Qayumova Lobar Shodimurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Engil sanoat rangli oqova suvlarini ultrafiltratsiya usulida tozalashni tadqiq etish», 05.09.04- Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2150.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari nomzodi, Juraev Olmos Jonikulovich, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03. raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Umbarov Ibrogim Amonovich – Termiz davlat unversiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘lim boshlig‘i, professor, texnika fanlari doktori; Yakubov Kutfiddin Aslievich, texnika fanlari nomzodi, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Engil sanoat rangli oqova suvlarini tozalashda zamonaviy statik membranalarga makkajo‘xori kraxmalini oqova suv tarkibiga qo‘shish orqali dinamik membrana hosil qilib, ekologik jihatdan samarali texnologiyani ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
statik membranalarni polimer qo‘shimchalar hisobiga tavsifini yaxshilash uchun makkajo‘xori kraxmalidan dinamik membrana hosil qilib, rangli engil sanoat oqova suvlarini tozalashning texnologik sxemasi ishlab chiqildi;
statik membranalarni boshlang‘ich filtrlash qobiliyati dinamik membranalar hisobiga tiklandi va ishlash samaradorligi oshirish orqali takomillashtirildi;
statik membranalar g‘ovakliklari dinamik membrana hisobiga to‘liq bitib qolmasligi hamda membrananing uzlyuksiz muddatga ishlash unumdorligi oshirish orqali takomillashtirildi;
engil sanoat korxonalarining oqova suvlarini tozalashda ultrafiltratsiya usuli hamda dinamik membrananing barqaror ishlash mexanizmi yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil sanoat rangli oqova suvlarini ultrafiltratsiya usuli va dinamik membrana yordamida tozalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijalarini amalda qo‘llash ishlari doirasida makkajo‘xori kraxmalidan dinamik membrana hosil qilinib, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Jizzax Industrial To‘qima” MChJ korxonasida sinovdan o‘tkazildi. Bunda engil sanoat oqova suvlarini ultrafiltratsiya usulidan foydalangan holda tozalash joriy etildi (O‘zto‘qimachiliksanoati uyushmasining 2023-yil 18-dekabrdagi 03/25-2664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada statik membrana filtrlarining ishlash davomiyligini oshirish imkoniyati yaratildi;
engil sanoat oqova suvlarini ultrafiltratsiya usuli bilan tozalash orqali tabiiy suv sarfini kamaytirish ishlari Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani “Surxonteks” MChJ korxonasida joriy etildi (O‘zto‘qimachiliksanoati uyushmasining 2023-yil 18-dekabrdagi 03/25-2664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, engil sanoat korxonasining oqova suvlarini ultrafiltratsiya usuli bilan samarali tozalash imkoniyati yaratildi;
makkajo‘xori kraxmalidan dinamik membrana hosil qilib, ranglangan oqova suvlarni tozalash texnologik sxemasi ishlab chiqildi va Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani “Sherobodtekstilinvest” MChJ korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoati uyushmasining 2023-yil 18-dekabrdagi 03/25-2664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Sherobodtekstilinvest” MChJ korxonasida ishonchli va samarali usulda dinamik membrana yordamida oqova suvlarni chuqur tozalab, tozalangan suvni texnologik jarayonda qayta ishlatish imkoniyati yaratildi;
engil sanoat korxonalarining oqova suvlarini tozalashda ultrafiltratsiya usuli va dinamik membrananing ish faoliyatini qayta tiklash mexanizmi mukammal asoslab berildi. Ushbu usul Buxoro viloyati, Kogon tumani “Ozod Buxoro Tekstil” MChJ korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoati uyushmasining 2023-yil 18-dekabrdagi 03/25-2664-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Ozod Buxoro Tekstil” MChJ korxonasida oqova suvlarni chuqur tozalashda makkajo‘xori kraxmalidan oddiy usulda statik membranalarda dinamik membrana hosil qilinib, uning asosida tozalangan texnik oqova suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratildi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish