Burxiev Olimjon Boboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quv jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari vositasida ta’lim sifatini oshirish  texnologiyasi (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4750.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tayloqova Guli Bekmuratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 
o‘quv jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari vositasida ta’lim sifatini oshirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yagona axborot muhitini shakllantirish, axborot-metodik resurslarni tizimlashtirish, taqdim etish hamda o‘quv materiallarni vizuallashtirish va mustaqil ta’lim jarayonlarini individual modellashtirish asosida aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini oshirishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish modeli kompetentli, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli yondashuvlar va yaxlitlik, variativlik, individuallik, davriylik tamoyillarini kiritish hamda elektron o‘quv-metodik majmualar tuzilmasi, tarkibi, mazmuni hamda axborot ta’minotini loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish metodikasi dinamik o‘zgaruvchan ta’limiy muhitda tezkor o‘quv va nazorat munosabatlarini uyg‘un ta’minlash, videostudiyalar faoliyatini integratsiyalash hamda o‘quv predmetlarning axborot-metodik mazmunini audio va video kontentlar Macromedia Flash 8, Bandicam, Audacity, OBS Studio  dasturlari vositasida yaratish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minotini joriy etish metodikasi samaradorligi kadrlarni kolobrativ tayyorlash, amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan elektron-metodik ta’minot bilan ta’minlash, o‘qitish tizimida masofaviy ta’limning  asinxron va sinxron shakllarini joriy etish hamda kasbiy tayyorgarligini baholash ko‘rsatkichlari monitoringini aniqlash  asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari vositasida ta’lim sifatini oshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yagona axborot muhitini shakllantirish, axborot-metodik resurslarni tizimlashtirish, taqdim etish hamda o‘quv materiallarni vizuallashtirish va mustaqil ta’lim jarayonlarini individual modellashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 
27-noyabrdagi 02-07-5186/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim va Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining axborot texnologiyalariga oid kompetentligi rivojlantirilgan va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini oshirishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish modeli kompetentli, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli yondashuvlar va yaxlitlik, variativlik, individuallik, davriylik tamoyillarini kiritish hamda elektron o‘quv-metodik majmualar tuzilmasi, tarkibi, mazmuni hamda axborot ta’minotini loyihalashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-noyabrdagi 02-07-5186/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari”, “Raqamli axborot texnologiyalari” fanlarini o‘qitish sifati oshirilgan va talabalarning mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga erishilgan. 
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish metodikasi dinamik o‘zgaruvchan ta’limiy muhitda tezkor o‘quv va nazorat munosabatlarini uyg‘un ta’minlash, videostudiyalar faoliyatini integratsiyalash hamda o‘quv predmetlarning axborot-metodik mazmunini audio va video kontentlar Macromedia Flash 8, Bandicam, Audacity, OBS Studio  dasturlari vositasida yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-noyabrdagi 02-07-5186/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Boshlang‘ich ta’lim va Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligi rivojlantirilgan va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minotini joriy etish metodikasi samaradorligi kadrlarni kolobrativ tayyorlash, amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan elektron-metodik ta’minot bilan ta’minlash, o‘qitish tizimida masofaviy ta’limning asinxron va sinxron shakllarini joriy etish hamda kasbiy tayyorgarligini baholash ko‘rsatkichlari monitoringini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar“ nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-noyabrdagi 02-07-5186/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari”, “Raqamli axborot texnologiyalari” fanlarini o‘qitish sifati oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish