Akramova Obida Qosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hududlarning investision jozibadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3577
Ilmiy rahbar: Boboev Akmal Chorievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: Navoiy davlat universiteti “Magistratura” bo‘limi boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori, professor Murodova Nodira Kullievna (08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot) Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutinig rektori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Ruziev Oybek Abdumo‘minovich (08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot)  
Yetakchi tashkilot:  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Hududlarning investision jozibadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mintaqada tarmoqlar ustuvorligini hisobga olgan holda, rayonlashtirish asosida investision jozibadorlikni baholash metodologiyasi takomillashtirilgan;
mintaqalar innovatsion faolligi sharoitida mavjud imkoniyatlardan samarali ravishda foydalanish va xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan investision jozibadorlikni oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
mintaqa tarmoqlarining investision jozibadorligini oshirishning samarali prognozlash yondashuvi sifatida investision xavflarni minimallashtirish mexanizmi ilmiy asoslangan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi misolida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mintaqa investision jozibadorligini oshirishning maqbul strategiyasi sifatida  Buxoro viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o‘zaro hamkorligi doirasida yashil o‘sish tajriba maydonini rivojlantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hududlarning investision jozibadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
Mintaqada tarmoqlar ustuvorligini hisobga olgan holda, rayonlashtirish asosida investision jozibadorlikni baholash metodologiyasini takomillashtirish taklifi Buxoro viloyat hokimining 2023 yil 7 martdagi 72-2-0-Q/23-son qarorining 1-ilovasi 30-bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-33-01533-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu metodikani qo‘llash natijasida, shaharlar va tumanlarda har yili amalga oshiriladigan investision jozibadorlik reytingi, mahalliy va xorijiy investorlar uchun ma’lum mintaqada alohida soha va tarmoqlarni investisiyalash juda jozibador ko‘rsatkichlarni taqdim etadi. Ushbu reyting orqali investorlar, belgilangan hududlarda investisiya kiritishi uchun qaysi sohalarni tanlashlarini yanada osonlashtirishi mumkin;
mintaqalar innovatsion faolligi sharoitida mavjud imkoniyatlardan samarali ravishda foydalanishga va xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan investision jozibadorlikni oshirish mexanizmini takomillashtirish taklifi Buxoro viloyat hokimining 2024 yil 16 martdagi 137-2-0-Q/24-son qarorining 1-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-33-01533-sonli ma’lumotnomasi)  Taklif etilgan yondashuv natijasida hududlardagi xavflar kamaytirilishi hamda investision jozibadorlik bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkoniyatlari aniqlangan. Bu, shuningdek, mahalliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi va hududlarning innovatsion jihatdan rivojlanishiga turtki beradi;
mintaqa tarmoqlarining investision jozibadorligini oshirishning samarali prognozlash yondashuvi sifatida investision xavflarni minimallashtirish mexanizmidan Buxoro viloyat hokimining 2024 yil 11-matrdagi 119-2-0-Q/24-sonli qarorining 2-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-33-01533-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan mexanizmlar yordamida investision xavflarni kamaytirish, turli sohalar, ayniqsa oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning investisiyalash hajmini 0,7% ga oshirishga turtki berdi. Bu yondashuv jarayonida samaradorlikni oshirish va investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida harakatlar amalga oshirildi;
mintaqalarning investision jozibadorligini oshirish uchun Buxoro viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik doirasida “Yashil o‘sish” tajriba maydonini rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-33-01533-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Buxoro viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik dasturiga kiritilgan. Natijada, Boshqirdiston Respublikasida investisiyalarni jalb qilish yo‘nalishlari shakllantirildi. Xorijiy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investisiyalar 2022 yilda 58,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 72,1% ga etdi, bu esa investisiyalarning 1,2 martaga oshishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish