Gofurjanov Ibroximjon Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4212
Ilmiy rahbar: Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Mansurbek Raximovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy hodim; Mirzaumidov Asilbek Shuxratjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan samarali takomillashtirilgan tozalash qurilmasining to‘lqinsimon yuzali qaytargich konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash uchun to‘lqinsimon yuzali tebranuvchi qaytargich o‘rnatilgan takomillashtirilgan tozalash qurilmasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tozalagichda paxta bo‘lagini va undan ajralgan chiqindini to‘lqinsimon qaytargich sirti bilan zarbali ta’siridan keyingi tezliklarini ular massasiga, o‘zaro ishqalanish koeffisientiga, tiklanish koeffisienti va boshlang‘ich tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
paxta bo‘lagi va undan ajralgan chiqindini qaytargich bilan zarbali ta’siriga chiquvchi tezligini yuqori bo‘lishini ta’minlashdagi ishqalanish koeffisienti, paxta namligi, boshlang‘ich tezlikka bog‘lig‘lik qonuniyatlari aniqlanib parametrlarining tavsiya qiymatlari asoslangan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalagich rezinali amortizatori egri to‘lqinsimon yuzali qaytargichi siljish va tezlik tebranish qamrovlari qiymatlarini uning massasini o‘zgarishiga, amortizatorning keltirilgan bikirlik va dissipatsiya koeffisientlariga bog‘lig‘lik qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun to‘lqinsimon yuzali tebranuvchi qaytargich bo‘ylab qoziqcha ta’sirini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
Tavsiya etilayotgan paxtani mayda iflosliklardan tozalagich qaytargichining modernizatsiyalangan konstruksiyasi “Art Soft Tex” MChJ qo‘shma korxonasining Mingbuloq paxta tozalash korxonasining paxtani tozalash texnologik jarayonida 1XK paxtani mayda iflosliklardan tozalash va UXK paxtani yirik iflosliklardan tozalagichiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 19.04.2024 yildagi № 03/22-168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada modernizatsiya qilingan tozalagichda paxtani tozalash samaradorligi seriyali tozalagichga (39,1 %) nisbatan 49,6 % ga etkazilishiga, tolaning nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushi amaldagidan 0,7 % ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish