Tairova Madina Ilxom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p parametrli ul`tratovushning tuxumdon saratoni tashxisi va bosqichidagi roli» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3 PhD/Tib3864.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi bir martalik ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori; Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiet universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinali o‘qitish usullari yordamida yaratilgan ul`trasonografik skoring prognostik modellardan foydalangan holda tuxumdon o‘smalarini differensial tashxislash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dopplerografiya ma’lumotlari asosida izolyasiyalangan sonografik belgilari bu o‘lchami, shakli, papillyar o‘siqlarining qalinligi va vaskulyarizatsiya darajasiga ko‘ra, tuxumdon o‘smalarining xavfsiz yoki xavflilik tabiati ko‘rsatkichlarni yagona prognostik model orqali noinvaziv kompleks integratsiya aniqlash usuli takomillashtirilgan;
tuxumdon saratonini exografik prediktiv skoring modellarini tuzishning asosida barcha bosqichlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi tashxis xulosasida sub’ektiv omil ta’sirini kamaytirish hisobiga ul`tratovush tuxumdon o‘smalari diagnostikasida mul`tiparametrik mashinali o‘qitishdan foydalanish asoslangan.
ilk bor tuxumdon saratonini diagnostikasida modelning ishonchliligi va uning ortiqcha moslashuvidan qochishni ta’minlanlovchi belgilarni bosqichli qayta tanlab oluvchi Wrappers backward selection featuresni usuli qo‘llash yo‘li bilan vizualizatsiyalangan tuxumdon o‘smasining havflilik indeksining prediktorlari aniqlangan;
tuxumdon saratonini sonografik mul`tiparametrik ul`tratovush skoring tizimlar bilan avtomatlashtirilgan tanlab olish va yagona prognostik modelga integratsiya qilish hisobiga yuqori va past darajali xavfli o‘smalarni 12 ta an’anaviy sonografik indikativ diskriminatsion hususiyatli belgilar ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/05-son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: dopplerografiya ma’lumotlari asosida izolyasiyalangan sonografik belgilari bu o‘lchami, shakli, papillyar o‘siqlarining qalinligi va vaskulyarizatsiya darajasiga ko‘ra, tuxumdon o‘smalarining xavfsiz yoki xavflilik tabiati ko‘rsatkichlarni yagona prognostik model orqali noinvaziv kompleks integratsiya aniqlash usuli takomillashtirilganligi 2024 yil 19 iyuldagi №80-h-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali va 2024 yil 12 sentyabrdagi №N02-05/237-sonli buyruq bilan shu markazning Farg‘ona filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 15 yanvardagi №11/05-sonli guvohnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: sun’iy intellekt modellarini qo‘llash, ayniqsa yuqori texnologik vizual tekshiruvlarga kirish imkoniyati cheklangan sharoitlarda, dastlabki bosqichdayoq diagnostika aniqligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bu davolashni o‘z vaqtida boshlashga, diagnostik xatolar xavfini kamaytirishga, hududlarda bemor ayollar uchun aniq xulosaning dostupligini oshirishga va shifokorlar yukini engillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: prognoz modelini joriy etish qimmatbaho tekshiruvlar (KT, MRT)ga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 173 nafar bemor tekshirilganida 34 million so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilingan. Asossiz jarrohlik aralashuvlari va takroriy tekshiruvlar sonining kamayishi sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi. Xulosa: ishlab chiqilgan model` klinik va iqtisodiy samaradorligini isbotladi, bu esa tashxis qo‘yish aniqligini oshirish va resurslar cheklangan sharoitlarda asossiz aralashuvlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tuxumdon saratonini exografik prediktiv skoring modellarini tuzishning asosida barcha bosqichlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi tashxis xulosasida sub’ektiv omil ta’sirini kamaytirish hisobiga ul`tratovush tuxumdon o‘smalari diagnostikasida mul`tiparametrik mashinali o‘qitishdan foydalanish asoslanganligi 2024 yil 19 iyuldagi №80-h-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali va 2024 yil 12 sentyabrdagi №N02-05/237-sonli buyruq bilan shu markazning Farg‘ona filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 15 yanvardagi №11/05-sonli guvohnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: qayta o‘rgatishga chidamli modellarning yaratilishi barqaror va takrorlanadigan diagnostika imkoniyatini ta’minlaydi, bu esa shifokorning sub’ektiv tajribasidan qat’i nazar amaliyotga joriy etishni osonlashtiradi. Bu, ayniqsa, mutaxassislar tayyorgarlik darajasi va jihozlar sifati turlicha bo‘lgan hududiy tibbiyot muassasalari uchun juda muhim. Exografik ma’lumotlarni ishonchli avtomatlashtirilgan talqini tashxisdagi xatolar sonini kamaytirishga va UTTni o‘smalarni dastlabki bosqichda aniqlashda asosiy usul sifatida ishonchni oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: eng axborotli belgilarni tanlab olish orqali ortiqcha parametrlar hajmini kamaytirish mumkin bo‘ldi, bu esa ma’lumotlarni qayta ishlash vaqti va takroriy tekshiruvlar ehtiyojini kamaytirdi. Qayta o‘rgatish kamayishi va modellar aniqligining oshishi natijasida qimmatbaho vizualizatsiya usullarini qo‘llashga ehtiyojsiz barqaror natijalarga erishildi. Bu texnik jihatdan etarli jihozlanmagan muassasalarda resurslarni tejash imkonini beradi. Xulosa: maksimal dolzarblik va minimal o‘zaro bog‘liqlik mezoni asosida belgilar tanlovi algoritmiga asoslangan holda ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan modellar tuxumdon o‘smalarining UTT-diagnostikasini aniq, ishonchli va takrorlanadigan qilishga xizmat qiladi hamda klinik qarorlarni samarali qabul qilish va sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga hissa qo‘shadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor tuxumdon saratonini diagnostikasida modelning ishonchliligi va uning ortiqcha moslashuvidan qochishni ta’minlanlovchi belgilarni bosqichli qayta tanlab oluvchi Wrappers backward selection featuresni usuli qo‘llash yo‘li bilan vizualizatsiyalangan tuxumdon o‘smasining havflilik indeksining prediktorlari aniqlanganligi 2024 yil 19 iyuldagi №80-h-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali va 2024 yil 12 sentyabrdagi №N02-05/237-sonli buyruq bilan shu markazning Farg‘ona filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 15 yanvardagi №11/05-sonli guvohnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy UTT imkoniyatlarini miqdoriy ko‘rsatkichlar va ko‘p parametrli xarakteristikalarni integratsiya qilish orqali kengaytirish, tashxisni yanada aniq va qo‘l etadigan qilish imkonini beradi, jumladan, olis hududlar va birinchi zveno sog‘liqni saqlash muassasalarida ham. Bu tashxis qo‘yish vaqtining qisqarishi va davolashni o‘z vaqtida boshlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho vizualizatsiya usullariga (KT, MRT) bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, bemor ayollarni tekshirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Yaxshilangan ul`tratovush yondashuvidan foydalanilgan holda diagnostika kamroq resurs talab qiladi, biroq shu bilan birga solishtirma aniqlikni ta’minlaydi, bu esa byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimida ayniqsa muhimdir. Xulosa: ul`tratovushning miqdoriy indekslarini kompleks tekshiruvga integratsiya qilish tashxisning ishonchliligini oshiradi, qo‘shimcha usullarga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytiradi va tibbiy xizmat sifatini yo‘qotmasdan resurslar tejalishiga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tuxumdon saratonini sonografik mul`tiparametrik ul`tratovush skoring tizimlar bilan avtomatlashtirilgan tanlab olish va yagona prognostik modelga integratsiya qilish hisobiga yuqori va past darajali xavfli o‘smalarni 12 ta an’anaviy sonografik indikativ diskriminatsion hususiyatli belgilar ekanligi asoslanganligi, 2024 yil 19 iyuldagi №80-h-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali va 2024 yil 12 sentyabrdagi №N02-05/237-sonli buyruq bilan shu markazning Farg‘ona filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 15 yanvardagi №11/05-sonli guvohnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: differensial diagnostika aniqligining oshishi shubhali holatlar sonini kamaytirish va asossiz jarrohlik aralashuvlari ulushini qisqartirishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, tuxumdondagi noaniq yoki shubhali hosilalarga ega bo‘lgan bemor ayollarni ehtiyotkorlik bilan, xavfsiz va aniq yondashishni ta’minlash uchun muhimdir, xususan, murakkab tashxis usullariga ega bo‘lmagan tibbiyot muassasalarida. Iqtisodiy samaradorligi: keraksiz operatsiyalar va invaziv manipulyasiyalar sonini kamaytirish, davolash, gospitalizatsiya va jarrohlikdan keyingi tiklanish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, noto‘g‘ri qo‘yilgan tashxislar sonining kamayishi jihozlar va mutaxassislar mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga hissa qo‘shadi. Xulosa: yaratilgan ul`tratovush modellari klinik amaliyotda yuqori samaradorlikka ega ekanini tasdiqlaydi, bu esa tashxis noaniqligini kamaytirish va tuxumdon o‘smasiga ega bemor ayollarni davolashda aniq, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan asoslangan taktikani ta’minlash imkonini beradi.