Yo‘ldashev Xasanboy Sulaymon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Arra tishlari profili va tezlik parametrlarining aeromexanik tola tozalash uskunasini samaradorligiga ta’siri”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4473
Ilmiy rahbar: Ergashev Sharibboy Tulanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Nazirjon Muxammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasini tozalash mashinasini arra tishlari konstruksiyasini takomillashtirish orqali tola tozalash jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arra tishlari profili va tezlik parametrlarining aeromexanik tola tozalash uskunasini samaradorligining ishchi silindri arrasi tishlari bilan tola massasi ta’sirlashuv maydoniga bog‘liqligidan kelib chiqib, tola tozalash uskunasi arrasi tishlarini ikki yonga og‘dirish orqali arra tishlari ta’sir maydonini oshirish usuli ishlab chiqilgan; 
aeromexanik tola tozalash uskunasining tozalash uskunasi samaradorligi va uning asosiy ishchi organi bo‘lgan arra tishlari profiliga bog‘liqligini hisobga olgan holda, tishlari ketma-ket, avval, bir tomonga, keyin, ikkinchi tomonga, 1, 2, 3 mm ga og‘dirish orqali tola massasi bilan ta’sirlashuv maydoni oshirilgan ishchi silindri konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
paxta tolasini tozalash jarayoni samaradorligining tozalagich ishchi silindri aylanish chastotasiga bog‘liqligidan kelib chiqib, tolaning ifloslik darajasiga qarab ishchi silindrning aylanish chastotasini boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;  
paxta tolasini aeromexanika usulda tozalash uskunasi samaradorlik ko‘rsatkichlari ishchi silindirining tezlik parametrlari va arrasi tishlari profiliga bog‘liqlikni hisobga olgan holda, arrasi tishlarini qadam va qadam ikki yonga og‘dirilgan va aylanish chastotasi invertor yordamida boshqariladigan tola tozalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori tozalash samaradorligiga ega bo‘lgan tola tozalagichni arra tishi profillari takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalar asosida:
to‘g‘ri oqimli, arrali silindriga ega bo‘lgan tola tozalash uskunasi “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2024 yil 20 noyabrdagi № 03-25/3125 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tola tozalash uskunasining tozalash samaradorligi 10% ga oshishi va chiqindi tarkibidagi tola miqdori 3 % ga kamayishi hamda tola sifat ko‘rsatkichi bir nav yuqoriga ko‘tarilishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish