Djumanazarova Zilola Obidjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal.1049
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdulazizov Abduvoxid Xabibullaevich cotsiologiya fanlari nomzodi, v.b.professor
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich falsafa fanlari doktori, professor, Miraxmedov Jaxongir Muxsinovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi talaba yoshlarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limda vatanparvarlik hissini rivojlantirishning institusional tizimlarini konseptualizatsiyalash, yoshlarda ratsional aksiologik tafakkurni mustahkamlab, globallashuv sharoitida ma’naviy barqarorlikni ta’minlash va avlodlararo vorisiylikni belgilashda an’anaviylik va zamonaviylikning dixotomik uzviyligini aks ettirishi falsafiy asoslangan;
globallashuv sharoitida vatanparvarlik fenomeni talaba yoshlarda g‘oyaviy birdamlik immuniteti va aksiologik sodiqlik ko‘nikmalari mustahkamlovchi milliy o‘ziga xoslik tuyg‘usining konstruktiv ifodasi sifatida jamiyat ijtimoiy mohiyatini belgilovchi aksiologik faoliyat mexanizmlarining markaziy sub’ekt ekanligi isbotlangan
aksiologik transformatsiya jarayonlarida vatanparvarlik tuyg‘usi sakral mazmundagi steriotiplar makon va zamon ta’sirida desakrallashishi orqali, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik determinizmni ta’minlashga olib kelishi aniqlangan;
talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish infosfera va virtuallizatsiya jarayonida paydo bo‘luvchi ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi) xususiyatlarini bartaraf etuvchi sotsiomadaniy faoliyatning aksiologik iepapxiyasi (ong – qadriyat – faoliyat birligi) ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ta’limda vatanparvarlik hissini rivojlantirish jarayonini konseptualizatsiyalash, yoshlarda ratsional aksiologik tafakkurni mustahkamlashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil uchun Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar dasturining IV yo‘nalishi bo‘yicha 18-bandni tashkil qilish va amalga oshirishda foydalanilgan: “Yoshlar orasida yuqori vatanparvarlikni, milliy g‘ururni rivojlantirish, harbiylar, Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatan himoyasi g‘oyasini eng sharafli burch sifatida keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash” ga doir tarhibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotnomasi, 2024-yil 25-noyabrdagi 2/3050-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida milliy ma’naviy barqarorlikni ta’minlovchi faol fuqarolik pozisiyasini shakllantiruvchi falsafiy diterminant ekanligi ochib berilgan talaba yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik hissini shakllantirish hamda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qilgan;
vatanparvarlik fenomen sifatida talaba yoshlarda g‘oyaviy birdamlik immuniteti va aksiologik sodiqlik ko‘nikmalari shakllantirishga oid ilmiy xulosalardan "O‘zbekiston"teleradiokanali Davlat muassasasi tomonidan 2024-yil fevral va sentyabr oylarida efirga uzatilgan "O‘zbekiston yoshlari", "Ta’lim va taraqqiyot", "Millat va ma’naviyat" dasturlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan ("O‘zbekiston teleradiokanali "Davlat muassasasining 2024 -yil 22- oktyabrdagi 04-36-1130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va dasturlarning mazmunini oshirish hamda , turli xarakterga ega yoshlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobilyatini rivojlantirishi orqali ularda milliy o‘ziga xoslikni saqlab qolish va mamlakatning global raqobatbardoshligining asosiy manbai ekanligi ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish jarayonining hozirgi holatini praksiologik nuqtai-nazardan tahlil qilinib, yoshlar o‘rtasida vatan tuyg‘usining rivojlanish darajalarini belgilashga doir ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil uchun Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar dasturining IV yo‘nalishi bo‘yicha 18-bandni tashkil qilish va amalga oshirishda foydalanilgan: “Yoshlar orasida yuqori vatanparvarlikni, milliy g‘ururni rivojlantirish, harbiylar, Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatan himoyasi g‘oyasini eng sharafli burch sifatida keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash” ga doir tarhibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotnomasi, 2024-yil 25-noyabrdagi 2/3050-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud davlat boshqaruv strukturasining immanent xususiyatlari va oilada vatanparvarlik tarbiyasi strategiyalariga ta’sir etuvchi va o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari va ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasidagi mavjud qarama-qarshilik bilan belgilanadigan ob’ektiv omillarni ochib berishga xizmat qilgan;
talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasida ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi)ni bartaraf etishiga doir taklif va tavsiyalaridan "O‘zbekiston"teleradiokanali Davlat muassasasi tomonidan 2024-yil fevral va sentyabr oylarida efirga uzatilgan "O‘zbekiston yoshlari", "Ta’lim va taraqqiyot", "Millat va ma’naviyat" dasturlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan ("O‘zbekiston teleradiokanali "Davlat muassasasining 2024 -yil 22- oktyabrdagi 04-36-1130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyati taraqqiyotini ta’minlovchi sotsiomadaniy faoliyatning aksiologik iepapxiyasi (ong – qadriyat – faoliyat birligi)ni aniqlashga xizmat qilgan.