Yuvasheva Shoira Maxamadovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kul`turno markirovannaya i universal`naya leksika v «Kutadgu Bilig»: semanticheskiy i perevodcheskiy aspekti», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.DSc/Fil805.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zoxidjon Yakubjanovich filologiya fanlari doktori, professor, Djumabaeva Jamilya Sharipovna filologiya fanlari doktori, professor, Teshaboeva Ziyoda Qodirovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalaridan hamda o‘zbek tiliga tabdilidan tanlab olingan milliy-madaniy va universal leksikaning semantik hamda tarjima jihatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-tarixiy voqelik, din, milliy urf-odat va an’analar hamda umumbashariy qadriyatlarni o‘zida umumlashtirgan til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar turli tizimli tillardagi universal hamda milliy-madaniy leksemalarning semantik va tarjima xususiyatlari orqali asoslangan;
milliy-madaniy va universal leksik birlik hamda iboralarning semantik munosabatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil qilish orqali “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda o‘zbek tiliga tabdilida transkripsiya va transliteratsiya kabi transformatsiya usullarining ustunligi aniqlangan;
milliy-madaniy leksikani qiyosiy tahlil qilish orqali “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda o‘zbek tiliga tabdilida milliy-madaniy leksika mezonlarini aniqlash natijasida uning tematik paradigmasi ishlab chiqilgan;
madaniyatlararo tahlil usuli orqali “Qutadg‘u bilig” asarida uchraydigan universal leksemalarning tarjimasi ingliz, rus va turk xalqlarining dunyoqarashini hamda diniy tasavvurlarini aks ettirishi isbotlangan;
statistik usul yordamida dil, qalb, insoniylik, olimlik, rahm-shafqat kabi universal leksemalarning “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda o‘zbek tiliga tabdilida ifodalanish chastotasi aniqlangan;
“Qutadg‘u bilig”ning pandnoma leksikasini o‘rganish asosida asar leksikasining asosini tashkil etgan didaktik va diniy leksemalarning 14 asosiy aksiomasini ishlab chiqish hamda didaktik g‘oyalarning 12 asosiy postulatini aniqlash orqali muallif va tarjimon mahorati baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ijtimoiy-tarixiy voqelik, din, milliy urf-odat va an’analar hamda umumbashariy qadriyatlarni o‘zida umumlashtirgan til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar turli tizimli tillardagi universal va milliy-madaniy leksemalarning semantik va tarjima xususiyatlariga doir ilmiy natijalardan Britaniya Kengashi hamkorligida amalga oshirilgan 1683580 “English as a school subject” nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 27-martdagi 04-04-1/1469-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishda nazariy va amaliy materiallarni tayyorlash uchun samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
milliy-madaniy va universal leksik birlik hamda iboralarning semantik munosabatlarini qiyosiy tahlil qilish orqali “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda o‘zbek tiliga tabdilida transkripsiya va transliteratsiya kabi transformatsiya usullarining ustunligi aniqlanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti AQSh Davlat departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-2024-yillarda bajarilgan SUZ 280021GR3106-sonli “The English Access Microscholarship Program” “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 26-martdagi 04-04-1/1423-son ma’lumotnomasi). Natijalar loyiha doirasida yaratilgan nazariy va amaliy materiallar hamda elektron resurslarni tayyorlashga ko‘maklashgan;
milliy-madaniy leksikani qiyosiy tahlil qilish orqali “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda o‘zbek tiliga tabdilida milliy-madaniy leksika mezonlarini aniqlash natijasida uning tematik paradigmasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima ijodiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, adabiy uchrashuvlar hamda yosh ijodkorlar to‘garagi mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 3-maydagi 01-03/538-son ma’lumotnomasi). Natijada, mumtoz adabiy durdonalarni tarjima qilishda milliy-madaniyatni aks ettirish haqidagi yosh tarjimonlarning bilimlari mustahkamlanib, mumtoz poetika asoslari haqidagi tasavvurlarini kengaytirgan;
“Qutadg‘u Bilig” asarining hozirgi o‘zbek adabiy tiliga tabdili, shuningdek, ingliz va rus tillaridagi tarjimasida til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar muammolari aniqlanib, turli tizimli tillardagi universal va milliy madaniy leksemalarning semantik va tarjima xususiyatlari ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 04/1-1842-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan xulosalar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
madaniyatlararo tahlil usuli orqali “Qutadg‘u bilig” asarida uchraydigan universal leksemalarning tarjimasi ingliz, rus va oʻzbek xalqlarining dunyoqarashini va diniy tasavvurlarini aks ettirishi isbotlanganligi, hamda statistik usul yordamida dil, qalb, insoniylik, olimlik, rahm-shafqat kabi universal leksemalarning ifodalanish chastotasi aniqlanganligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti AQSh Davlat departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-2024-yillarda bajarilgan SUZ 280021GR3106-sonli “The English Access Microscholarship Program” “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 14-sentyabrdagi 01/569-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishda nazariy va amaliy materiallarni tayyorlash uchun samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
“Qutadg‘u bilig”ning pandnoma leksikasini o‘rganish asosida asar leksikasining asosini tashkil etgan didaktik va diniy leksemalarning asosiy 14 aksiomasini ishlab chiqish va didaktik g‘oyalarning asosiy 12 postulatini aniqlash orqali muallif va tarjimon mahorati baholangan xulosalardan O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan MU-FZ-201912073 raqamli “Al jome as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining 2024-yil 12-iyundagi 05-331-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan nazariy va amaliy materiallar hamda elektron resurslarni tayyorlash uchun muhim manba vazifasini bajargan.