Xusanova Malohat Mengnorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13–Menejment va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4804
Ilmiy rahbar: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura - qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02. 
Rasmiy opponentlar: Tursunov Sherzod Abduqodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xasanov Toxir Abdurashidovich, iqtisodiyot doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmilarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy- taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida boshqaruv jarayonlari samaradorligini bozor dastaklari vositasida kompleks baholash uslubiyoti korxonadagi biznes jarayonlarining rang va vazn ko‘rsatkichlari asosidagi umumlashgan bahoni «samarasiz» (0 < UBs ≤ 0,2), «past samarali» (0,3 ≤ UBps ≤ 0,5), «samarali» (0,6 ≤ UBsam ≤ 0,8), «yuqori samarali» (0,8 ≤ UBs ≤ 1,0) oraliq mezonlar doirasida joriy etish asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida boshqaruv strategiyalarini VRIO (ahamiyatli, noyob, tajribani o‘zlashtirish va tashkilot) tahlili bo‘yicha moliyaviy, mehnat va aktivlarining holatini aks ettiruvchi matrisa ko‘rsatkichlari «raqobat zaifligi», «raqobat pariteti», «vaqtinchalik raqobatdosh ustunlik», «ishlatilmagan raqobatdosh ustunlik», «uzoq muddatli va barqaror raqobatdosh ustunlik» mezonlari bo‘yicha (VRIO = 0 - 4 ball) miqdoriy baholash orqali takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqaruvning vazifalari, funksiyalari hamda usullari orasidagi bog‘lanishlar optimalligini bozor kon’yunkturasi tebranishlariga muvofiq o‘zgartirish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda qayta ishlash sanoati tarmoqlariga jalb etilgan investisiyalar hajmi, sanoat tarmoqlaridagi bandlar soni, sanoat tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni, kichik biznesning sanoat mahsulotidagi ulushi va sanoat tarmog‘idagi mehnat unumdorligini o‘z ichiga oluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida yalpi sanoat mahsuloti hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sanoat korxonalarida boshqaruv jarayonlari samaradorligini bozor dastaklari vositasida kompleks baholash uslubiyoti korxonadagi biznes jarayonlarining rang va vazn ko‘rsatkichlari asosidagi umumlashgan bahoni «samarasiz» (0 < UBs ≤ 0,2), «past samarali» (0,3 ≤ UBps ≤ 0,5), «samarali» (0,6 ≤ UBsam ≤ 0,8), «yuqori samarali» (0,8 ≤ UBs ≤ 1,0) oraliq mezonlar doirasida joriy etish asosida takomillashtirilgan taklifi, O‘zbekiston savdo - sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2025 yil 17 fevraldagi 04-07-27-1826-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turli sanoat tarmoqlariga tegishli bo‘lgan korxonalarda boshqaruv samaradorligi darajasini taqqoslama tahlil etish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarida boshqaruv strategiyalarini VRIO (ahamiyatli, noyob, tajribani o‘zlashtirish va tashkilot) tahlili bo‘yicha moliyaviy, mehnat va aktivlarining holatini aks ettiruvchi matrisa ko‘rsatkichlari «raqobat zaifligi», «raqobat pariteti», «vaqtinchalik raqobatdosh ustunlik», «ishlatilmagan raqobatdosh ustunlik», «uzoq muddatli va barqaror raqobatdosh ustunlik» mezonlari bo‘yicha (VRIO = 0 - 4 ball) miqdoriy baholash orqali takomillashtirilgan taklifi, O‘zbekiston savdo - sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2025 yil 17 fevraldagi 04-07-27-1826-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi bilan sanoat korxonalarida boshqaruv strategiyasini shakllantirish aniqligi 6-8 foizga ortgan;
sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqaruvning vazifalari, funksiyalari hamda usullari orasidagi bog‘lanishlar optimalligini bozor kon’yunkturasi tebranishlariga muvofiq o‘zgartirish orqali takomillashtirilgan taklifi, O‘zbekiston savdo - sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari faoliyati uchun tatbiq etilgan (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2025 yil 17 fevraldagi 04-07-27-1826-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlari tarkibidagi korxonalarda boshqarish samaradorligi amaldagi holatdan 5-7 foizgacha ortishi asoslangan; 
O‘zbekistonda qayta ishlash sanoati tarmoqlariga jalb etilgan investisiyalar hajmi, sanoat tarmoqlaridagi bandlar soni, sanoat tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni, kichik biznesning sanoat mahsulotidagi ulushi va sanoat tarmog‘idagi mehnat unumdorligini o‘z ichiga oluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida yalpi sanoat mahsuloti hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifi, O‘zbekiston savdo - sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari faoliyati uchun tatbiq etilgan (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2025 yil 17 fevraldagi 04-07-27-1826-sonli ma’lumotnomasi).  Buning natijasida mamlakat sanoat tarmoqlarida yaratilgan yalpi sanoat mahsuloti hajmini yaqin kelajakdagi maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlanish darajasi 9-14 foizgacha ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish