Rahimbediev Dilmurod Obidxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘quv – tikuv mashinalari ish resurslariga ta’sir qiluvchi omillarni nazariy tadqiqi” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4447
Ilmiy rahbar: Muradov Akramjon Abdusattarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdulmalik Xamidovich, t.f.d., professor, To‘raev Farxodjon Farmonovich, t.f.f.d.
Yetakchi tashkilot: O‘zbeksiton tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Noto‘qima materiallar ishlab chiqarish mashinalari, VP tipidagi to‘quv tikuv mashinasining yangi elastik zvenoli mexanizmini ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘quv  - tikuv mashinasining to‘quv mexanizmidagi elastik zvenoli mexanizm ishchi organlarining harakat qonuni, yuritma mexanizmlari kinematik sxemalari asosida takomillashtirilgan igna mexanizmi konstruksiyasi yaratilgan;
taklif qilingan elastik zvenoli yangi igna mexanizmi konstruksiyasi ish unumdorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etuvchi burchak tezligi va harakat amplituda qiymatlarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
taklif qilingan konstruksiyada ignaning diametrik parametrlari va elastiklik koeffisientlarini hisobga oluvchi tebranish qonuniyatlari asosida mashina sikli davomida materialning sinish xavfini kamaytiruvchi yangi harakat traektoriyasi ishlab chiqilgan;
elastik zvenoli yangi igna mexanizmining igna diametrik parametrlari asosida to‘quv  - tikuv mashinasi igna mexanizmidagi tebranish qonuniyatlari yuritma mexanizmining maqbul konstruktiv-parametrik ko‘rsatkichlari yordamida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘quv- tikuv mashinalarining konstruksiyalardan foydalangan holda elastik zvenoli yangi igna mexanizmi konstruksiyasini tadqiq etish hisobiga olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
To‘quv- tikuv mashinalarining elastik zvenoli yangi igna mexanizmi Namangan viloyatining “MIROBID TEXTILE” MChJ korxonasining to‘quv sexlariga ishlab chiqarishga joriy qilingan(O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 6-dekabrdagi № - 03/25-3291 ma’lumotnomasi).Natijada yangi igna mexanizmlarida elastik zveno qo‘llash, texnologik jarayonni benuqson bajarilishi bilan birgalikda to‘qima hosil qilish tizimida qatnashuvchi mexanizm va zvenolar sonini 8 taga, ip uzulishini 18,4% ga va mashinaga xizmat ko‘rsatishni 14,2% kamayishiga, yig‘ish va ta’mirlashga ketadigan harajatlarni 11,7% ga  kamayishiga erishilgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish