Madreymov Esnazar Dauletnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi tarixi (1946-1965 yillar)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar316.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich, tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Utemuratov Baxram Bekmuratovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: 1946–1965 yillarda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlarni inson manfaatlari nuktai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
urushdan keyingi davrda qishloq xo‘jaligini boshqarishda davlatning ma’muriy tizimining kuchayganligi, Qoraqalpog‘iston hududida qishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan nomaqbul bo‘lgan rejalarning majburan joriy etilishi yuqoridan qabul qilingan ko‘rsatmalarga muvofiq qishloq xo‘jaligining ichki imkoniyatlaridan mutanosib foydalanish va uning ehtiyojlarini qondirishga imkon bermaganligi dalillangan;
1946-1953 yillarda qishloq xo‘jaligini tiklash bo‘yicha hukumat chora-tadbirlari qishloq aholisining mehnatidan foydalanish mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutgan bo‘lsa-da, mohiyatan, uni harbiylashtirilishining ta’minlaganligi, oqibatda Qoraqalpog‘istondagi dehqonlar keng ommasining moliyaviy ahvolini sezilarli darajada pasayishiga olib kelganligi asoslangan;
jamoa xo‘jaliklarini yiriklashtirish va sovxozlarni shakllantirish, quyi ma’muriy-boshqaruv apparati va tomorqa xo‘jaliklari hajmini qisqartirish, oziq-ovqat ishlab chiqarishini ko‘paytirish kabi respublika qishloq xo‘jaligini isloh qilish bilan bog‘liq urinishlar, mehnat resurslarining tayyorgarlik darajasi va moddiy texnik bazaning nomutanosibligi hamda ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish uchun etarli emasligi oqibatida yakuniga etmaganligi asoslangan;
hududda paxta va sun’iy sug‘orishni talab qiluvchi boshqa ekin erlarining qo‘riq erlar hisobiga tinimsiz ravishda oshirilishi, hosildorlikni oshirish maqsadida kimyoviy modda va mineral o‘g‘itlardan keng miqyosda foydalanishi oqibatida inson sog‘ligi, hududning ekotizimi va barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sirlari hisobga olinmasdan paxta va sholi ekishga ustunlik berilishi Qoraqalpog‘istonni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisidan iste’molchisiga aylanishiga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi tarixini har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
urushdan keyingi davrda qishloq xo‘jaligini boshqarishda davlatning ma’muriy tizimining kuchayganligi, Qoraqalpog‘iston hududida qishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan nomaqbul bo‘lgan rejalarning majburan joriy etilishi yuqoridan qabul qilingan ko‘rsatmalarga muvofiq qishloq xo‘jaligining ichki imkoniyatlaridan mutanosib foydalanish va uning ehtiyojlarini qondirishga imkon bermaganligi xaqidagi ilmiy qarashlar, g‘oyalar va ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘qitilaetgan ijtimoiy fanlar va muxsus ta’lim mutaxassisliklarining o‘quv rejasida ko‘rsatilgan fanlarda qo‘shimcha manbalar sifatida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining 2023-yil 24-noyabrdagi 27/1202-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, namunaviy dastur asosida, ishchi dasturlarga ushbu ilmiy ishlar qo‘shimcha adabiyotlariga kiritildi va hozir ijtimoiy fanlar turkum fanlari mazmunini takomillashtirishda samarali foydalanilmoqda.
1946-1953 yillarda qishloq xo‘jaligini tiklash bo‘yicha hukumat chora-tadbirlari qishloq aholisining mehnatidan foydalanish mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutgan bo‘lsa-da, mohiyatan, uni harbiylashtirilishining ta’minlaganligi, oqibatda Qoraqalpog‘istondagi dehqonlar keng ommasining moliyaviy ahvolini sezilarli darajada pasayishiga olib kelganligi, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarini yiriklashtirish va sovxozlarni shakllantirish, quyi ma’muriy-boshqaruv apparati va tomorqa xo‘jaliklari hajmini qisqartirish, oziq-ovqat ishlab chiqarishini ko‘paytirish kabi respublika qishloq xo‘jaligini isloh qilish bilan bog‘liq urinishlar, mehnat resurslarining tayyorgarlik darajasi va moddiy texnik bazaning nomutanosibligi hamda ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish uchun etarli emasligi oqibatida yakuniga etmaganligi xaqidagi fikr-mulohazalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2022 yillari bajarilgan «Qoraqalpog‘istondagi siyosiy-iqtisodiy va sotsiomadaniy jarayonlarning tarixiy retrospektivasi va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash tendensiyalarini o‘rganish (1946-1991 yilar)» fundamental loyihasining 1940-1960-yillar boshidagi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligida olib borgan siyosati tarixiga oid masalalarni o‘rganishda nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 11-dekabrdagi 488/1-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, muallifning fikr-mulohazalari ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmunini takomillashtirishda yordam bergan.
hududda paxta va sun’iy sug‘orishni talab qiluvchi boshqa ekin erlarining qo‘riq erlar hisobiga tinimsiz ravishda oshirilishi, hosildorlikni oshirish maqsadida kimyoviy modda va mineral o‘g‘itlardan keng miqyosda foydalanishi oqibatida hududning ekotizimi va barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sirlari hisobga olinmasdan paxta va sholi ekishga ustunlik berilishi Qoraqalpog‘istonni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisidan iste’molchisiga aylanishiga olib kelganligi xaqidagi ilmiy xulosalar va natijalar Qoraqalpog‘iston dexkonchilik ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan respublika qishloq xo‘jaligida mavjud muammolarni ilmiy asosda echishning dolzarb masalalariga asoslangan ilmiy loyihalarni bajarishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi (O‘zR Qishloq xo‘jaligi Vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Qoraqalpog‘iston dehkonchilik ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 29-noyabridagi 154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1946-1965 yillardagi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi tarixini o‘rganish natijalari va ilmiiy xulosalari sovet davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, bugungi kunda barcha sohalarni rivojlantirishni amalga oshirda katta ahamiyat kasb etgan;
Qoraqalpog‘iston hududida paxta va sun’iy sug‘orishni talab qiluvchi boshqa ekin erlarining qo‘riq erlar hisobiga tinimsiz ravishda oshirilishi, hosildorlikni oshirish maqsadida kimyoviy modda va mineral o‘g‘itlardan keng miqyosda foydalanishi oqibatida hududning ekotizimi va barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sirlari hisobga olinmasdan paxta va sholi ekishga ustunlik berilishi Qoraqalpog‘istonni qishloq xo‘jaligi rivojiga ta’siriga oid yangi ma’lumot va tasniflar Qoraqalpog‘iston teleradio kampaniyasi tarafidan tayorlangan “Hәzireti diyxan” eshittirishini tanlangan mavzularni ochib berishda yordamchi nazariy va amaliy manba sifatida xizmat qilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokampaniyasining 2024-yil 27-maydagi 05-22/258-sonli ma’lumotnomasi). Hususan, keltirilgan asosiy nazariy, mulohaza, tavsiya va xulosalardan foydalanilishi tomoshabinlarning tarixmizni xolis o‘rganishga xizmat qilgan.