Qaraxonova Lobarxon Musoxonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped744. 
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risboy, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi DSc.03/05.06.2020.K/B.91.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlar doktori, professor; Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori; Fayziev Voxid Baxramovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining biologiya darslarida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning shakl, metod va vositalarini takomillashtirish asosida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini tayanch kompetensiyalar bilan integratsiyalash relevantligini hamda tizimli ravishda shakllantirishning dolzarbligini ilmiy asoslash orqali tadqiqotchilik kompetensiyasini  rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini kuchaytirish, ularning kognetiv faolligini oshirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ijodiy va amaliy faoliyatga yo‘naltirish kabi didaktik tamoyillarga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tadqiqotchilik o‘quv faoliyatini shakllantirishda motivatsion, kognetiv va riskologik bilish faoliyatini identivligini ta’minlash kabi zaruriy bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, tadqiqotchilik faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim olish jarayoniin loyihalash orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining tadqiqotchilik kompetentigini tashkiliy komponentlari tarkibi ishlab chiqilgan; 
biologiya darslari jarayoniga SMART didaktik talablarni singdirishda o‘z-o‘zini boshqarish, takomillashtirish, o‘z-o‘zini tahlil qila olish, baholay olish imkoniyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga tayangan holda interfaol, grafik organayzer hamda evristik metodlar, innovasion usullar, mustaqil ish jaaryonida foydalaniladigan innovatsion metodlarni klassifikatsiyalash asosida biologiya darslarida o‘quvchlarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeli takomillashtirilgan;
tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning metodik shart-sharoitlari loyihalash va kreativ fikrlash parametrlari va vektorlarini xalqaro baholash dasturlarining didaktik maqsadlari va mazmuni bilan o‘quv jarayoniga integrasiyalash, tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish bosqichlari orasidagi mutanosiblikni ta’minlash, o‘quvchilarni kreativ fikrlash, mustaqil bilim olishga yo‘naltirish, loyihalar ustida ishlash, tadqiqot faoliyati mahsulini taqdimot qilish, uni baholash mezonlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining biologiyadan mavjud bilim va ko‘nikmalarini tadqiqotchilikka yo‘naltirishning metodik ta’minoti klasterini yaratish, ijodiy faollik ko‘rsatish, amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, tizimli fikrlash va kognitiv texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
biologiya fanini tashkil etishda yuqori sinf o‘quvchilarini tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik-psixologik shart-sharoitlar va didaktik imkoniyatlarni takomillashtirishga doir takliflardan 2020-2022-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihaning dolzarb vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 30.09.2024-yil 4/17-4/4-17909-son dalolatnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining tadqiqot ishlariga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan o‘quv mashg‘ulotlari asosida tadqiqotchilik ko‘nikmalari kompetensiyaga aylantirilishiga erishilgan;
biologiyani o‘qitishning didaktik imkoniyatilarini kengaytirish asnosida  ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan va o‘quvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy va xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning didaktik mazmuni hamda xalqaro baholash tadqiqotlarining didaktik maqsadlari (bilimlarga tayanib birgalikda ishlash, nazariya va amaliyot birligi, fanlararo integratsiya, kasbiy sohalarga tayyorgarlik) bilan integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalari “Biologiya darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 15-oktyabr 04-37-3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya ta’limi samaradorligini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya darslarida o‘quvchining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari va metodik asoslari 9-10-11 sinflar kesimida o‘zlashtirish darajasini xalqaro baholash dasturlariga doir takliflardan “Xalqaro baholash asoslari” darsligi va “Xalqaro baholash tadqiqotlari” nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalar mazmunida aks ettirilgan va ulardan samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan 68-235-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning xalqaro baholash dasturlari (TIMSS, PISA) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari hamda interfaol ta’lim metodlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
biologiya ta’limida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish mazmunini takomillashtirish talablari hamda didaktik maqsadlari bilan integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan “Biologiyadan o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik modeli” tavsiya etilgan tizimli yondashuv mazmuniga oid takliflar  9-, 10- va 11 sinf o‘qituvchilari uchun tayyorlangan monografiya mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 15-oktyabr 04-37-3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchilikka yo‘naltirishga xizmat qiluvchi ta’limiy metod va vositalar biologiya darslarini tashkil etish va o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyati yuzaga kelgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarning tadqiqotchilik komptetensiyasini rivojlantirishda biologiyani o‘qitish metodikasi samaradorligi tadqiqot ishlariga yo‘naltirilgan mavzular klasterini tuzish, muammoni anglash, intelektual tafakkur hamda mustaqil amaliy mashg‘ulotlarini bajarish ko‘nikmalarni uyg‘un shakllantirish asosida takomillashtirish yuzasidan berilgan tavsiyalar 2020-2022-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 30.09.2024-yil 4/17-4/4-17909-son dalolatnomasi). Natijada 9-11-sinf o‘quvchilarining biologiya fanidagi tadqiqotchilik va amaliy ishlarni bajarishga oid mavzulari bo‘yicha o‘rgatish metodikasini takomillashtirish imkoniyhatiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish