Muzaffarova Nargiza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Degenerativ-distrofik kasalliklarda vertebrobazilyar sohada qon aylanishining xususiyatlarini tekshirish va davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.13 – «Nevrologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3557.
Ilmiy rahbar: Xakimova Soxiba Ziyadulloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Niyazov Shuxrat Toshmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
degenerativ-distrofik kasalliklarda vertebrobazilyar sohada qon aylanishining xususiyatlarini tahlil qilish va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘yin umurtqalari degenerativ-distrofik kasalliklari bilan kechuvchi vertebrobazilyar sindromi bo‘lgan bemorlarda bosh aylanish simptomining shakllanishi va og‘irligi bir nechta patogenetik omillar xususan, bo‘yin sohasidagi qon oqimining buzilishi, D vitamini etishmovchiligi va suyak mineral zichligining kamayishi bilan kompleks tarzda bog‘liqligi aniqlangan;
degenerativ-distrofik kasalliklarda vertebrobazilyar etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda "bosh aylanish kundaligi"dan foydalanish orqali bosh aylanish epizodlarini oldindan sezish va ularni profilaktika qilish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
vertebrobazilyar etishmovchilik va degenerativ-distrofik kasalliklar bilan bog‘liq tashvish sindromining litiy preparati orqali korreksiya qilinishi klinik samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan;
tadqiqot natijalariga ko‘ra, D vitamini va litiy preparatlarining qo‘shma qo‘llanilishi vertebrobazilyar etishmovchilikka chalingan bemorlarda UZDG ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, vertebral arteriyalarda qon oqimi tezligining oshishiga, turbulentlikning kamayishiga va ekstravazal kompressiyaning pasayishiga olib kelish imkonini ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Degenerativ-distrofik kasalliklarda vertebrobazilyar sohada qon aylanishining xususiyatlarini tekshirish va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 y. 12/17-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: bo‘yin umurtqalari degenerativ-distrofik kasalliklari bilan kechuvchi vertebrobazilyar sindromi bo‘lgan bemorlarda bosh aylanish simptomining shakllanishi va og‘irligi bir nechta patogenetik omillar xususan, bo‘yin sohasidagi qon oqimining buzilishi, D vitamini etishmovchiligi va suyak mineral zichligining kamayishi bilan kompleks tarzda bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi 06.01.2025 № 1\2025 sonli buyruq va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.01.2025 № 30 sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: DDK VBE bilan kasallangan bemorlarda MSKT tekshiruvining aniqlik darajasi 93,1%, bo‘yin tomirlarining ul`tratovush doplerografiiyasi 86,8% va qonda vitamin D 86,7%, hamda Li-mikroelementi miqdori 76,7% ni tashkil etib, bunda DDK VBE bilan kasallangan bemorlarda ulardan foydalanish zarurligini asoslaydi, shuningdek, erta va aniq tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: DDK VBE bilan kasallangan bemorlarda klinik nevrologik, neyrovizualizatsiya, instrumental parametrlar va laboratoriya biomarkerlari o‘rganilib, buning natijasida kasallikni erta tashxislash orqali davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va yotoq kunini o‘rtacha 3 kunga qisqartirishga erishildi. Bu 1 nafar bemor uchun 600000 so‘mlik xarajatni tejash imkonini berdi. Natijada, yil davomida ushbu usul qo‘llanilgan 100 nafar bemor misolida sog‘liqni saqlash xarajatlari 60 million so‘mga kamaydi. Xulosa: DDK VBE bilan kasallangan bemorlarda aytib o‘tilgan diagnostika jarayonida kasallik va uning asoratlarini erta tashxislash samaradorligi oshirilishi natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish vaqtini kamaytirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: degenerativ-distrofik kasalliklarda vertebrobazilyar etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda "bosh aylanish kundaligi"dan foydalanish orqali bosh aylanish epizodlarini oldindan sezish va ularni profilaktika qilish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi 06.01.2025 № 1\2025 sonli buyruq va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.01.2025 № 30 sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tekshiruv usullari bo‘yin umurtkalari degerativ-distrofik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda vertebrobazilyar buzilishlarni erta tashxislash va shu sababli kasallik qaytalanishi, nogironlik ko‘rsatkichini pasaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijasida tavsiya etilgan diagnostika va baholash yondashuvlari yordamida bo‘yin umurtqalari degerativ-distrofik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda vertebrobazilyar sindromning qayta-lanish ko‘rsatkichi 15% ga kamaytirildi. Bu orqali yil davomida kamida 100 nafar bemor orasida 120 million so‘mlik sog‘liqni saqlash xarajatlari oldi olindi. Xulosa: bo‘yin umurtkalari degerativ-distrofik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda vertebrobazilyar buzilishlarni erta tashxislash va kasallik asoratlarini, xususan, profilaktika qilish va shu sababli kelib chiqadigan nogironlik miqdorini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: vertebrobazilyar etishmovchilik va degenerativ-distrofik kasalliklar bilan bog‘liq tashvish sindromining litiy preparati orqali korreksiya qilinishi klinik samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi 06.01.2025 № 1\2025 sonli buyruq va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.01.2025 № 30 sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning hayot sifatini oshirish, ularning mehnatga layoqatliligini saqlash, sog‘liqni saqlash tizimini optimallashtirish va aholining profilaktik tibbiyotga bo‘lgan e’tiborini oshirish bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa jamiyatning umumiy salomatligini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy yukni kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning asoratlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi uchun 210000 so‘mni iqtisod qilish samaradorligini berdi. Tadqiqotning umumiy iqtisodiy samaradorligi — 1 nafar bemor uchun 2100000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: VBY bilan kasallangan bemorlarda neyrovaskulyar buzilishlarni patogenetik davolashni optimallashtirish tufayli kasallik asoratlarini kamaytirish va reabilitatsiyaga sarflanuvchi ortiqcha xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalariga ko‘ra, D vitamini va litiy preparatlarining qo‘shma qo‘llanilishi vertebrobazilyar etishmovchilikka chalingan bemorlarda UZDG ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, vertebral arteriyalarda qon oqimi tezligining oshishiga, turbulentlikning kamayishiga va ekstravazal kompressiyaning pasayishiga olib kelish imkonini ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi 06.01.2025 № 1\2025 sonli buyruq va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.01.2025 № 30 sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘yin umurtkalari degerativ-distrofik kasalliklarda vertebrobazilyar etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda an’anaviy davo terapiyasiga o‘z vaqtida litiy preparatini qo‘shish nevrologik asoratlarni oldini olishga, bosh miyada qon aylanishi buzilishidan keyingi kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtirishga yordam beradi. Li-mikroelementi miqdori pasayishi surunkali VBY da tashvish va depressiya holatlarini keltirib chiqarayotgani kuzatildi. Bu esa vertebrobazilyar sindromi qo‘zg‘olish davrida to‘g‘ri tanlangan patogenetik davolashni amalga oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davolanish muddatini 9–10 kundan 6 kunga qisqartirish orqali, sharoitga ko‘ra shifoxonada qolish to‘lovi 1 nafar bemor uchun 802500 so‘mga kamaytirildi (preyskurant bo‘yicha 1 kun – 127500 so‘m); Davolash muddati qisqarishi tufayli 1 kunda o‘rtacha 140000 so‘mlik dori vositalari iqtisod qilindi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida shakllantirilgan asosiy xulosalar va tavsiyalar turli darajadagi tibbiyot muassasalarida bo‘yin umurtqalari degerativ kasalliklari bilan kechuvchi vertebrobazilyar buzilishlarga ega bemorlarni diagnostika qilish va davolashda qo‘llash uchun mo‘ljallangan yondashuvlar sifatida tavsiya etildi. Ushbu yondashuvlar samaradorlikni oshirish, davolashdan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirish hamda uzoq muddatli davrda kasallikning qayta-lanish xavfini kamaytirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish