Kalabaev Salauat Baxitbay ulining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi hududidagi ko‘llarning gidrologik rejimi va hozirgi holati monitoringi», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr291. 
Ilmiy rahbar: Adenbaev Baxtiyor Embergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuhrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Pirnazarov Ravshan Topvoldievich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi hududida joylashgan ko‘llarning gidrologik rejimini baholash va ular monitoringini masofadan zondlash usullarini qo‘llash asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi ko‘llarining gidrografik, morfometrik (F, km2; L, km; B, km) ko‘rsatkichlari masofadan zondlash ma’lumotlari asosida aniqlangan hamda hududning gidrografik xususiyatlarini aks ettiruvchi xarita ishlab chiqilgan;
al`timetr radari ma’lumotlari yordamida Janubiy Orolbo‘yi ko‘llari suv sathining ko‘p yillik o‘zgarishlari baholangan;
ko‘llar suv yuzasi maydonining 2008-2022 yillardagi o‘rtacha yillik qiymatlari MNDWI (Modified Normalized Difference Water Index) usuli asosida aniqlangan; 
ko‘llar monitoringi natijalari asosida “Ko‘lda suv paydo bo‘lishi”, “Ko‘lda suv paydo bo‘lishi jadalligining o‘zgarishi” va “Ko‘lda o‘tish fazalari” raqamli xaritalari yaratilgan;
ko‘llar suv balansi tenglamalari tuzilgan va ularning tarkibiy qismlari (atmosfera yog‘inlari, kiruvchi oqim, bug‘lanish, chiquvchi oqim) miqdoriy baholangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Janubiy Orolbo‘yi hududidagi ko‘llarning gidrologik rejimi va hozirgi holati monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
masofadan zondlash usullarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan Janubiy Orolbo‘yi ko‘llar gidrografiyasining hozirgi holati xususiyatlarini aks ettiruvchi hududning gidrografik xaritasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Orolbo‘yi del`ta boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi 01/09-3-413-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi ko‘llari haqidagi yangi gidrografik ma’lumotlarni tizimlashtirish imkoniyatlari yaratilgan; 
instrumental o‘lchovlar bilan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini matematik statistik qayta ishlash asosida ko‘llardagi suv sathini al`timetr radari yordamida aniqlash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Orolbo‘yi del`ta boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi 01/09-3-413-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘llardagi suv sathi kuzatishlarini to‘g‘ri olib borilganligini tekshirishga hamda real vaqt rejimiga yaqin vaqtda suv sathi haqida ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
sun’iy yo‘ldosh tasvirlarni deshifrovkalashning MNDWI indeksi usulida hisoblangan ko‘llar suv yuzasi maydonlarining 2008-2022 yillar oralig‘idagi o‘rtacha yillik qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Orolbo‘yi del`ta boshqarmasida ko‘llarni monitoring qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi 01/09-3-413-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur indeks yordamida ko‘llar suv yuzasi maydoni hisoblash orqali ma’lumotlarning sifatini oshirish imkonini bergan;
ko‘llar suv yuzasining 1984-2021 yillardagi monitoring materiallari natijalari asosida ishlab chiqilgan xaritalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Orolbo‘yi del`ta boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi 01/09-3-413-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan kartografik materiallar Orolbo‘yi del`ta boshqarmasi mutaxassislariga ko‘llarning himoya ob’ektlarini qurish va to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratgan; 
o‘rganish davrida tuzilgan ko‘llarning suv balansi tenglamasi va suv balansi tarkibiy qismlarining (atmosfera yog‘inlari, kiruvchi oqim, bug‘lanish, chiquvchi oqim) miqdoriy qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Orolbo‘yi del`ta boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi 01/09-3-413-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘llar suv balansi elementlarining umumiy dinamikasini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish