishda xizmat qilib, ta’lim faoliyatida innovatsion yondashuvlarga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish