Namozova Dilorom Tursunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8248.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodir Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Rauf Gafurovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetentligi milliy identiklikni rivojlantirish ta’sirchanlik darajasi barqarorligining refleksiv uzviyligini ta’lim jarayoniga integratsiyalashni ta’minlash hamda talabalarda musiqa san’ati va ta’limiga bo‘lgan ijodkorlik hissini oshirishning kreativ mexanizmlari ijodiy, natijaviylik, emotsionallik, rivojlantiruvchi ta’lim tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
musiqiy pedagogik jarayonni kreativlik mezoni asosida tinglash psixologik, metodik, informatsion, innovatsion ijtimoiy jarayonda muloqotning individuallik xususiyatlariga ko‘ra kognitiv yondashuvning musiqiy baholash, qiyoslash va o‘zaro bog‘lash jarayon mexanizmlari orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli o‘qitishning texnik vositalari hamda uslubiy materiali ustida ishlashga doir didaktik tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligi, muloqot jarayonida musiqiy tafakkur rivoji, intonatsion musiqiy jumlani farqlashi, interfaol metodlardan to‘g‘ri foydalanishga oid kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida talabalarning o‘z-o‘zini baholash mezonlari takomillashtirilgan;
talabalarning o‘z-o‘zini kreativ kompetentlik rivojlantirish samaradorligi musiqiy, ilmiy-nazariy ishlarni eshitish imkonini beruvchi mezonlar refleksiv, intonatsion, motivatsion hamda shaxsiy rivojlanishning individual va tanqidiy fikrlash jarayonlar mutanosibligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetentligi milliy identiklikni rivojlantirish ta’sirchanlik darajasi barqarorligining refleksiv uzviyligini ta’lim jarayoniga integratsiyalashni ta’minlash hamda talabalarda musiqa san’ati va ta’limiga bo‘lgan ijodkorlik hissini oshirishning kreativ mexanizmlari ijodiy, natijaviylik, emotsionallik, rivojlantiruvchi ta’lim tizimiga ustuvorlik berishiga oid ma’lumotlar “Musiqa o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi va kreativligi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-259-son nashr ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish shart-sharoitlari va imkoniyatlariga ega bo‘lganlar;
musiqiy pedagogik jarayonni kreativlik mezoni asosida tinglash psixologik, metodik, informatsion, innovatsion ijtimoiy jarayonda muloqotning individuallik xususiyatlariga ko‘ra kognitiv yondashuvning musiqiy baholash, qiyoslash va o‘zaro bog‘lash jarayon mexanizmlariga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 19-dekabrdagi 04-11-9146-son dalolatnoma). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish shart-sharoitlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli o‘qitishning texnik vositalari hamda uslubiy materiali ustida ishlashga doir didaktik tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligi, muloqot jarayonida musiqiy tafakkur rivoji, intonatsion musiqiy jumlani farqlashi, interfaol metodlardan to‘g‘ri foydalanishga oid kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida talabalarning o‘z-o‘zini baholash mezonlariga doir taklif va tavsiyalar “Farg‘ona viloyati teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Xayrli kun”, “Yoshlar vaqti” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarida foydalanilgan (“Farg‘ona viloyati teleradiokanalining 2025-yil 7-apreldagi 92-son ma’lumotnoma). Natijada teletomoshabinlar “Musiqa o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi va kreativligi” fani doirasida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga oid fikr va mulohazalari borasidagi ma’lumotlarga ega bo‘lganlar;
talabalarning o‘z-o‘zini kreativ kompetentlik rivojlantirish samaradorligi musiqiy, ilmiy-nazariy ishlarni eshitish imkonini beruvchi mezonlar refleksiv, intonatsion, motivatsion hamda shaxsiy rivojlanishning individual va tanqidiy fikrlash jarayonlar mutanosibligini aniqlashiga doir O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2025-yil 4-apreldagi 01-05/04-67/1-son ma’lumotnoma). Pirovardida  yosh kompozitorlar, musiqashunoslar bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini kreativ kompetentliligini rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan muayyan tasavvurlarga ega bo‘ldilar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish