Qurbonov Azamat Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Yirik sug‘orish nasos stansiyalari bosimli quvurlari ekspluatatsion samaradorligini oshirish», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4779
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, Norqulov Behzod Eshmirzaevich, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03. raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samadovich– Qarshi davlat texnika unversiteti “ Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari” kafedrasi mudiri,texnika fanlari doktori, professor Suyunov Javlon Sheralievich – Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (SamDAQU) texnika fanlar falsafa doktori
Yetakchi tashkilot Toshkent davlat arxitektura –qurilish unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yirik sug‘orish nasos stansiyalari bosimli quvurlari tizimi ekspluatatsion samaradorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaskad nasos stansiyalari ish rejimlarini yaxshilash usuli oraliq kanallardagi suv sathlarini o‘zgarish dinamikasini inobatga olib ishlab chiqilgan;
nasos stansiyalari binolari mustahkamligi ta’minlashda drenaj nasoslar samaradorligi oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yirik sug‘orish nasos stansiyalari avankamerasi va binolarida loyqa suvlarni tozalashda quvurlardagi suv oqimini hisoblash dasturi asosida suvni etkazib berishni hisobga olish usuli ishlab chiqilgan;
sug‘orish nasos stansiyalarida oqimchali nasos qurilmasini konstruktiv elementlari, yuqori b’efdagi suv sathi va bosimli quvur naporini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarshi magistral kanali nasos stansiyasida o‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlari natijalariga asoslanib, quvurlarning ekspluatatsion samaradorligini oshirish asosida:
Nasos stansiyalari ish rejimlarini yaxshilash uchun bosimli quvurlardan chiqqan suvlarni isrofini oldini olish texnologiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Karshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 05/27-3067-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasidani suv isrofi kamaygan bino va inshootlarga filtratsion suvlarning ta’siri oldi olingan.
Nasos stansiyalari binolari mustahkamligi ta’minlashda drenaj nasoslar samaradorligi oshirish texnologiyasi Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 05/27-3067-sonli ma’lumotnomasi). Natija drenaj nasos agregatlari tizimini xavfsiz ishlashi va elektr energiyasini tejash imkoniyati yaratilgan.
Yirik nasos stansiyasida suvni etkazib berishni xisobga olish usuli Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 05/27-3067-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos agregatlarini va bosimli quvur ekspulatatsion rejimini baxolash imkoniyati yaratilgan.
Nasos stansiyasi yuqori b’efdagi suv sathi va bosimli quvur naporini inobatga olib sug‘orish nasos stansiyalarida konstruktiv elementlari takomillashtirilgan oqimchali nasos qurilmasi Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 05/27-3067-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyalaridagi drenaj qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlash, shuningdek, suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish, nasos stansiyasi binolaridagi filtratsion suvlarni chiqarish imkoniyati yaratilgan.