Djalilova Xurshida Mirxolikovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasrida sayohat janri poetikasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil523.
Ilmiy maslahatchi: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor; Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasrida sayohat janrida yozilgan asarlar poetikasining tipologik va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sayohat janrining talqini avtobiografizm, bayonning aksariyat hollarda birinchi shaxs tomonidan amalga oshirilishi, refleksivlik, “o‘z – o‘zga”ni qiyoslash va qarama-qarshi qo‘yish kompozision usulining qo‘llanilishi, publisistik uslub va intertekstuallik kabi asosiy xususiyatlari tasniflangan;
ingliz ma’rifatchiligi nasrida sayohat adabiyotiga oid asarlarning nobadiiy (non-fiction) – ilmiy-etnografik bitiklar, kundaliklar, sayohat xotiralari, yo‘l ocherklari, esse; badiiy (fiction) – sayohat romani va uning turlari: fantastik, satirik, tarbiyaviy, ijtimoiy-maishiy, epistolyar, sentimental sayohat romanlari; o‘zbek jadid nasrida real sayohat tafsilotlari bayon etilgan sayohatnoma – yo‘l ocherklari, yo‘l xotiralari, sayohat kundaligi, badia; sayohat tipidagi asarlar – hikoya, qissa, safar esdaliklari kabi tip va turlari aniqlangan;
ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasrida sayohat adabiyoti rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, travelog va sayohatnomaning tipologik o‘xshashligi, shuningdek, o‘rganilayotgan adabiyotlarda ushbu asarlarni yaratish texnikasining o‘ziga xosligi isbotlangan;
real sayohat adabiyoti tajribasiga asoslangan ingliz ma’rifatchiligi nasrida sayohat romanlarini yaratish jarayonida romanga xos tafakkurning spesifikasi, o‘zbek jadid adiblari ijodida ingliz romanchiligi maktabi ta’siri aniqlangan;
sayohat tipida yaratilgan badiiy asarlarda syujet-kompozision asos sifatida sayohat motivining o‘rni aniqlangan holda, ularning ma’rifiy-didaktik vazifasi ochib berilgan;
qiyosiy-tipologik tahlil asosida muallif kategoriyasi “muallif-sayyoh” va “xorijlik sayyoh” obrazlarida namoyon bo‘lishi izohlanib, ularning faol sayyoh, refleksiv sayyoh, sentimental sayyoh tiplari ajratilgan;
ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasridagi sayohatnomalarning asosiy unsurlari: muallif niyati (intensiya), yo‘l va yo‘nalish, transport vositalari, empirik kuzatishlar, “o‘z” va “o‘zgani” taqqoslash, muallif mulohazalari (refleksiya) dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasrida sayohat janri poetikasi tadqiqiga doir ilmiy natijalar asosida:
sayohat janrining talqini kengaytirilib, avtobiografizm, bayonning aksariyat hollarda birinchi shaxs tomonidan amalga oshirilishi, refleksivlik, “o‘z – o‘zga”ni qiyoslash va qarama-qarshi qo‘yish kompozision usulining qo‘llanilishi, publisistik uslub va intertekstuallik kabi asosiy xususiyatlari tasniflangani borasidagi xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022 yillarda bajarilgan A-OT-2021-542 raqamli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 2-iyuldagi 04/11-5395-son ma’lumotnomasi). Natijada qatag‘on qurbonlari merosiga oid elektron platforma yangi tarixiy faktlar, avtobiografik ma’lumotlar, jadidlar hayoti va ijodi tadqiqi orqali ularning xotirasini abadiylashtirishga oid manbalar bilan boyitilgan;
ingliz ma’rifatchiligi nasrida sayohat adabiyotiga oid asarlarning nobadiiy (non-fiction) – ilmiy-etnografik bitiklar, kundaliklar, sayohat xotiralari, yo‘l ocherklari, esse; badiiy (fiction) – sayohat romani va uning turlari: fantastik, satirik, tarbiyaviy, ijtimoiy-maishiy, epistolyar, sentimental sayohat romanlari; o‘zbek jadid nasrida real sayohat tafsilotlari bayon etilgan sayohatnoma – yo‘l ocherklari, yo‘l xotiralari, sayohat kundaligi, badia; sayohat tipidagi asarlar – hikoya, qissa, safar esdaliklari kabi tip va turlari aniqlangani xususidagi nazariy mulohazalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-201709134 raqamli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tilini o‘rganishning sifat va tamoyillari” mavzusidagi amaliy loyihasida keng foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 9-sentyabrdagi 04/11-6771-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishning sifat va tamoyillarini aniqlashga yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlarning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasrida sayohat adabiyoti rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, travelog va sayohatnomaning tipologik o‘xshashligi, shuningdek, o‘rganilayotgan adabiyotlarda ushbu asarlarni yaratish texnikasining o‘ziga xosligi isbotlanganiga oid tadqiqot materiallari va natijalaridan Portugaliyaning Tavira shahridagi Xalqaro Paremiologiya Assotsiatsiyasi (AIP-IAP, YuNESKO) tomonidan tashkil etilgan “Maqollar bo‘yicha 16-fanlararo kollokvium” (ICP22)da foydalanilgan, dissertatsiya natijalari aks etgan “Ingliz adabiyotida sayohat janrining o‘rni” mavzusidagi monografiya mazkur kollokviumda tashkil etilgan ko‘rgazma uchun taqdim etilgan (Xalqaro Paremiologiya Assotsiatsiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ma’umotnomasi). Natijada tinglovchilarning sayohat adabiyoti, jadid sayohatnomalari bo‘yicha yangi bilimlarni egallashga, kollokviumda tashkil etilgan ko‘rgazmani boyitishga erishilgan;
real sayohat adabiyoti tajribasiga asoslangan ingliz ma’rifatchiligi nasrida sayohat romanlarini yaratish jarayonida romanga xos tafakkurning spesifikasi, o‘zbek jadid adiblari ijodida ingliz romanchiligi maktabi ta’siri aniqlanganiga oid materiallaridan 2023-yil 25-avgust kuni Shveysariyaning Hinvil shahridagi Xadlikon madaniy-ma’rifiy markazida o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati va adabiyoti ilmiy-adabiy tadbirni tashkillashtirishda foydalanilgan (Xadlikon madaniy-ma’rifiy markazining 2023-yil 25-avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilarning o‘zbek adabiyoti, shu bilan bir qatorda sayohat adabiyotiga oid bilimlarini boyitgan va millatlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy munosabatlarning rivojlanishiga imkon yaratgan;
sayohat tipida yaratilgan badiiy asarlarda syujet-kompozision asos sifatida sayohat motivining o‘rni aniqlangan holda, ularning ma’rifiy-didaktik vazifasi ochib berilgan ma’lumotlardan 2023-yil 20-25-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi tomonidan ikki davlat o‘rtasida “Madaniy hamkorlik” doirasida Humboldt universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili haftaligi” rejasi asosida 2023-yil 20-oktyabr Berlin shahridagi mazkur universitetning Osiyo va Afrikashunoslik fakultetining Markaziy Osiyo bo‘limida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligiga bag‘ishglangan ilmiy-amaliy seminarda hamda Gyote instituti tomonidan jadidlar ijodiga bag‘ishlangan tadbirni tashkillashtirish va o‘tkazishda keng foydalanilgan (Gyote institutining 2024-yil 11-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada ushbu materiallar tinglovchilarning sayohat adabiyotiga oid, jumladan jadid safarnomalari bo‘yicha bilimlarini boyitgan va tadqiqot natijalari o‘quv jarayoniga qo‘llangan;
qiyosiy-tipologik tahlil asosida muallif kategoriyasi “muallif-sayyoh” va “xorijlik sayyoh” obrazlarida namoyon bo‘lishi izohlanib, ularning faol sayyoh, refleksiv sayyoh, sentimental sayyoh tiplari ajratilgani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-yil 4-oktyabr kuni efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvining “Sayohatnoma tarixi” mavzusi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2022-yil 23-dekabrdagi 0132-2129-son ma’lumotnomasi). Natijada jadidlar merosiga oid safarnomalar ingliz ma’rifatchiligi davri adiblari D.Defo, G.Filding, T.Smollett, O.Goldsmit, L.Sternning sayohat janridagi asarlari bilan qiyosiy tahlil qilish orqali asarlardagi ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yosh avlodga chuqurroq singdirishga hissa qo‘shilgan;
ingliz ma’rifatchiligi va o‘zbek jadid nasridagi sayohatnomalarning asosiy unsurlari: muallif niyati (intensiya), yo‘l va yo‘nalish, transport vositalari, empirik kuzatishlar, “o‘z” va “o‘zgani” taqqoslash, muallif mulohazalari (refleksiya) dalillangani xususidagi nazariy mulohazalardan 2024-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning tavallud kuniga bag‘ishlangan “Aslida qanday?” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31-789-son ma’lumotnomasi) Natijada Behbudiyning sayohatnomasiga oid ma’lumotlar ko‘rsatuvning yosh avlodni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, ilmga intilish, dunyoni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilib, tayyorlanishiga amaliy hissa qo‘shgan.