Mavlonov Ozod Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Elektr energiya tarmog‘i korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent..
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat ishtirokidagi elektr energiyasi tarmog‘i korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy iste’molchilar uchun oldindan 100 foiz to‘lov qilish hamda ushbu to‘lov hisobidan 30 foizga qadar chegirmalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini berish orqali qo‘shimcha mablag‘larni shakllantirish asosida elektr energiya tarmog‘i korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini yanada oshirish asoslangan;
davlat ishtirokidagi elektr tarmoqlari korxonalarida qisqa muddatli qarz majburiyatlarini o‘z mablag‘lari va majburiyatlarining jami balans qiymatiga nisbatan chegaraviy miqdorlarini belgilash asosida likvidlikni ta’minlash taklif etilgan;
elektr tarmoqlari korxonalariga subsidiya ajratish yoki soliq chegirmalarini ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar uchun sarflangan mablag‘lar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish mexanizmi asosida korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklif qilingan;
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJning ROE hamda ROA kabi an’anaviy moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarining 2027 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy iste’molchilar uchun oldindan 100 foiz to‘lov qilish hamda ushbu to‘lov hisobidan 30 foizga qadar chegirmalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini berish orqali qo‘shimcha mablag‘larni shakllantirish asosida elektr energiya tarmog‘i korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini yanada oshirish taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun “Hududiy elektr tarmog‘i korxona”si AJ tomonidan beriladigan takliflarda foydalanilgan (Hududiy elektr tarmoqlari AJining 2025 yil 19 fevralfagi 01-01-22/28-son ma'lumotnomasi). Natijada, elektr energiyasi is’temoli uchun oldindan to‘lov bo‘yicha to‘lash orqali chegirmalarga ega bo‘lishi hamda aksiyadorlik jamiyati qo‘shimcha mablag‘lar manbalariga ega bo‘lishga erishilgan.
davlat ishtirokidagi elektr tarmoqlari korxonalarida qisqa muddatli qarz majburiyatlarini o‘z mablag‘lari va majburiyatlarining jami balans qiymatiga nisbatan chegaraviy miqdorlarini belgilash asosida likvidlikni ta’minlash taklif “Hududiy elektr tarmog‘i korxonasi” AJning 2024 yil 26 dekabrdagi tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatining 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”dagi asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Hududiy elektr tarmoqlari AJining 2025 yil 19 fevralfagi 01-01-22/28-son ma'lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini boshqarishda barqaror ko‘rsatkichlar sifatida moliyaviy majburiyatlar miqdorini jami aktivlarga nisbatan ulushini 34 foizga qadar pasaytirish belgilab olingan.
elektr tarmoqlari korxonalariga subsidiya ajratish yoki soliq chegirmalarini ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar uchun sarflangan mablag‘lar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish mexanizmi asosida korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi “2021 — 2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 166-sonli qarorida tasdiqlangan vazifalarni amalga oshirish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning istiqboldagi vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Hududiy elektr tarmoqlari AJining 2025 yil 19 fevralfagi 01-01-22/28-son ma'lumotnomasi). Natijada, hukumat tomonidan belgilangan notijorat maqsadlarni, yuklatilgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish hamda ular bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirishga erishilgan.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJning ROE hamda ROA kabi an’anaviy moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarining 2027 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi “Hududiy elektr tarmog‘i korxonasi” AJning 2024 yil 26  dekabrdagi tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatining 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”dagi asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Hududiy elektr tarmoqlari AJining 2025 yil 19 fevralfagi 01-01-22/28-son ma'lumotnomasi). Natijada, Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJning EBIT, ROE va ROA ko‘rsatkichlarning qarz majburiyatlarining o‘zgarishi natijasidagi pronognoz qiymatlarini aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish