Zuxurova Nargiza Abdusattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Sanoat korxonalarini samarali rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3413
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Saitkamolov Muhammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: t.f.d., professor Iskenderov Axmed Maksetbaevich,
i.f.d., professor Salimov Baxtiyor Tadjievich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarini samarali rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft-gaz sohasida iqtisodiy samaradorlikka erishish va resurslarni optimal boshqarish maqsadida muallif yondashuviga ko‘ra korporativ qiymatni kompleks baholash modeli korxonalarning barqaror qiymat yaratishi va iqtisodiy samaradorligini oshirishda qiymatni moliyalashtirishsiz (unlevered value) va leveridj taʼsirida (levered value) ishlab chiqish taklifi berilgan;
jahon bozorida samarali raqobatlasha oladigan qudratli kompaniyaga aylanishi uchun innovatsiyalarga sarmoya kiritish, resurslardan foydalanish samaradorligi, qarz yuki darajasi, loyihalarning rentabelligini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning barqaror rivojlanishi va global yetakchiligi strategiyasi “O‘zbekiston-2030 taraqqiyot strategiyasi” xaritasiga ko‘ra ishlab chiqilgan taklif asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJ rivojlanish ssenariysining taklif etilayotgan blok-sxemasi barqaror o‘sishga erishish va kompaniyaning jahon bozoridagi mavqeyini mustahkamlash uchun maqbul yondashuv sifatida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, innovatsiya va ilmiy-tadqiqot ishlariga investisiya qilish, operatsion risklarni kamaytirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy mexanizmlarni o‘z ichiga olgan model asosida 2025-2032 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
neft-gaz sohasida iqtisodiy samaradorlikka erishish va resurslarni optimal boshqarish maqsadida muallif yondashuviga ko‘ra korporativ qiymatni kompleks baholash modeli korxonalarning barqaror qiymat yaratishi va iqtisodiy samaradorligini oshirishda qiymatni moliyalashtirishsiz (unlevered value) va leveridj taʼsirida (levered value) ishlab chiqish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJga taqdim etildi. Natijada jamiyatning moliyaviy barqarorligi 2,3 foizga oshishi muvofiqligi keltirilgan;
jahon bozorida samarali raqobatlasha oladigan qudratli kompaniyaga aylanishi uchun innovatsiyalarga sarmoya kiritish, resurslardan foydalanish samaradorligi, qarz yuki darajasi, loyihalarning rentabelligini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning barqaror rivojlanishi va global yetakchiligi strategiyasi “O‘zbekiston-2030 taraqqiyot strategiyasi” xaritasiga ko‘ra ishlab chiqilgan taklifini “O‘zbekneftgaz” AJga joriy qilish tavsiyasi berilgan. Ushbu tavsiyaga ko‘ra, jamiyatning texnologik modernizatsion darajasi 1,7 foizga oshishi asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJ rivojlanish ssenariysining taklif etilayotgan blok-sxemasi barqaror o‘sishga erishish va kompaniyaning jahon bozoridagi mavqeyini mustahkamlash uchun maqbul yondashuv sifatida takomillashtirish “O‘zbekneftgaz” AJga joriy qilingan. Natijada, jamiyatning daromadi 2024-yilning 9 oyi mobaynida 2 mlrd. so‘mga oshgan;
ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, innovatsiya va ilmiy-tadqiqot ishlariga investisiya qilish, operatsion risklarni kamaytirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy mexanizmlarni o‘z ichiga olgan model asosida 2025-2032 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda ish faoliyatini yuritish “O‘zbekneftgaz” AJga taklifi berildi. 2032-yilga qadar daromad barqaror 2 mlrd.so‘mga oshishi kutilmoqda.