Vosiqov Ulug‘bek Alisher o‘g‘lining
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatdan foydalanish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazaryasi” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 338.2:364.662(575.1)+330.564.2:336.221(575.1)
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Toshkent xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi bir martalik Ilmiy kengash,, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Ixtiyor Ochilovich fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatdan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat byudjetidan ijtimoiy himoyani moliyalashtirishda jinslar kesimida tizimli yondashuvni joriy etish orqali ijtimoiy dasturlar samaradorligini oshirish va manzilli yordamni kuchaytirish asoslab berilgan;
jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda yosh, jinsi kabi demografik, hamda ta’lim darajasi kabi ijtimoiy omillarni inobatga olgan differensiallashtirilgan yondashuvni joriy etish orqali davlat byudjetining daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish taklif etilgan;
oliy ta’lim talabalarining kunlik xarajatlarini qoplashga qaratilgan ijtimoiy-moliyaviy dasturlarni oilaviy daromad darajasi va talabaning uyidan uzoqlik masofasiga teskari proporsional ravishda targetlash orqali mazkur dasturlar samaradorligini oshirish taklif etilgan;
nodavlat ta’lim tizimida kam ta’minlangan aholi qatlami farzandlarini ham qamrab olishni nazarda tutuvchi vaucherli moliyalashtirish tizimini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning inson kapitali omili ustuvorligi asoslangan;
aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatning joriy, qisqa va uzoq muddatli konseptual yondashuvini qo‘llash orqali aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish imkoniyatlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda aholii daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatdan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat byudjetidan ijtimoiy himoyani moliyalashtirishda jinslar kesimida tizimli yondashuvni joriy etish orqali ijtimoiy dasturlar samaradorligini oshirish va manzilli yordamni kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respulikasi 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasiing ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1014-son Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan oltmish to‘rtinchi qismni shakllantirishga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining 5-bandi 3-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 18-apreldagi 3/dn-75-son dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 6 maydagi 03/03-1291-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ayollarning ta’lim olishdagi ulushi 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 2,2 foizga oshirishga erishilgan.
jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda yosh, jins kabi demografik, hamda ta’lim darajasi kabi ijtimoiy omillarni inobatga olgan differensiallashtirilgan yondashuvni joriy etish orqali davlat byudjetining daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish taklifi 2024-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1013-son Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan ellik ikkinchi qismni shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining 9-bandi 23-xatboshisi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 18-apreldagi 3/dn-75-son dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025 yil 6 maydagi 03/03-1291-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kambag‘al oila farzandlarining yashash xarajatlari qoplashning normativ asoslari yaratilgan.
oliy ta’lim talabalarining kunlik xarajatlarini qoplashga qaratilgan ijtimoiy-moliyaviy dasturlarni oilaviy daromad darajasi va talabaning uyidan uzoqlik masofasiga teskari proporsional ravishda targetlash orqali mazkur dasturlar samaradorligini oshirish taklifi 2024-yil 7-sentyabrdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-957-son Qonun bilan Byudjet kodeksining 70-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 18-apreldagi 3/dn-75-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirish natijasida ijtimoiy-moliyaviy dasturlar resurslarini manzilli taqsimlash ta’minlanib, ta’lim olish imkoniyatlarida tenglikka erishish va talabalarning moddiy barqarorligi yuksalishi kutilmoqda.
nodavlat ta’lim tizimida kam ta’minlangan aholi qatlami farzandlarini ham qamrab olishni nazarda tutuvchi vaucherli moliyalashtirish tizimini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning inson kapitali omili rolini oshirish taklifi 2024-yil 24-dekabrdagi “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-1012-son Qonunning 1-moddasi 4-bandini (3-ilovaning 15-bandiga ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larni oshirishni nazarda tutgan o‘zgartirishlarni) shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining 9-bandi 23-xatboshisi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 18-apreldagi 3/dn-75-son dalolatnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025 yil 6 maydagi 03/03-1291-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kambag‘al oila farzandlarining yashash xarajatlari qoplashning normativ asoslari yaratilgan.
aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatning joriy, qisqa va uzoq muddatli konseptual yondashuvini qo‘llash orqali aholi turmush darajasi va farovonligini oshirishga doir taklifi 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi-ning Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-son Qonunning 2-moddasi oltinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 18-apreldagi 3/dn-75-son dalolatnomasi). Natijada, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga chet el manbalaridan (chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan) ajratiladigan grant mablag‘larining belgilangan miqdorlari ko‘paytirishga erishish kutilmoqda.