Toshev Nurbek Janon o‘g‘lining
falsafa doctori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada turizmni rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirish mexanizmi (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3671
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.I.70.07.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bekjanov Dilmurad Yo‘ldashovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mintaqada turizmini rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha mintaqaviy turizm muammolar echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qarshi-Shahrisabz–Kitob–Qarshi yo‘nalishida aglomeratsiya markazlari orqali turistlarni kutib olib, markazgacha kuzatish, hamda har bir markaz atrof hududidan 90 kmgacha bo‘lgan masofada joylashgan tarixiy, tabiiy va madaniy obektlarga bir kunlik (express tour) yoki bir necha kunlik (claster tour) sayohatlarni qamrab oladigan “mayatniksimon turizm aloqalari”ni shakllantirish taklifi dalillangan;
turizm aglomeratsiyalarini joylashtirishda tabiiy, infratuzilmaviy va iqtisodiy cheklovlarni turistlarning asosiy yo‘nalishlarda harakatlanishiga ta’sirini aniqlashda chegaralangan ekstremumlarni taqdim etuvchi “Lagrange multiplikator”lari usuli afzalliklari asoslangan;
mintaqa turizmini raqamli boshqarish uchun aglomeratsiyalar samaradorligi (ish sifati, mahsuldorlik, foyda, tejamkorlik, vaqt va resurslardan foydalanish samarasi)ni oshirish va turistik oqimni real vaqtda tahlil qilish maqsadida “Smart-turizm aglomeratsiya platformasi”ni yaratish taklifi dalillangan;
turizm aglomeratsiya markazlarining joylashuvi va mintaqa turizmining rivojlanish o‘rtasidagi bog‘lanish darajasining yuqoriligi isbotlangan holda, unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha rivojlanishning 2025-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa turizmini rivojlantirishning optimal tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qarshi-Shahrisabz–Kitob–Qarshi yo‘nalishida aglomeratsiya markazlari orqali turistlarni kutib olib, markazgacha kuzatish, hamda har bir markaz atrof hududidan 90 kmgacha bo‘lgan masofada joylashgan tarixiy, tabiiy va madaniy obektlarga bir kunlik (express tour) yoki bir necha kunlik (claster tour) sayohatlarni qamrab oladigan “mayatniksimon turizm aloqalari”ni shakllantirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-sonli “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1058-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, Har bir hudud uchun turistik resurs zichligi, transport-logistika qulayligi, aholi zichligi, xizmatlar ko‘rsatish salohiyati va investision jozibadorlik indikatorlari asosida aglomeratsiya markazlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi zonalar optimal ravishda aniqlab berilgan, turizm oqimini 20–30% oshirish imkoniyati shakllantirilgan.
turizm aglomeratsiyalarini joylashtirishda tabiiy, infratuzilmaviy va iqtisodiy cheklovlarni turistlarning asosiy yo‘nalishlarda harakatlanishiga ta’sirini aniqlashda chegaralangan ekstremumlarni taqdim etuvchi “Lagrange multiplikator”lari usuli afzalliklari asoslanganligi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-sonli “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1058-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, Raqamli xaritalash va real vaqtda monitoring texnologiyalari yordamida turistik obektlar o‘rtasidagi optimal masofalar va aglomeratsion markazlar aniqlanib, turistik marshrutlar samaradorligi 1,5–2 baravarga oshirildi, logistika xarajatlari esa 15–20% ga kamaytirildi.
mintaqa turizmini raqamli boshqarish uchun aglomeratsiyalar samaradorligi (ish sifati, mahsuldorlik, foyda, tejamkorlik, vaqt va resurslardan foydalanish samarasi)ni oshirish va turistik oqimni real vaqtda tahlil qilish maqsadida “Smart-turizm aglomeratsiya platformasi”ni yaratish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-sonli “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1058-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, Klasterlararo mayatnik harakatlari orqali transport va xizmat ko‘rsatish energiyasi yaxshilanib, ichki regional turistlar oqimi 25–35% ga ko‘paydi, xizmatlar tarmog‘ida o‘sish va bandlikni oshirish imkoniyati yaratildi;
Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyasini rivojlantirish va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan istiqbolli ko‘p variantli prognozlari bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-sonli “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1058-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, Turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish va optimal qarorlar qabul qilish, turizm sohasidagi talab va ehtiyojlarni hisobga olgan holda istiqboldagi imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan.