To‘raev Odiljon Bektemir o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat transformatsiyasi sharoitida ijtimoiy xavfsizlikka ta’sir qiluvchi sotsial omillar” 22.00.02 – “Ijtimoiy tizim, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” va 23.00.05 – “Milliy xavfsizlikning tizimli tahlili va istiqbolini belgilash muammolari” (sotsiologiya fanlari) ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/S78
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.30.11.2021. Ss/I.89.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matibaev Taspulat Boltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduramanov Hamid Xudayberganovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor Karimov Bobir Sharopovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonava Manzura Manofovna.
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jamiyat transformatsiyasi sharoitida sotsial omillarning ijtimoiy xavfsizlik holatiga ijobiy ta’sirini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘rta ta’limda ta’lim sifatini oshirishda YuNESKOning “ta’limning xalqaro standart tasniflagichi ISCED-2011 (International Standard Classification of Education)” dasturidagi inklyuziv to‘siqsiz muhit, qobiliyatlarni erta aniqlash, progmatik o‘zini-o‘zi rivojlantirish tamoyillarini joriy qilish orqali umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ijtimoiy xavflar va tahdidlarni profilaktika qilish imkoniyatlari indikativ yondashuv usuli asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy xavfsizlikka obektiv va subektiv ta’sirlar darajasi, tahdid manbalari, intensivligi, ehtimoliy oqibatlarining sotsial konstruksiyaga asoslangan holda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga oid dasturlar va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish vakolatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berish zarurati asoslantirilgan;
ijtimoiy sug‘urta tizimini yo‘lga qo‘yish orqali fuqarolik va sotsial institutlar (oila, mahalla, bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash)ni yaxlit mexanizm holatiga keltirish hamda ijtimoiy davlatning asosiy komponentlari sifatida jamiyatni transformatsiyalovchi katalizatorligi isbotlangan;
ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni yil davomida oshirib borishda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda indeksatsiya qilish tartibini joriy qilish orqali ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xavflarni profilaktikasini negativ statik holdan pozitiv dinamik holga o‘tkazish mumkinligi dalillangan;
O‘zbekistonning ijtimoiy davlatga transformatsiyasi sharoitida sotsial omillar (demografik, bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya) ning ijtimoiy xavfsizlikka ta’sirini obektiv va subektiv hamda integral metodikalar asosida baholash orqali ijtimoiy xavfsizlikka tahdidlarning 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda jamiyat transformatsiyasi sharoitida sotsial omillarning ijtimoiy xavfsizlikka ta’sirini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta ta’limda ta’lim sifatini oshirishda YuNESKOning “ta’limning xalqaro standart tasniflagichi ISCED-2011 (International Standard Classification of Education)” dasturidagi inklyuziv to‘siqsiz muhit, qobiliyatlarni erta aniqlash, progmatik o‘zini-o‘zi rivojlantirish tamoyillarini joriy qilish orqali umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ijtimoiy xavflar va tahdidlarni profilaktika qilish imkoniyatlari indikativ yondashuv usuli asosida takomillashtirishga takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi PF-37-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish” yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 3 bandida belgilangan vazifalarni ishlab chiqishda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-sonli “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2024-yil 27-martdagi 157-sonli “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1 bandida belgilangan vazifalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-maydagi 04-27-1176-sonli ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida ta’lim infratuzilmasining demografik bosimga bardoshlilik darajasini oshirish, ta’lim standartlarini xalqaro mezonlar asosida shakllantirish imkonini berib, ehtimoliy salbiy oqibatlarni baholash orqali ijtimoiy xavfsizlikka salbiy ta’sirini minimallashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy xavfsizlikka obektiv va subektiv ta’sirlar darajasi, tahdid manbalari, intensivligi, ehtimoliy oqibatlarining sotsial konstruksiyaga asoslangan holda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga oid dasturlar va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish vakolatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berishga oid takliflaridan 2024-yil 18-oktyabrda qabul qilingan “Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-977-son Qonunning 5-moddasi bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuniga yangi kiritilgan 61-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining 2025-yil 14-martdagi 21/01-04-sonli dalolatnomasi) Bu, o‘z navbatida, manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishni kuchaytirishga, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy sug‘urta tizimini yo‘lga qo‘yish orqali fuqarolik va sotsial institutlar (oila, mahalla, bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash)ni yaxlit mexanizm holatiga keltirish hamda ijtimoiy davlatning asosiy komponentlari sifatida jamiyatni transformatsiyalovchi katalizatori bo‘lishi mumkinligiga oid ma’lumotlaridan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi (Sug‘urtalangan shaxsning huquq va majburiyatlari) da ko‘zda tutilgan huquqiy normani ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining 2025-yil 14-martdagi
21/01-04-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 14-fevraldagi 3-18-21-2947-sonli ma’lumotnomasi);
ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni yil davomida oshirib borishda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda indeksatsiya qilish tartibini joriy qilish orqali ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xavflarni profilaktikasini negativ statik holdan pozitiv dinamik holga o‘tkazishga oid takliflari 2024-yil 18-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-922-son Qonunning 2-moddasi bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonunning 49-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining 2025-yil 14-martdagi 21/01-04-sonli dalolatnomasi) Bu O‘zbekistonning ijtimoiy davlat prinsipini hayotga tatbiq etilishini ta’minlab, pensionerlarning moddiy farovonligini yanada yuksaltirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning ijtimoiy davlatga transformatsiyasi sharoitida sotsial omillar (demografik, bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya) ning ijtimoiy xavfsizlikka ta’sirini obektiv va subektiv hamda integral metodikalar asosida baholash orqali ijtimoiy xavfsizlikka tahdidlarning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan “Ijtimoiy xavfsizlik” va “Iqtisodiy xavfsizlik” o‘quv qo‘llanmalarining II bobi hamda “Ijtimoiy xavfsizlik” o‘quv qo‘llanmasining IV, V, VII boblarini, “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi” darsligining VI bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2025 yil 22-martdagi 29/2104 sonli ma’lumotnomasi). Bu jamiyat transformatsiyasi sharoitida sotsial omillar bilan bog‘liq milliy manfaatlarni tizimlashtirish orqali potensial va real tahdidlarni bartaraf etishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish imkonini bergan.